"Huawei" kompaniyasi "Innovatsiyalar va intellektual mulk bo'yicha Oq kitob-2020"ni chop etdi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

"Huawei" kompaniyasi "Innovatsiyalar va intellektual mulk bo'yicha Oq kitob-2020"ni chop etdi

2021.03.17

Shenchjen, Xitoy, 20 mart 17 mart - "Innovatsiyalar va intellektual mulk boʻyichai Oq kitob" taqdimoti Shenchjenda joylashgan kompaniyaning shtab-kvartirasida boʻlib oʻtgan 2021 yil va kelgusi yillarda mazkur yoʻnalish istiqbollariga bagʻishlangan forum doirasida boʻlib oʻtdi. "Huawei"ning 2010 yilgacha innovatsiyalar va intellektual mulkni boshqarish sohasidagi faoliyatini aks ettiruvchi ushbu hujjatda kompaniyaning 1990 yillardan buyon ilmiy-tadqiqot va tajribaviy-konstruktorlik ishlanmalariga kiritgan  investitsiyalari bilan bog'liq ma'lumotlar va asosiy bosqichlar keltirilgan.

 

Sun Lyupin, "Huawei"ning yuridik masalalar boʻyicha direktori

Huawei kompaniyasi yuridik masalalar boʻyicha direktori Sun Lyupin forumdagi taqdimotida, xususan, shunday dedi: "Biz so'nggi 30 yil ichida innovatsiyalarimiz tarixini namoyish qilib,  intellektual mulkni hurmat qilish va uni himoya qilishga uzoq yillar davomida sadoqatli boʻlib kelganligimizn hamda bu sohadagi hissamizni namoyish qilmoqchimiz. "Oq kitob" Huawei kompaniyasi qanday qilib bugungi kundagi holatiga kelganligiga oydinlik kiritishda yordam beradi.

Hujjatda ta'kidlanganidek, Huawei innovatsiyalarga doimiy sarmoya kiritish orqali dunyodagi eng yirik patent egalaridan biriga aylandi. 2020 yil oxiriga kelib, Huawei dunyo bo'ylab 40 mingdan ziyod patent oilalari tarkibiga kiruvchi 100000dan ortiq amaldagi patentlarga ega bo'ldi.

"Huawei"ning intellektual mulk huquqlari bo'yicha boshqarma rahbari Jeyson Din shunday dedi: «Huawei tashkil topganidan beri innovatsiyalar faoliyatimizning asosini tashkil etgan. "Oq kitob-2020"da Huawei tomonidan patent uchun berilgan talabnomalar soni keltirilgan boʻlib, unda shuningdek,  kompaniyaning 1990- yillarning oxiridan 2000- yillarning boshigacha bo'lgan davrda ilmiy-tadqiqot va tajribabiy-konstruktorlik ishlanmalar tavsiflangan.  Spiker shu bilan birga quyidagilarni taʼkidladi: "Global patent hujjatlari bo'yicha Huawei 2000-yillarning boshlarida boshqa sanoat yetakchilari bilan tenglashdi va kompaniyaning bugungi yutug'i bu innovatsiya va ilmiy-tadqiqot ishlanmalariga uzoq muddatli investitsiyalar kiritib kelganligining natijasidir".

Jeyson Din, Huawei kompaniyasi Intellektual mulk huquqlari boshqarmasi rahbari

Huawei oʻzining ilk patent arizasini Xitoyda 1995 yildayoq, AQShda esa 1999 yilda topshirgan. 2008 yilda "Huawei" kompaniyasi Butunjahon intellektual mulk tashkiloti tomonidan Patent kooperatsiyasi to'g'risidagi Shartnomaga (PCT) muvofiq birinchi marta taqdim etilgan patent talabnomalari soni bo'yicha birinchi o'rinni egalladi. 2019 yilda "Huawei" berilgan patentlar soni bo'yicha Yevropada ikkinchi, AQShda o'ninchi o'rinni egalladi. Kompaniya shuningdek, Xitoydagi eng yirik patent egasidir.

Janob Din ta'kidlashicha, Huawei kompaniyasi hisob-kitoblariga qaraganda,  2019 yildan 2021 yilgacha patent litsenziyalash bo'yicha daromadlar taxminan 1,2 milliarddan 1,3 milliard AQSh dollarigacha boʻlgan miqdorni tashkil etishi taxmin qilinmoqda. Shuningdek, u har bir 5G ko'p rejimli smartfon uchun Huawei telefonlarning sotilish narxidan buyumning har bir donasi uchun 2,50 dollardan oshmaydigan o'rtacha royalti stavkasini taqdim etishini eʼlon qildi.

"Huawei 5G standartlarini ishlab chiqishga eng katta hissa qo'shdi va patentlarni litsenziyalash masalasida adolatli, oqilona va kamsitilmaslik tamoyillariga (FRAND) amal qiladi. Biz bugun e'lon qilgan royalti stavkasi 5G ishlab chiquvchilariga kelajakda o'zlarining investitsiya qarorlarini belgilaydigan yanada shaffof xarajatlar tuzilmasini taqdim etish orqali 5Gni qabul qilishni tezlashtiradi deb umid qilamiz", deya qo'shimcha qildi janob Din.

Tadbirda  Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (BIMT) sobiq bosh direktori, ekspert janob Frensis Garri ham ishtirok etib, oʻz nutqi davomida quyidagilarni qayd etdi: “5G asosiy standartlarini shakllantiruvchi patentlar (SEP) uchun litsenziyaviy toʻlovlar tuzilmasini taklif qilish orqali, Huawei kompaniyasi standartlarning keng qabul qilinishi va qo'llanilishiga  targ'ib qilmoqda. Ular oʻz navbatida o'zaro muvofiqlik, ishonchlilik va shaffof raqobatni, shuningdek ilmiy-tadqiqot ishlanmalariga sarmoyalar rentabelligini ta'minlash uchun mo'ljallangandir".

Janob Sun "Huawei" intellektual mulk sohasidagi boʻlgʻusi innovatsiyalar va tadbirlar to'g'risida muntazam ravishda e'lon qilib turishni rejalashtirayotganini aytib oʻtdi. Bu jamoatchilikka Huawei ushbu sohada o'z ishini qanday olib borayotgani to'g'risida yaxshiroq tushuncha beradi. Ushbu yondashuv kompaniyaning jamoatchilik uchun ochiqlik va shaffoflikni oshirishga qaratilgan keng dasturining bir qismi bo'lib qolishi ta'kidlab oʻtildi.