ICTWeek Uzbekistan - Компания Huawei в Узбекистане

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

ICTWeek Uzbekistan

Tadbir haqida

2022-yilning 24-27-oktabr kunlari Samarqand shahrida O‘zbekistonning AKT sohasida muhim tadbir – ICTWEEK UZBEKISTAN 2022 bo‘lib o‘tadi, u eng yirik xalqaro va mahalliy IT-kompaniyalarni birlashtirish, shuningdek, mahalliy va mintaqaviy ekspertlar va raqamli mutaxassislarni yig‘ish uchun mo‘ljallangan. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida o‘tkaziladi.

Huawei O‘zbekistonda 23 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritib, mahalliy aloqa operatorlari bilan yaqin hamkorlik qilib, davlat sektori va turli sohalarni qo‘llab-quvvatlab, oxirgi foydalanuvchilar uchun aqlli qurilmalarni taqdim etib kelmoqda. Mamlakatda olib borilgan ishlar davomida AKT infratuzilmasini mustahkamlash bo‘yicha qator davlat ahamiyatiga ega loyihalar amalga oshirildi. “Raqamli O‘zbekiston”ning yangi davrida esa biz davlatning raqamli transformatsiyasini jadallashtirish uchun yanada ko‘proq harakat qilamiz. Buni O‘zbekistonda 5G tarmog‘ini ishga tushirish bo‘yicha muvaffaqiyatli holatlar va davlat faoliyatining barcha sohalarini transformatsiyalash, o‘zaro munosabatlarni yanada yaqinlashtirish uchun raqamli miyaga aylanishga mo‘ljallangan elektron hukumat uchun yagona ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini ishga tushirish bo‘yicha amalga oshirilgan loyiha ham tasdiqlaydi va shu bilan “Raqamli O‘zbekiston 2030” strategiya maqsadlarini amalga oshishini tezlashtiradi.

Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq, kompaniyamiz uglerod chiqindilarini kamaytiradigan va tarmoqlarning energiya samaradorligini oshiradigan AKT texnologiyalarini taqdim etadi. Raqamli energetika sektorini rivojlantirish bilan birga Huawei mahalliy hamkorlar bilan hamkorlik qilish orqali toza, qayta tiklanadigan energiya manbalarini taqdim etishda past uglerodli rivojlanishni jadallashtirish hamda O‘zbekiston aholisi uchun yanada oqilona, yashil va yaxshi hayotni ta’minlashda innovatsiyalarni davom ettiradi.

ICTWEEKning doimiy ishtirokchisi sifatida, Platina homiyi huquqlari asosida Huawei, sizni tadbirga qo‘shilishga, sammit va forumlarda ishtirok etishga, shuningdek, O‘zbekiston axborot texnologiyalari ICTEXPO ko‘rgazmasi davomida kompaniyamiz stendiga tashrif buyurishga taklif qiladi, u yerda siz Raqamli O‘zbekiston uchun innovatsiyalar bilan shaxsan tanishishingiz mumkin.

Taklifnomani yuklab olish

Tadbir to'g'risidagi video

EventLiveStayTuned

Ishtirokchilar

Dmitriy Konarev

Simsiz aloqa bo'yicha yetakchi mutaxassis, Huawei Eurasia

Ilya Levchuk

Strategik marketing departamenti direktori o'rinbosari, Huawei Eurasia

Pavel Vishnyakov

Bulutli hisoblash bo’limining texnologiya direktori, Huawei Eurasia

Vadim Shaybakov

Ijrochi maslahatchi Huawei Eurasia

Yangiliklar

Asosiy fikrlar

ICTWeek Uzbekistan