Kompaniyaning amaldagi raisi nutqidan: Bir yil va undan keyin

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Kompaniyaning amaldagi raisi nutqidan: Bir yil va undan keyin

2020.05.20

Huawei kompaniyasi oʻzining har yili oʻtkaziladigan navbatdagi 17-Global tahlil sammitini oʻtkazdi; u Shenchjenda boʻlib oʻtdi va tarmoq orqali efirga uzatildi. Huawei tadbirida 2000 dan ortiq tahlilchilar, jamoatchilik fikrining yirik vakillari va turli sohalar, shu jumladan telekommunikatsiya, Internet va moliya sohalarining OAV vakillari ishtirok etishdi. Birgalikda ular sanoat korxonalarining hamkorlikdagi ishlariga yondashuvlarni muhokama qilishdi va qanday qilib qiyin paytlarda omon qolish, oʻzaro foydali natijalarga erishish va aqlli dunyoni yaratishni tezlashtirish haqida oʻylashdi.

Sammitning ochilishida Huawei kompaniyasining amaldagi direktori Guo Ping “Huawei: bir yil va undan keyin” mavzusidagi nutqi bilan chiqish qildi. Dastlab u Huawei kompaniyasining hamkorlikdagi ishlar boʻyicha tajribasi va oʻtgan yilgi faoliyati natijalari haqida gapirdi. Guo Ping shunday dedi: “Oʻtgan yili biz koʻplab texnologiyalarga kirish imkoniyatidan mahrum boʻldik. Shunga qaramay, Huawei yashab qolish uchun kurashda gʻalaba qozondi va oldinga siljishga muvaffaq boʻldi.

Uzoq yillardan buyon Huawei AKT sanoatining faol ishtirokchisi boʻlib kelmoqda va uning rivojlanishiga katta hissa qoʻshmoqda. Tashkil etilganidan beri Huawei har doim oʻz maqsadiga sodiq boʻlib kelmoqda: har bir kishiga raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini tadim etish, dunyo oldinga siljishi uchun ushbu texnologiyalarni har bir uyda va har bir tashkilotda joriy etish. Soʻnggi 30-yildan ortiq davr davomida Huawei 170 dan ortiq mamlakat va mintaqalarda 1500 ga yaqin tarmoqlarni oʻrnatdi va shu bilan sayyoradagi uch milliarddan ortiq odamlarni tarmoqqa ulanishini taʼminladi. Bundan tashqari, biz 600 million isteʼmolchini aqlli qurilmalar bilan taʼminladik. AQShning Huawei kompaniyasiga qarshi harakatlari nafaqat kompaniyaga, balki Huawei mahsulotlari va xizmatlaridan foydalanuvchilarga ham zarar yetkazadi.

AKT infratuzilmasi intellektual dunyoning asosidir. 2025-yilga kelib raqamli iqtisodiyot 23 trln AQSh dollari qiymatiga ega sohaga aylanadi. AKT sohasi hanuzgacha ulkan salohiyatga ega. Intellektual olam ostonasida turib, biz AKT sohasida qiyinchiliklardan koʻra koʻproq imkoniyatlarni koʻrmoqdamiz.

Agar kelajakka nazar tashlaydigan boʻlsak, Huawei kompaniyasi uchta yoʻnalishda: aloqa, hisoblash texnologiyalari va aqlli qurilmalar sohasida investitsiya kiritishni va innovatsiyalarni joriy etishni davom ettiradi. Biz yetkazib berish, standartlarni ishlab chiqish, istiqbolli kadrlar tayyorlash kabi sohalarda mijozlar, hamkorlar, standartlashtirish boʻyicha tashkilotlar va boshqa barcha sanoat ishtirokchilari bilan hamkorlik qilamiz. Bu ochiq hamkorlikni, sohani har tomonlama rivojlantirishni va kelajakni birgalikda tadqiq qilishni yanada kengaytirishga imkon beradi.

Go Ping shunday dedi: “Bugungi kunda dunyo hamkorlikda ishlash uchun birlashgan yaxlit tizimga aylangan. Iqtisodiyotning globallashish tendensiyasini orqaga qaytarib boʻlmaydi, buni qilishning keragi ham yoʻq. Turli xil standartlar va alohida taʼminot zanjirlaridan foydalanish hech kimga foyda keltirmaydi va allohida ajralib chiqish keyinchalik butun sohaga jiddiy zarar yetkazadi. Umuman olganda, soha intellektual mulk huquqlarini jiddiy himoya qilish, halol raqobatni taʼminlash, yagona xalqaro standartlarni joriy etish va qoʻshma global taʼminot zanjirini rivojlantirish boʻyicha saʼy-harakatlarni birlashtirishi kerak.

Birinchi Huawei Global tahlil sammiti 2004-yilda boʻlib oʻtgan va oʻsha yildan beri har yili oʻtkazib kelinmoqda. Bu yil sammit 18-maydan 20-maygacha boʻlib oʻtadi va uning doirasida bir qator parallel sessiyalar tashkil etilmoqda. Ishtirokchilar qatorida dunyoning turli burchaklaridan kelgan mutaxassislar bor boʻlib, ular sanoat tendensiyalari, texnologiyalar va global hamkorlikni muhokama qilishmoqda va ushbu masalalar boʻyicha oʻz fikrlarini oʻrtoqlashishmoqda. Qoʻshimcha maʼlumotlarni quyidagi saytdan olishingiz mumkin: https://www.huawei.com/en/press-events/events/has2020