Mamlakatlar raqamli texnologiyalar va barqaror rivojlanishni “Internet imkoniyatlari barchaning farovonligi yo’lida” forumida muhokama qilmoqdalar

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Mamlakatlar raqamli texnologiyalar va barqaror rivojlanishni “Internet imkoniyatlari barchaning farovonligi yo’lida” forumida muhokama qilmoqdalar

2021.02.22

[Shanxay, Xitoy, 22.02.2021] Bugun bir nechta davlatlarning vazirlari Huawei kompaniyasi, Mobil Aloqa Operatorlarining Butunjahon Uyushmasi (GSMA), Fudan Universiteti Tabiatdan foydalanish Iqtisodiyot Markazi va The Paper nashri tomonidan MWC Shanxay 2021 ko'rgazmasiga tayyorgarlik sifatida YUNESKOning ko'magi bilan uyushtirilgan “Connected for Shared Prosperity” (“Internet imkoniyatlari barchaning farovonligi yo’lida”) forumiga yig’ildilar. 

 

Tadbirda Ispaniyaning sanoat, savdo va turizm vaziri Mariya Reyes Maroto, Portugaliyaning infratuzilma va uy-joy qurilishi vaziri Pedro Nuno Santos, Vengriyaning innovatsiya va texnologiyalar vaziri Laslo Palkovich, Malayziya aloqa va multimedia vaziri Dato Sayfuddin bin Abdulla va Raqamli iqtisodiyot va jamiyat milliy komissiyasi bosh kotibi Vunnaporn Devachastin so'zga chiqdilar. Barcha ma'ruzachilar pandemiyaga qarshi choralar kuchayib borayotgan sharoitda jahon iqtisodiyotining tiklanishi jadallashib borayotganiga qo'shilishdi. Shuningdek, ular BMTning 2030 yilgacha barqaror rivojlanish maqsadlariga va Parij kelishuvining uzoq muddatli maqsadlariga erishish uchun tashlamalarni kamaytirish, ish o'rinlarini va iqtisodiy farovonlikka erishishga qaratilgan yangi tashabbuslarni ko’paytirish zarurligiga qo'shildilar. Ko'p ma'ruzachilar raqamli texnologiyalar va global hamkorlikni ushbu jarayonning zarur omillari sifatida tan oldilar. 

Forumda ochish nutqi bilan Huawei kompaniyasining Katta Vitse-Prezidenti va Boshqaruv kengashi a'zosi Ketrin Chen ham so'zga chiqdi. U Huawei kompaniyasining texnologiyalardan ko’zlangan oliy maqsad butun insoniyatga foyda keltirish va raqamli texnologiyalar BMTning uzoq muddatli rivojlanish maqsadlariga erishishda yordam berishiga bo’lgan ishonchini aniq-ravshan ko’rsatib berdi. U korxonalarni butun jahon farovonligi uchun texnologiyalardan foydalanish yo'lida ishonchli qadam tashlashga chaqirdi. 

 

Huawei kompaniyasi uzoq vaqt davomida texnik taraqqiyotni qo'llab-quvvatlashga chaqirib kelmoqda. 2020 yilda Huawei kompaniyasi 4500 tonnadan ziyod elektron mahsulotlar chiqindilarni qayta ishladi va ko'plab tashabbuslarni amalga oshirdi, shu jumladan o’z telefonlari qadoqlaridagi plastikning hajmini kamaytirdi (10 million telefonga 1,8 million paketni tejab qoldi) va shuningdek, FusionSolar yechimini 60 dan ortiq mamlakat va mintaqada joriy qilish hisobiga CO2 tashlamalarini 148 million tonnaga kamaytirdi (bu 200 million daraxt ekishga tengdir). Huawei kompaniyasi atrof-muhitni muhofaza qilishga katta hissa qo'shgan dunyodagi eng yirik qishloq xo'jaligi quyosh elektr stantsiyasini va baliqchilik sanoati uchun yana bir quyosh elektr stantsiyasini Ninsya va Shandunda qurishga yordam berdi. 

