Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei 2025-yilgi yillik hisobotini e’lon qildi: Erishilganlar kutilgan natijalarga mos

Huawei kompaniyasi 2026-yil 31-mart kuni o‘zining 2025-yilgi yillik hisobotini e’lon qildi. Kompaniya ma’lum qilishicha, uning faoliyati kutilgan natijalarga mos bo‘lib, umumiy daromad 880,9 mlrd yuan (126 mlrd AQSH dollari), sof foyda esa 68 mlrd yuan (9.7 mlrd AQSH dollari)ni tashkil etdi. 2025-yilda Huawei ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga (R&D) 192,3 mlrd yuan (27.5 mlrd AQSH dollari) sarmoya kiritdi, bu esa kompaniyaning yillik daromadining 21,8 foizini tashkil etadi. So‘nggi o‘n yil davomida kompaniyaning umumiy R&D sarmoyalar miqdori 1,382 trln yuan (197.7 mlrd AQSH dollari)ga yetdi.

“Huawei’ning 2025-yildagi umumiy natijalari barqaror bo‘ldi,” — dedi kompaniyaning navbatchi raisi Sabrina Men (Men Vanchjou). — “Mijozlarimizga doimiy ishonch va qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorchilik bildiramiz. Shuningdek, Huawei mahsulotlarini tanlagan iste’molchilarga, hamda biz bilan butun dunyo bo‘ylab hamkorlik qilayotgan yetkazib beruvchilar, hamkorlar va dasturchilarga tashakkur bildiramiz. Albatta, bularning barchasi Huawei xodimlarining mehnatisiz amalga oshmagan bo‘lardi. Sizlarning mehnatingiz, shuningdek oilalaringizning doimiy qo‘llab-quvvatlovi uchun minnatdormiz.”

2025-yilda Huawei’ning aloqa (connectivity) biznesi sanoat sarmoya sikllarining ta’siriga bardosh berdi, hisoblash (computing) yo‘nalishi esa sun’iy intellekt sohasidagi imkoniyatlardan faol foydalandi. Iste’molchilar bo‘limi murakkab muammolarni yengib o‘tib, HarmonyOS ekotizimini foydalanuvchi tajribasi bo‘yicha yangi bosqichga olib chiqdi.

Kompaniyaning raqamli energiya yo‘nalishi sifatni ustuvor ko‘rsatkich sifatida saqlab qoldi. Huawei Cloud asosiy xizmatlarga e’tibor qaratgan holda raqobatbardoshligini mustahkamladi, aqlli avtomobil yechimlari esa tez sur’atlar bilan rivojlandi.

Kelgusida Huawei aloqa, hisoblash, bulutli texnologiyalar, qurilmalar, aqlli haydash va sun’iy intellekt kabi strategik yo‘nalishlarda R&D sarmoyalarini yanada oshirishni rejalashtirmoqda. Kompaniya mahsulotlar va tarmoqlarga sun’iy intellekt hamda xavfsizlikni integratsiya qilish orqali o‘z raqobatbardoshligini kuchaytiradi.

Shuningdek, Ascend, Kunpeng va HarmonyOS platformalari asosida hamkorlik va umumiy muvaffaqiyatga tayanadigan sanoat ekotizimlarini rivojlantirishni davom ettiradi. Huawei ochiqlik va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlab, sifat orqali uzoq muddatli rivojlanishga erishishni, hamda mijozlar, hamkorlar va jamiyat uchun qiymat yaratishni maqsad qilgan.

Men ta’kidladi: “Biz noaniqliklarga boy kelajak sari harakatlanmoqdamiz, shuning uchun strategiyamizga sodiq qolishimiz va strategik yo‘nalishimizni saqlab qolishimiz zarur. Biz strategiyani amaliyotga tatbiq etamiz, dasturchilar ekotizimini rivojlantirishda davom etamiz va yuqori sifatli rivojlanishga intilamiz.”

2025-yilgi yillik hisobotdagi barcha moliyaviy ko‘rsatkichlar xalqaro “Katta to‘rtlik” auditorlik kompaniyalaridan biri bo‘lgan KPMG tomonidan mustaqil auditdan o‘tkazilgan.

2025-yilgi yillik hisobotni yuklab olish uchun quyidagi havolaga tashrif buyuring:
https://www.huawei.com/uz-uz/annual-report

*AQSh dollarining kursi 2025-yil yakuni holatiga ko‘ra: 1 AQSh dollari = 6,9906 yuan