“Energy Week 2022” energetika haftaligida Oʻzbekistondagi uglerod neytralligiga erishish boʻyicha yechimlar taqdim etildi
26-aprel kuni Toshkentda Markaziy Osiyo va Moʻgʻuliston Energetika haftaligi (Energy Week 2022. Central Asia & Mongolia) – mintaqada qayta tiklanuvchi energiyani rivojlantirish boʻyicha oʻzaro fikr almashish uchun Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Moʻgʻulistonning davlat sektori va energetika kompaniyalari, shuningdek, xalqaro moliya institutlari, koʻpmillatli yirik investorlar va konsalting firmalarini birlashtirishga qaratilgan sanoat tadbiri oʻz ishini boshladi.
2021-yil noyabr oyida Glazgoda boʻlib oʻtgan BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha Doiraviy konventsiyasiga aʼzo davlatlar konferensiyasining 26-sessiyasidagi ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi rahbariyati xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikda “yashil” rivojlanish masalalarini ilgari surish va iqlim oʻzgarishi jarayonlarini toʻxtatib qolish boʻyicha barcha zarur choralar va saʼy-harakatlarni koʻrishga tayyorligi haqida bayonot berdi. Hukumat tomonidan belgilangan asosiy maqsadlar iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanadigan energiya ulushini kamida 25 foizgacha oshirish, shuningdek, 2050-yilgacha uglerod neytralligiga erishishdan iborat.
Oʻzbekistonda muqobil energiya manbalarini joriy etish va quyosh energiyasini yigʻish boʻyicha raqamli yechimlaridan foydalanish masalalariga boʻlgan yuqori qiziqishni hisobga olgan holda Huawei kompaniyasi ham oʻzining rasmiy hamkori - Photomate kompaniyasi bilan hamkorlikda Energy Week 2022 haftaligida ishtirok etmoqda.
“2021-yilda Huawei kam uglerodli texnologiyalarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratgan holda Ilmiy-tadqiqot va Ishlanmalarga sarmoya kiritish boʻyicha jahon miqyosida ikkinchi oʻrinni egalladi. Iqlimning soʻnggi oʻzgarishlarini yumshatish va uglerod neytralligiga erishish masalasi jahon hamjamiyatlari kun tartibidagi asosiy masalalardan biridir. Uglerod neytralligiga erishish uchun ishlab chiqarish tomonida elektr energiyasini ishlab chiqarishda ekologik tozalikka erishish, sanoatga, transport sohasiga, fuqarolik energetikasiga “yashil” elektrlashtirishni joriy etish va AKT sohasida energiyadan samarali foydalanishga erishish muhim ahamiyatga ega. Ushbu asosiy ssenariylarga eʼtibor qaratish uchun Huawei aqlli fotoelektrik tizimlar, elektromobillar uchun aqlli tizimlar, ekologik toza AKT obyektlari va shaharlar hamda jamoat uchun keng qamrovli aqlli energiya yechimlarini taklif qiladi. Bugun biz Energy Week 2022 tadbirida hamkorlarimiz va davlat sektori bilan hamkorlikda uglerod neytralligiga erishish boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarimizni boʻlishish imkoniyatiga egamiz”, dedi Huawei kompaniyasining Oʻzbekistondagi bosh direktori janob Chen Szyakay.
Huawei tomonidan Energy Week 2022 haftaligida taqdim etilgan yechimlar kompaniyaning faoliyat yoʻnalishlaridan biri boʻlgan Huawei Digital Power kompaniyasiga tegishli boʻlib, u raqamli va energetika texnologiyalarini integratsiyalash, ekologik toza energiya ishlab chiqarishni rivojlantirish va kam uglerodli dunyodan uglerodli neytral dunyoga tezroq oʻtishni taʼminlash uchun energetika sohasini raqamlashtirishga intilmoqda. Huawei kompaniyasi Oʻzbekistonda muqobil energiya manbalarini joriy etish boʻyicha qator loyihalarda ishtirok etmoqda va ushbu sohada ilgʻor texnik yechimlarni ishlab chiqishga oʻz hissasini qoʻshishni va bu sohani rivojlantirish uchun hamkorlar va davlat sektori bilan hamkorlik qilishni davom ettirish niyatida.
Oʻzbekistondagi Huawei kompaniyasi atrof-muhitga ijobiy taʼsir koʻrsatishga moʻljallangan texnologiyalarni taqdim etishdan tashqari atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ijtimoiy loyihalarda ishtirok etish orqali ham oʻzining korporativ ijtimoiy majburiyatini bajarib kelmoqda. Huawei “Green Uzbekistan” tashabbusi doirasida BMT Taraqqiyot dasturining Orol dengizi tubini koʻkalamzorlashtirish loyihasini qoʻllab-quvvatladi va “Yuksalish” umummilliy harakatining “Bir million daraxt” loyihasida ishtirok etdi.