Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei 2020 yilda: AKT rivojlanishi va mamlakat barqaror taraqqiyoti yo’lida qo’shgan hissasi

2021.03.11

11 martda 2021 yil “Huawei” kompaniyasi O'zbekistonning ommaviy axborot vositalari vakillari uchun kompaniyaning o'tgan yilgi faoliyati natijalari va 2021 yilga mo'ljallangan rejalari bilan tanishtirish maqsadida press-brifing o'tkazdi.

 

Brifing davomida “Huawei” kompaniyasi mamlakatning AKT infratuzilmasini mustahkamlash bo'yicha olib borilgan ishlarning qisqacha tavsifini taqdim etdi, shuningdek, kompaniyaning O'zbekistondagi faoliyatini amalga oshirishda yubiley yili bo'lgan 2020 yilda amalga oshirilgan ijtimoiy loyihalar to'g'risida ma'lumot bilan o’rtoqlashdi. 20 yildan buyon “Huawei” mahalliy aloqa operatorlari, davlat idoralari, sheriklar va integratorlar bilan mamlakatda AKT texnologiyalarini rivojlantirish va O'zbekiston hududining aloqa qamrovini kengaytirishda hamkorlik qilib kelmoqda. Karantin choralari davomida ham aloqa operatorlari tarmoqlarini qo'llab-quvvatlash yuzasidan faoliyat to'xtatilgani yo’q.

 

2020 yilda O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “Roland Berger” xalqaro konsalting kompaniyasi uchun "Raqamli O'zbekiston 2030" Oq kitobini (texnik hujjat) yozishda ko’maklashishga yo’naltirilgan muhim loyiha amalga oshirildi. Ushbu hujjat mustahkam texnologik platformani yaratish, IT sohasida kadrlar tayyorlash hamda aholi bilim va ko’nikmalarini oshirish mavzularini qamrab olgan davlatning raqamli transformatsiyasi bo'yicha eng mukammal jahon amaliyotlari va O'zbekiston rahbariyatining belgilangan rejalarini o'zida mujassam etgan.

O'tgan yili kompaniya O’zbekiston hukumatiga pandemiyaga qarshi kurashda, xususan, koronavirusning mamlakatda tarqalishi va tajriba almashish uchun xalqaro shifokorlar va klinikalar bilan aloqani ta'minlash maqsadida Toshkent aeroporti va davlat idoralari uchun termal tasvir kameralari, konferents-qo'ng'iroq tizimlari, bodi(tana)-kameralari va magistral aloqa terminallari ko'rinishidagi texnologik uskunalarni xayriya qilish orqali yordam ko'rsatdi. Toshkent shahridagi ikkita maktab bazasida maktab ta'limi tizimini raqamlashtirish bo'yicha pilot loyiha amalga oshirildi, uning doirasida videokonferentsaloqa tizimlariga asoslangan masofaviy ta'lim kontseptsiyasi taqdimoti bo’lib o’tdi.

 

Oliy o'quv yurtlarini raqamlashtirishga oid loyihalar bo'yicha Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) bazasida ma'lumotlar markazi ishga tushirildi, u kelgusida "aqlli" universitet va talabalar shaharchasini barpo etish uchun mustahkam maydonga aylanadi. Bugungi kunga kelib, “Huawei” kompaniyasi TIQXMMI o'qituvchilari va mutaxassislari uchun IT savodxonligi darajasini oshirish, raqamli texnologiyalarni ham o'rta, ham o'rta maxsus ta'lim tizimida hamda qishloq xo'jaligida innovatsion texnologiyalarni qo’llash zarurligi to'g'risida tushunchalar olish maqsadida bir qator treninglar o'tkazdi.

Seeds for the Future ("Kelajak nihollari") global o'quv loyihasi ham pandemiya tufayli qator o'zgarishlarga duch keldi. Avvalroq, loyiha doirasida O'zbekiston talabalari kompaniyaning Xitoydagi bosh qarorgohiga ikki haftalik amaliyot o'tab kelishgan. 2020 yilda loyiha onlayn tarzda amalga oshirildi va shu bilan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Ixtisoslashtirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari maktabidan ko'proq ishtirokchilarni qamrab olishga imkon berdi. Bu yil ham loyiha onlayn shaklda tashkil etiladi va 2021 yil fevral oyida hamkorlik memorandumlari imzolangan Toshkentdagi Amity universiteti va Toshkentdagi Yeoju Texnika instituti talabalari bilan to'ldiriladi.

 

“Huawei” kompaniyasi nafaqat O'zbekistonning axborot texnologiyalari, balki jurnalistika sohasidagi iste'dod sohiblarini qo'llab-quvvatlash maqsadida Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan birgalikda IT-texnologiyalar va ularning mamlakatning hozirgi hamda bo’lg’usi jurnalistlari o'rtasida raqamli iqtisodiyotni shakllantirishdagi rolini targ’ib etish uchun "O'zbekistonning AKT kuzatuvchisi" tanlovini o'tkazdi. Tanlov davomida ishtirokchilar dunyodagi eng yangi IT innovatsiyalar va iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamlashtirish uchun O'zbekistonda qanday yechimlarni qo'llash mumkinligi haqida batafsilroq bilib olishlari mumkin edi.

Kompaniya atrof-muhit muammolariga e'tibor beradigan va qiyin ahvolda qolgan nochor oilalarni qo'llab-quvvatlaydigan mahalliy kompaniyalar hamda nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik va ekotizimlarni barpo etish orqali O'zbekistonning barqaror rivojlanishini qo'llab-quvvatlashga intilmoqda. O'tgan yilning boshida “Huawei” kompaniyasi "Green Uzbekistan/Yashil O'zbekiston" tashabbusi bilan O'zbekistonning barqaror rivojlanishiga hissa qo'shish istagini bildirgan edi. Ushbu tashabbus doirasida “Huawei” BMT Taraqqiyot dasturining Orol dengizining tubini ko'kalamzorlashtirish bo'yicha O'zbekiston loyihasiga qo'shildi. “Huawei” sahroda saksovul ko'chatlarini ekishga o'z hissasini qo'shib loyihaning "Yashil chempionlari"dan biriga aylandi. Bu yil Orol dengizi tubini ko'kalamzorlashtirish uchun kraudfanding kampaniyasini qo'llab-quvvatlashga navbatdagi hissa qo'shilishi rejalashtirilgan.

 

2020 yil dekabr oyida “Huawei” kompaniyasi “Ezgu Amal” Jamoat Jamg’armasi bilan O'zaro anglashuv memorandumini imzoladi, uning doirasida saraton kasalligi bilan kurashayotgan bir nechta oilalarga yordam ko'rsatildi. Shuningdek, do'stona munosabatlarni qo’llash maqsadida, “Huawei” kompaniyasi ofisida Jamg'armaning yillik jamoat hisoboti bo'lib o'tdi.

“Huawei” kompaniyasi bunda to'xtamoqchi emasligini bildirdi va iste'dod sohiblarini qo'llab-quvvatlash, davlat idoralari mutaxassislari, aloqa operatorlari, sheriklar bilan tajriba almashish, shuningdek, O'zbekistonning AKT infratuzilmasini mustahkamlash sohasida 2021 yilga mo'ljallangan bir qator tadbirlar va ijtimoiy loyihalarni belgilab berdi.