Huawei: faoliyatning beshta texnologik yo'nalishida o'zaro aloqalar orqali yangi qadriyatlarni tashkil toptirish

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei: faoliyatning beshta texnologik yo'nalishida o'zaro aloqalar orqali yangi qadriyatlarni tashkil toptirish

2020.09.23

[Shanxay, Xitoy, 23 sentyabr 2020 y.] Bugun Shanxayda HUAWEI CONNECT 2020 konferentsiyasi o’z ishini boshladi. Bu “Huawei”ning axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining global sektori uchun har yili o'tkaziladigan bosh tadbiri bo’lib, unda “Huawei” o'zining navbatdagi asosiy strategiyalarini e’lon qiladi.

2016 yilda “Huawei” intellektual olam kontseptsiyasini shakllantirib, butun dunyodagi sheriklarini Kosta-Rika andozasi asosida ko'p qirrali va gullab-yashnagan ekotizimini barpo etishga da’vat etgandi. Bir yil so’ngra “Huawei” bulutli xizmatlarni taqdim etuvchi dunyodagi eng yirik beshtalikka kirishni maqsad qilib olganligini; 2018 yilda sun'iy intellekt sohasidagi strategiyasini, 2019 yilda esa hisoblash sohasidagi strategiyasini e’lon qilgan edi.

2020 yilda butun dunyo bo'ylab 5G tarmoqlari keng tarqala boshlagach, aloqa, bulutli xizmatlar, sun'iy intellekt, hisoblash va sanoat ko’lamida qo’llanilish kabi sohalardagi o'zaro aloqalar tufayli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektori oldida misli ko'rilmagan imkoniyatlar ochildi. Shu sababli, bugungi HUAWEI CONNECT konferentsiyasining asosiy e’tibori - faoliyatning beshta texnologik yo'nalishida o'zaro aloqalar orqali yangi qadriyatlarni yaratishga qaratilgan.

Kelgusida “Huawei” o’z hamkorlari bilan har bir alohida stsenariy uchun yechimlarni taqdim etish va sanoat sohalarida AKTni keng tatbiq etishga o’z e'tiborini qaratadi. Bu korxonalarga o'z biznesini rivojlantirishga yordam beradi, hukumatlarga esa mahalliy sanoatni rivojlantirishni jadallashtirish, o'z sub'yektlariga foyda keltirish va boshqaruv sifatini umumiy yaxshilanishini ta'minlash orqali strategik maqsadlariga erishishga imkoniyat yaratadi.

Go Pin chiqish nutqi bilan

“Huawei” kompaniyasining amaldagi boshqaruvi raisi Go Ping bo’lib o’tgan konferentsiyada "Faoliyatning beshta texnologik sohasida hamkorlik orqali yangi qadriyatlarni yaratish" nomli chiqish nutqi bilan ochilish marosimini boshlab berdi. Ma’ruzasi davomida u, xususan, "Ko'plab mamlakatlar va korxonalar faoliyatning raqamli tizimiga o'tishi va sun'iy intellektni borgan sari o’zlashtirib borishi bilan, AKT sektori oldida mukammal o'sish salohiyati vujudga keladi. Hamkorlarimiz bilan birgalikda ushbu yangi bosqichning ochilishini intizorlik bilan kutib qolamiz”, dedi.

Janob Go Pin “Huawei”ning AKTni sanoatdagi ilg’or tajriba bilan integratsiyalashuvi hamda hukumatlar va korxonalarning asosiy biznes tizimlarini modernizatsiya qilish maqsadida stsenariylarga asoslangan yechimlarni taklif qilish orqali aqlli korxonalar, talabalar shaharchalari va shaharlarni barpo etish borasida ilg’or tajribasi haqida so’zlab berdi. Keyingi bosqichda “Huawei” o'z hamkorlari bilan AKTni sanoatda tatbiq etish bo'yicha ish olib boradi, shu bilan korxonalar o'z biznesini rivojlantirishiga ko’mak beriladi, hukumatlarga esa mahalliy sanoatni rivojlantirishni jadallashtirish, o'z  sub’yektlariga foyda keltirish va umumiy boshqaruv sifatini oshirish kabi strategik maqsadlariga erishishda yordam beriladi.

“Huawei” quyidagi asosiy biznes yo'nalishlariga sarmoya kiritishni davom ettiradi.

“Huawei” tarmoq texnologiyalari sohasida "intellektual aloqa" kontseptsiyasini taklif qildi, bunda hamma joyda gigabit tezlikka ega kirish va muayyan o’zaro aloqani ta'minlaydigan hamda hukumatlar va korxonalarning asosiy biznes tizimlarini intellektual modernizatsiyasini amalga oshirishga imkon beradigan giperavtomatlashtirilgan tarmoqni yaratish maqsadi ko'zlangan.

