“Huawei” ko’magida “IDC” kompaniyasi "5G/FN5G va bulutli hisoblashlar davrida transport tarmog'i arxitekturasini baholash indeks modeli" texnik hujjatini nashrdan chiqardi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

“Huawei” ko’magida “IDC” kompaniyasi "5G/FN5G va bulutli hisoblashlar davrida transport tarmog'i arxitekturasini baholash indeks modeli" texnik hujjatini nashrdan chiqardi

2020.11.17

Huawei” ko'magi bilan axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya va iste'mol uskuna-jihozlari sohasida axborot-maslahat xizmatlarining yetakchi provayderi – “IDC” kompaniyasi "5G/FN5G va bulutli hisoblashlar davrida transport tarmog'i arxitekturasini baholash indeks modeli" deb nomlangan texnik hujjatni nashr etdi.

Hujjat optimal transport tarmoqlarini yaratish uchun ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarining asosiy xususiyatlarini hisobga oluvchi keng qamrovli indeksatsiya modelini taklif etmoqda. Arxitekturaning asosiy indeksi (KAI) transport tarmog'ini rejalashtirish, uni qurish va optimallashtirish uchun namunaviy model sifatida ishlatilishi mumkin.

Raqamli transformatsiya texnologiyalari (5G, IoT, sun'iy intellekt) va bulutli hisoblashlar keyingi o'n yil ichida iqtisodiyotning barcha sohalariga sezilarli ta'sir ko'rsatishi taxmin qilinmoqda. Raqamli texnologiyalar yangi imkoniyatlarni, jumladan robototexnika vositalaridan keng foydalanish, uskunalarni masofadan boshqarish, yetkazib berish va tarqatish tarmoqlarini yo’lga qo’yish, chakana savdo va ko'ngil-ochar tadbirlar sohalarida jarayonlarni optimallashtirish kabilarni yaratib bermoqda.

Mazkur o'zgarishlarning barchasi ishlatilayotgan transport infratuzilmasi imkoniyatlariga tamomila bog'liqdir. Mavjud transport tarmoqlari allaqachon 3G texnologiyalaridan 4G texnologiyalariga o'tib bo’lgan. Ularning isloh etilishi tarmoq topologiyasining har bir darajasida to'siq va xatarlarning shakllanishiga olib keldi. Ushbu to'siqlar yuqori tezlikdagi 5G tarmoqlarini keng tatbiq etilishini murakkablashtiradi.

Transport tarmog'ining yaxlit arxitekturasini yaratish loyihalashtirilgan tizimlarning yuqori o'tkazuvchanligini, ko’p sonli foydalanuvchilar uchun ochiqligini, uzatishlarda kechikishlarning kam bo’lishi va maksimal darajada keng tatbiq etilishini ta'minlaydi, bu esa o'z navbatida, aloqa kanallarining ortiqcha yuklanishini minimallashtirishga yordam beradi.

Optimal transport tarmoqlarini yaratish uchun “IDC” ma'lumotlarni uzatish tarmoqlarining beshta asosiy xususiyatlarini hisobga oluvchi keng qamrovli indeksatsiya modelini taklif qiladi:

  • tarmoqda ortiqcha yuklanishlarning yo'qligi;
  • keng tatbiq etilish imkoniyati;
  • soddalik;
  • ishlashga doimiy tayyorlik;
  • intellektuallik.

Ushbu xususiyatlarning har biri transport tarmog'ining barcha darajalarida: optik kabel, IP, DWDM va boshqarish/monitoring/tahlil qilish tizimida baholanadi.

5G tarmoqlari va bulutli tizimlarni har tomonlama tizimli, qiymat jihatidan baholash uchun KAI modeli loyihalashtirish va rejalashtirishning dastlabki bosqichlarida tarmoq sifatini ta'minlashga, shuningdek ularga egalik qilish umumiy narxini muntazam ravishda pasaytirib borishga yordam beradi. KAI transport tarmog'ini rejalashtirish, uni qurish va optimallashtirish uchun namunaviy model sifatida qo’llanilishi mumkin.

Yaqinda eng yangi texnologiyalarni qo'llagan holda tamomila yangi transport tarmog'i qurilishini tamomlagan Filippinning eng yirik operatori - “PLDT” bilan hamkorlik KAI modeli tomonidan qo'llanilgan indekslarning to'liqligi va amaliy qo'llanilishini ta'minlashga imkon berdi. “PLDT” kompaniyasining amaliy misoli hujjatning tegishli qismida batafsil ko’rib chiqilgan. Hujjat bilan PDF-faylni havoladan yuklab olish orqali batafsil tanishish mumkin.