“Huawei” buklanadigan “HUAWEI Mate X2” flagman smartfonini taqdim etdi
Shenchjen, Xitoy, 23 fevral 2021 yil – “Huawei Consumer Business Group” mobil texnologiyalarida yangi ufqlarni ochib beruvchi, “lochin qanoti” dizaynida ishlab chiqilgan, yangi buklanadigan flagman smartfon “HUAWEI Mate X2”ni namoyish qildi.
O'zining ixcham dizayni tufayli “HUAWEI Mate X2” buklangan holatda ham, ochiq holatda ham qo'lda nihoyatda qulay joylashadi. Smartfonlarning yuqori aniqlikdagi yig'ilishi qulay buklanish, ixchamlik [1] va ishonchlilikni kafolatlaydi. Yuqori puxtalikka ega po'lat va uglerod tolali kompozitdan ishlangan ramka jihozni yengil vas hu bilan birga bardoshli qilib qo’yadi. “HUAWEI Mate X2” yechimi “Leica”dan bo’lgan 4 modulli “Ultra Vision” kamerasi, ikkita dinamikga ega kuchli stereo tizim va yuqori samarali “Kirin 9000 5G” protsessori bilan jihozlangan bo'lib, uni hozirgi kungacha eng ilg'or texnologiyalarga aylantirmoqda.
"Eng so'nggi apparat va dasturiy ta'minot texnologiyalari asosida barpo etilgan “HUAWEI Mate X2” oldinga katta qadamni namoyish etib, bo’lg’usi buklanadigan mobil qurilmalar dizayni va imkoniyatlari uchun yangi standartlarni belgilaydi", dedi Richard Yu, “Huawei Consumer BG” kompaniyasining ijrochi va bosh direktori. “HUAWEI Mate Xs” o'z sinfidagi eng mukammal buklanadigan smartfon obro'siga erishgan bo’lsa-da, biz dizaynni yanada takomillashtirish yo'llarini izlashda davom ettdik. “HUAWEI Mate X2” yanada qulay foydalanuvchilik interfeysiga egaligi bilan farqlanadi hamda bo’lg’usi mobil texnologiyalarni o’zida mujassam etadi”.
“Lochin qanoti” dizayni: mukammallik soddalikdadir
“HUAWEI Mate X2”ning [2] choksiz buklanuvchi tuzilmasi aniq buklanish, ixchamlik va har qanday holatda moslama bilan ixcham o'zaro aloqada bo'lishini ta'minlaydi. “HUAWEI Mate X2”ning 8-dyuymli ichki displeyi [3] o'z sinfidagi eng katta displeylardan biridir. U ko'zgulardagi aksni minimallashtiradigan magnit boshqaruvli optik nanoqoplamaga ega. Asosiy ekran 6,45-dyuymli tashqi OLED ekran bilan uyg'un ravishda to'ldiriladi. Ikkala ekran ham ultra yuqori ajratishga ega [4], sensorlarning yuqori chastotali diskretizatsiyasi [5] hamda kadrlarning yangilanish tezligi 90 Gtsni [6] tashkil etadi, bu rejimlarning o'zaro ta'sirini ravon kechishi va boshqa rejimga qulay o’tishini ta'minlaydi.
Buklanganda, “HUAWEI Mate X2” - bu zamonaviy, ingichka, 21:9 nisbatdagi smartfon, aksariyat mobil ilovalar bilan ishlashda qulay. Ochilgan holatda u vertikal va gorizontal holatlarda qulay o'zaro ta'sirni ta'minlaydigan 8:7,1 nisbatiga ega universal mobil qurilmaga aylanadi.
“HUAWEI Mate X2”ning zamonaviy ixcham dizayni yana bir yangilikni o’zida yashirgan: murakkab ko’p komponentli sharnir (oshiq-moshiq) – bu “HUAWEI” kompaniyasi besh yildan ortiq vaqt davomida ustida ishlagan jihoz. Innovatsion bloklash mexanizmi tufayli sharnir ko'z yoshi shaklidagi shaklni hosil qiladi, uning atrofida ekran buklanish paytida egiladi. Bu qurilma ochiq holatda bo’lganida tashqi ekrandagi buklanishni minimallashtirishga imkon beradi.
Yangi imkoniyatlar yo’lida
Ikkita ekranli buklanadigan dizayni bilan “HUAWEI Mate X2” ikki xil turdagi qurilmalardan foydalanish imkoniyatini beradi. Katta ekran kengaytirilgan ish maydonini taqdim etadi va buklangan holatda esa smartfon maksimal ravishda olib yurish uchun qulaydir. Foydalanuvchilarning odatlari va afzal ko’rgan narsalari bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar ma'lumotlariga asoslanib, “HUAWEI” deyarli noldan boshlab yangi buklanadigan form-faktorni ishlab chiqdi, bu iste'molchilarga turli xil vazifalarni hal qilish uchun keng miqiyosli variantlarni: veb-sahifalarni ko'rib chiqish va ofis dasturiy ilovalari bilan ishlashdan tortib, multimedia kontentini iste'mol qilish, onlayn xarid qilish va video-o'yinlar kabilarni taklif qilishni maqsad qilgan.
“HUAWEI Mate X2”ning katta displeyi ko'p vazifali rejimlarda ishlash uchun intellektual funktsiyalar to'plamiga ega bo’ldi. Ko'p oynali rejim [7], suzuvchi oynalar, faol ilovalarni takroriy ochish va guruhlash funktsiyasi hamda boshqa ko'plab funktsiyalar tufayli foydalanuvchilar bir ekranda bir vaqtning o'zida bir nechta vazifalarni samarali bajarishlari mumkin bo’ladi.