 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining uzoq muddatli rivojlanish maqsadlaridan biri "Keng qamrovli va teng huquqli ta'limni ta'minlash va hamma uchun uzluksiz o'qish imkoniyatlarini rivojlantirish" hisoblanadi. 2020 yil oxiri holatiga Huawei kompaniyasining “TECH4ALL Connecting Schools” va “DigiTruck” dasturlari 200 dan ortiq maktabda joriy qilinib, 60 000 dan ortiq o'qituvchi va o'quvchi uchun yangi imkoniyatlar ochib berdi. Huawei shuningdek, YUNESKO bilan Misr, Efiopiya va Gana mamlakatlarida uch yillik “Open Schools” ("Ochiq maktablar") dasturi bo'yicha hamkorlik qilmoqda, bu dastur maktablarga raqamli ko'nikmalarni rivojlantirish va onlayn ta'limni qo'llab-quvvatlashga yordam berishga mo’ljallangan. 

YUNESKO Bosh direktorining ta'lim bo'yicha o’rinbosari Stefaniya Djanninining ta'kidlashicha, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) interfaol veb-saytlar, onlayn kutubxonalar va videokurslar orqali ta'limning qamrovini oshirish va uzluksiz ta'lim sohasida echimlarni taqdim etish orqali ta'limning yaxlitligini ta'minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. 

Forumga 50 dan ortiq mamlakatdan 1000 dan ortiq mehmon onlayn va shaxsan tashrif buyurdi va munozaralar sakkiz tilda efirga uzatildi. Tashrif buyuruvchilar raqamli texnologiyalar barqaror rivojlanishning asosiga aylanganligi va qo’llanishning turli xil sohalarida juda ko'p odamlarga foyda keltirishi to'g'risidagi fikrga qo’shildilar. 

Ishtirokchilardan biri - BMTning Xitoydagi yangi doimiy koordinatori Siddxart Chatterje shunday dedi: "Raqamli texnologiyalar bizga yo'qotgan narsalarni tezroq qaytarishimizga, eng muhimi, past uglerodli kelajakka erishish uchun o’zgarishlarni tezlashtirishga yordam beradi... Global muammolar global javobni talab qiladi. Biz biznes sarmoyalarni qanday kiritishi va qanday ishlashini qayta ko'rib chiqishimiz kerak. Biz texnologiyalarni jamiyat manfaatlari yo’lida rivojlantirishimiz kerak. Biz barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni tezlashtirish uchun siyosat va amaliyotlarni takomillashtirishimiz kerak". 

Yevropa parlamenti deputati Frensis Fitsjerald ham 5G simsiz tarmoqlarning joriy etilishi bilan dunyo keyingi inqilob bo’sag’asida turganini ta'kidladi. 5G texnologiyasi sog'liqni saqlash, ta'lim va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish kabi sohalarda odamlar hayoti va farovonligiga ijobiy ta'sir ko'rsatishga qodir, raqamli texnologiyalar esa Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga yordam berishi mumkin. 

GSMA Bosh direktori Mats Granrid shunday dedi: «2016 yilda mobil qurilmalar sanoati birinchi bo'lib barqaror rivojlanishning 17 maqsadiga erishish bo’yicha majburiyatlarni o’z zimmasiga to'liq oldi. Va o'sha vaqtdan beri biz bu borada tinimsiz ishlayapmiz va 17 maqsadning har biriga, shu jumladan, iqlim o'zgarishiga qarshi kurash choralariga, raqamli integratsiyaga va barqarorlikka o'z hissamizni qo'shib kelayapmiz". 

Fudan universiteti qoshidagi Xuashan kasalxonasi yuqumli kasalliklar bo’limi direktori Chjan Venxun ham epidemiyalarga qarshi kurashda ijtimoiy birdamlik va fan va texnika sohasidagi yutuqlar hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini aytib, to'siqsiz rivojlanishni qo'llab-quvvatlashni davom ettirish zarurligini ta’kidladi. Keyin u hozirgi pandemiya rivojlanishning atrof-muhitni yo'q qilishga olib keladigan muammolarini qanchalik zudlik bilan hal qilishimiz kerakligini ta'kidlaganligini eslatib o'tdi. 

Fudan Universiteti Ekologik iqtisodiy tadqiqotlar markazi direktori Li Chjitsin forumni quyidagi so'zlar bilan yakunladi: «Xitoy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni keng qamrovli ekologik tubdan o'zgartirishga chaqiradi va bu o'zgartirishga oliy ustuvor yo’nalish uglerod tashlamalarini maksimal darajada kamaytirish  va uglerod neytralligiga erishishdan iboratdir. Biz kelajakda barqaror rivojlanishni ta'minlash uchun zarur bo'lgan hodimlarning yetishmovchiligini to'ldirish uchun gumanitar va texnik fanlarni qamrab oladigan iqtisodiyot, moliya va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi sohalarda innovatsiyalarni rag’batlantirishimiz kerak".