“Huawei” 2020 yilning dastlabki uch choragi bo’yicha moliyaviy natijalarini e'lon qildi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

“Huawei” 2020 yilning dastlabki uch choragi bo’yicha moliyaviy natijalarini e'lon qildi

2020.10.23

Shenchjen, Xitoy, 23 oktyabr 2020 yil. “Huawei” bugun 2020 yilning dastlabki uch choragi bo’yicha moliyaviy natijalarini e'lon qildi. Ushbu davrda “Huawei” daromadlari 671,3 milliard yuanni (98,57 milliard AQSh dollari) tashkil etdi, bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 9,9 foizga ko'pdir. 2020 yilning dastlabki uch choragida kompaniyaning sof foyda chekkasi esa 8 foizni tashkil qildi. [1]. “Huawei”ning ushbu davrdagi moliyaviy natijalari kutilgan natijalarga mosdir.

Dunyoni COVID-19 pandemiyasi qurshab olishi bilan “Huawei”ning mahsulotlar ta'minoti bilan shug’ullanuvchi global zanjiri kuchli bosim ostida qolib, ishlab chiqarish va biznes jarayonlari tobora ko'proq, yangidan-yangi muammolarga duch kela boshlagandi. Moliyaviy natijalarni e'lon qilish bilan “Huawei” kompaniyasi o'z faoliyatini optimallashtirish, hosil bo’lgan voqelikda omon qolish va olg’a qarab harakatda davom etish, mijozlar va ta’minotchilar oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilishga tayyor ekanligini namoyish etdi.

“Huawei” kompaniyasi turli xil stsenariylar uchun yechimlar yaratish, sanoat dasturlarini ishlab chiqish va 5G tarmoqlari salohiyatini sheriklari bilan birgalikda rivojlantirish uchun AKT sohasida o’zining kuchli tomonlaridan (sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar, 5G va kompyuter hisoblashlari) foydalanishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Mazkur belgilangan maqsad korxonalarga biznesni rivojlantirishga, davlat idoralariga esa milliy iqtisodiyotni rag'batlantirish, sanoat tarmoqlarini rivojlantirish va boshqaruvni optimallashtirishda ko’maklashishdan iboratdir.

AKT zamonaviy jamiyatning tayanchi hamda barqaror ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik o'sishning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. “Huawei” kompaniyasi ishonchiga ko’ra, AKT sanoatining jadal va samarali rivojlanishi butun dunyo sanoat korxonalaridan ochiq hamkorlik va o'zaro ishonchni talab qiladi. Shu sababli, kompaniya qiyin vaziyatga qaramay, mijozlarga yanada ko'p qiymat keltirish maqsadida turli mamlakatlardagi sheriklar bilan yaqindan ishlashni va o'zining innovatsion texnologiyalaridan foydalanishni davom ettiradi. Kompaniya pandemiyaga qarshi kurashish, iqtisodiy o'sish va ijtimoiy taraqqiyotni rivojlantirish uchun o'z hissasini qo'shishda davom etadi. 

[1] Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq olingan, auditorlik tekshirishlardan o’tmagan ko’rsatkichlar; 2020 yil sentyabr oyi oxiri holatiga ko’ra ayirboshlash kursi: 1 AQSh dollari = 6.8101 yuan (manba: tashqi agentliklar).