Huawei Rayan Din (Ryan Ding): Tarmoq salohiyatini oshirish, biznesni o‘sishga ilhomlantirish
[Shenjen, Xitoy, 2020-yil 28-iyul] Huaweining ijrochi direktori va Carrier Network BG bo‘linmasining prezidenti Rayam Din bugun Better World Summit 2020 sammitida nutq so‘zladi. Dinning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 natijasida yuzaga kelgan inkiroz dunyo bo‘yicha davom etayotganligi bois, operatorlar tarmoq qurishning to‘rtta sohasi hamda biznesni rivojlantirishda salohiyatni oshirishlari zarur.
Rayan Din dasturiy nutqini so‘zlamoqda
- Operatorlar amaldagi tarmoqlar afzalliklaridan maksimal darajada foydalanishlari zarur. Ular o‘z tarmoqlaridan maksimal foyda olishlari hamda dasturiy ta’minatdan foydalangan, RRUni almashtirgan yoki platalarni qo‘shgan holda ularning o‘tkazish xususiyatlarini tez oshira borishlari kerak. Bu ularga pandemiya vaqtida o‘sib borayotgan ma’lumotlar trafigiga munosib javob berish va egalik qilishning umumiy narxini optimallashtirishda yordam beradi.
- Operatorlar foydalanuvchilar tajribalariga e’tibor qaratishlari va 5Gning eng yaxshi tarmoqlarini tashkil etishlari zarur. Tarmoqlar qurishning muvaffakiyatli tajribasi eng katta tijoriy yutuqlarni olib keladi. Masalan, Janubiy Koreyada operatorlar 5Gning eng yaxshi tarmoqlarini tashkil etish va foydalanuvchilarga eng yaxshi tajribalarni taqdim etishning barakali hosilini yig‘ishtirib olishmoqda. Huawei kompaniyasi bundan keyin ham operatorlarga eng yaxshi foydalanuvchi tajribalari bilan ta’minlash hamda 5G tarmog‘I imkoniyatlarini tezroq sarmoyaga aylantirishda yordam beradi.
- Operatorlar biznes imkoniyatlarini kengaytirish uchun 5G tarmoqlarini B2B formatda tijoratlashtirishni tezlashtirishlari zarur. 5G rivojlanishning yangi fazasiga kirib bormoqda va bunda B2B bozori operatorlarning tijoriy muvaffaqiyatlari kalitidir. Operatorlar to‘g‘ri sohani tanlashlari va 5Gning B2Bga mo‘ljallangan yangi imkoniyatlarini yaratishlari zarur. Ular, shuningdek, 5Gni B2B formatda joriy etishni tezlashtirishlari uchun unifikatsiyalangan soha standartlariga erishishlari lozim.
- B2B formatda muvaffaqiyatga erishish uchun to‘g‘ri sohani tanlash muhim ahamiaytga ega. Xususiy liniyalar 5Gning B2B formatdagi tezkor va foydali texnologiyalari bo‘lib qoldi, endi 15 dan ziyod operatorlar 5G xususiy liniyalari xizmatlarini taqdim etmoqda. Sohani tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilishda operatorlar uchta omilni: sohaning jozibadorligi, tijoriy va texnik yashovchanligini hisobga olishlari lozim. Huawei 5Gni B2B formatda ishlab chiqishda operatorlarga tog‘-kon, po‘lat quyish, port va neft sanoati sohalariga e’tibor qaratishni tavsiya etadi.
- Operatorlar 5G tarmoqlari imkoniyatlarini B2B formatda rejalashtirish, yaratish, xizmat ko‘rsatish, optimallashtirish va ekspluatatsiya qilishlari kerak. Masalan, ular sanoatning turli sohalari bo‘yicha har xil ishlab chiqarish muhitlariga mo‘ljallangan tarmoqlarni rejalashtirish imkoniyatlarini yaxshilashlari, shuningdek, soha talablariga mos mahsulot va yechimlarni taqdim etishlari zarur. Bundan tashqari, ular xizmatlarni taqdim etish va ekotizimlarni qo‘llab-quvvatlash uchun platformalar ishlab chiqishlari, standartlashtirilgan mahsulot va xizmatlarni taqdim etishlari, shuningdek, yashovchan biznes-modellarni yaratishlari lozim.
- Operatorlar unifikatsiyalangan soha standartlarida mahkam turishlari zarur. Unifikatsiyalangan soha standartlari 5Gning B2B formatda keng ko‘lamda rivojlanishi uchun asos hisoblanadi. Hozirda sohalararo hamkorlik faol rivojlanmoqda. Tog‘-kon va po‘lat quyish kabi ko‘plab sanoat sohalari rasmiy soha hujjatlarini chop etish, ekotizim alyanslarini tuzish va standartlar muhokamasida ishtirok etish bilan sohaga oid standarlarini keng yoya boshlashdi.
- Operatorlar kelajakga mo‘ljallangan maqsadli tarmoqarni yaratishlari lozim. Telekommunikatsiya sohasi operatorlari ularning tarmoqlari alohida shaxlar, oilalar va biznesning to‘xtovsiz o‘zgaruvchan talablariga qanday moslashishi, shuningdek, raqamli iqtisodiyot rivojlanishini qanday qanday qo‘llab-quvvatlash haqida puxta o‘ylab ko‘rishlari lozim. Huawei kompaniyasi bundan keyin ham operatorlarga ularning yutuqlarini qo‘llab-quvvatlash uchun kelajakga mo‘ljallangan maqsadli tarmoqlarni yaratishda yordan beradi.
Bugungi sessiyada boshqa ma’ruzachilar qatorida – Lyan Baochjun (Liang Baojun), China Unicom kompaniyasi katta vitse-prezidenti; Lyu Szyan (Liu Jian), China Mobile kompaniyasi "Hukumat va korxona" biznes-guruhining bosh menejeri; Chui Yun Xo (Choi Yoon Ho), LG U+ AR/VR Service vitse-prezidenti; Fil Kendall (Phil Kendall), Strategy Analytics kompaniyasi ijrochi direktori; va Pen Xunxua (Peng Honghua), Huawei kompaniyasi 5G Product Line prezidenti nutq so‘zladi.
Better World Summit 2020 sammiti haqida ma’lumot olish uchun bu yerga bosing.