Hisoblash sohasida kompaniya “x86” va “Kunpeng” kabi ma’lumotlarga ishlov berishda turli xil ehtiyojlarni qondirish uchun hisoblash quvvatini moslashtirish maqsadida dasturiy ta'minotni apparat ta’minotidan ajratish orqali xaridorlarga turli xil hisoblash quvvatlarini taqdim etishni maqsad qilib olgan.

“Huawei” dunyo bo'ylab 23 ta mintaqada bulutli xizmatlarini yo’lga qo’ygan bo’lib, u 1,5 milliondan ortiq dasturiy ta’minotchi - ishlab chiquvchilarni o’z faoliyatiga jalb qilgan.

Sun'iy intellekt sohasida “Huawei” AI tizimlarining asosiy vakolatlarini rivojlantirish uchun ma'lumotlar va ilg’or tajribalardan foydalangan holda sun'iy intellektni hukumatlar va korxonalarning asosiy biznes tizimlariga integratsiyasini yaxshilashni maqsad qilgan.

Aloqa, hisoblash, bulutli xizmatlar va sun'iy intellekt 100 yil oldingi elektr energiyasidagi vaziyatga juda o'xshash holat bo’lib, sanoat dasturiy ilovalari esa elektr energiyasi bilan ishlaydigan maishiy texnika va sanoat uskunalariga o'xshaydi.

“Huawei” kompaniyasi ushbu beshta texnologik sohadagi hamkorlik nafaqat kompaniyaning o'zi uchun, balki eng muhim bo’lgani - butun sanoat uchun yangi imkoniyatlar ochadi, degan ishonchga ega. “Huawei” hamkorlari bilan birgalikda yangi qadriyatlar zanjiridan maksimal darajada foyda chiqara oladigan barcha ko'rsatkichlar bo'yicha o'sishni ta'minlashga umid qilmoqda.

Go Pin 2016 yildayoq Kosta-Rika andozasi asosida ko’p qirrali va gullab-yashnayotgan ekotizimni qurish uchun o’zi taklif qilgan uchta tamoyilini hotirladi. U shuningdek, “Huawei” kompaniyasining uch hamkori – “Tech Education”, “Cooler Master” va “CS&S”larga biznesini rivojlantirishida qanday yordam bergani to'g'risida uchta muvaffaqiyat misollarini keltirib o’tdi. Uning ta'kidlashicha, “Huawei” sanoat dasturlari uchun texnologiyalarni ishlab chiqish, ta'minot zanjiri samaradorligini oshirish va o'z sohalarini rivojlantirish bilan shug’ullanib kelayotgan hamkorlariga doimiy ravishda yordam qo’lini cho’zishda davom etadi.

So'zining yakunida Go Pin “Huawei”ning barcha hamkorlariga yagona taklif bilan murojaat qildi: “Huawei” kuch-qudrat, quvvatni ishlab chiqishda davom etadi, sherik va hamkorlarimiz esa uni “jilovlash”, qo’llashda ishtirok etishlari mumkin. Birgalikda biz yanada muvaffaqiyatli bo'la olamiz va shu bilan mijozlarimizga yanada ko'proq foyda keltira olamiz".

HUAWEI CONNECT 2020 – “Huawei” tomonidan global axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida har yili o'tkaziladigan asosiy tadbir bo’lib, bu yil u 23-26 sentyabr kunlari Shanxayda bo’lib o’tmoqda. HUAWEI CONNECT bu o'z mijozlari va hamkorlariga sohada mavjud o'zgarishlarda to’g’ri yo’nalishda harakatlanishi, tajriba almashishi hamda birgalikda yangi qadriyatlarni yaratishi imkoniyatini beruvchi ochiq platformadir. Bu yilgi konferentsiyada sanoatni raqamli isloh qilish tendentsiyalari va imkoniyatlari o'rganiladi, yetakchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, mahsulotlar va yechimlar namoyish etiladi, qo'shma innovatsiyalarning samaralari borasida “ichkaridan ishonchli nazar” yoritiladi va raqamli transformatsiyaning ilg'or usullari taqdim etiladi. Pirovardida maqsadimiz barcha manfaatdor tomonlarga foyda keltiradigan va keng sohalar uchun yangi qadriyatlarni yaratadigan ochiq va sog'lom sanoat ekotizimini yaratishdan iborat. Qo'shimcha ma'lumotni quyidagi manzildan olishingiz mumkin: https://www.huawei.com/en/events/huaweiconnect2020/