Ko'p oynali rejim bir ilovani yopmasdan ikkinchi ilova tarkibini tez ko'rib chiqish imkonini beradi. “App Multiplier” funksiyasi bir xil ilovaning bir nechta nusxalarini ochishga imkon beradi, deylik, ikki xil hujjatni ko'rib chiqish uchun. “MeeTime” ilovasi fayllarni chat interfeysiga oddiygina o’tkazish orqali kontentingizni osongina va tezda o’z kontaktlaringiz bilan baham ko'rishingizga imkon beradi, bunda fayl hajmi, miqdori va formatiga cheklovlar qo'yilmaydi.
Faol ilovalarga ega suzuvchi oynalarni endi istalgan vaqtda kengaytirish, ko'chirish va almashtirish mumkin. “HUAWEI Mate X2” ishdan va onlayn xaridlardan tortib, messendjerlarda va ijtimoiy tarmoqlarda o'yin-kulgi hamda muloqotgacha bo’lgan har qanday vazifani hal qilishda juda yaxshi yordamchiga aylanadi.
Yangi avlod mobil samaradorligi
Dizayndan tashqari, “HUAWEI Mate X2” video va audio flagman xususiyatlarini yuqori hisoblash quvvati imkoniyatlari hamda simsiz tarmoqlarda tezkor ishlashini namoyish etadi.
“HUAWEI Mate X2” moslamasi “Leica” kompaniyasining to'rt modulli “Ultra Vision” kamerasi bilan jihozlangan bo'lib, u kunning istalgan vaqtida rasm va videofilmlarning yuqori aniqlikda chiqishini kafolatlaydi. 50-megapikselli o'ta sezgir keng burchakli kamera “RYYB Rangli Filtr ko’lami”ga (CFA) ega, 1da 4ta piksellarni birlashtiruvchi fuktsiyasini qo’llovchi va “Full Pixel Octa PD” avtofokusirovka texnologiyasiga ega bo'lgan asosiy sensor bazasida qurilgan bo'lib, kam yorug'lik holatida ham tezkor va aniq fokuslashni ta'minlaydi. 10-karrali periskopli teleobyektiv moduli uzoq masofalarda rasmga tushirish uchun 20-karrali gibrid va 100-karrali raqamli kengaytirishlarni qo'llaydi. 16 megapikselli ultra-keng burchakli qo’shimcha kamera nafaqat peyzaj tasvirlarini rasmga tushirishni ta’minlaydi va balki 2,5 sm masofada ham ob'yektlarni suratga olish uchun makrotasvir rejimini ham qo'llaydi.
“HUAWEI Mate X2”ning noyob buklanadigan dizayni avtoportretlarni suratga olish uchun asosiy “Ultra Vision Leica Quad” kamerasidan foydalanishga imkon beradi, bu esa selfi ixlosmandlarining imkoniyatlarini oshiradi.
“HUAWEI Mate X2”da o'rnatilgan audio tizimi tufayli qurilma shaxsiy cho'ntak kinoteatri vazifasini bajarishi mumkin. Smartfon yuqori amplitudali drayverlarga ega ikkita dinamik bilan jihozlangan va “HUAWEI Histen” tovush effektlarini qo'llaydi, ular musiqiy treklarning eng nozik nuanslari uchun chuqur quyi va aniq yuqori chastotalarni ta'minlaydi.
“HUAWEI Mate X2” qurilmasi bugungi kunga qadar eng ko'p tranzistorlarga ega integratsiyalangan va universal 5G chipiga ega “Kirin 9000” protsessori bazasida barpo etilgan, bu uning yuqori samarali ishlashi, energitik samaradorligi va ulanish tezligini kafolatlaydi.
Yangi intellektual antenna tizimi dinamik ravishda signal quvvati va smartfon rejimidagi o'zgarishlar asosida eng yaxshi antennani tanlaydi. Tizim signalni ishonchli qabul qilinishini va har qanday holatda bo'lgani kabi, qurilma bilan optimal o'zaro aloqani ta'minlaydi.
Yangi “HUAWEI Mate X2” 4500 mA /soat quvvatiga ega batareyaga ham ega bo’lib[8], u 55 vatt quvvatga ega “HUAWEI SuperCharge” tezkor quvvatlanishni [9] ta’minlaydi. Buning yordamida batareyani qisqa tanaffus paytida ham quvvatlash mumkin bo’ladi.
“HUAWEI Mate X2” Xitoyda to'rt rangda: oq, qora, billur ko'k va billur pushti ranglarda sotuvga chiqarildi. Qurilma do'konlarga joriy yil 25 fevraldan boshlab kiritildi, uning taklif qilingan chakana narxi 17 999 yuan (256 GB) va 18999 yuan (512 GB).
[1] Sharnir konstruktsiyasi ko'p o'lchovli blokirovka mexanizmidan foydalanadi, buklangan holda sharnir deyarli choksiz buklanishni hosil qiladi.
[2] Choksiz buklanuvchi dizayn – moslama ochilgan holatda bo’lganida uning korpusi o'zgaruvchan qalinlikka ega bo’ladi hamda buklanganda simmetrik blokni hosil qiladi.
[3] Ichki ekranning diagonal uzunligi standart to'rtburchak bilan o'lchanganida 8-dyuymni tashkil etadi, burchaklarning yumaloqligi tufayli aslida ko’rinadigan maydoni biroz kichikroq bo’ladi.
[4] Ichki va tashqi displeylarning piksel zichligi mos ravishda 413 ppi va 456 ppini tashkil qiladi.
[5] Ichki va tashqi displeylarning sensorli ekranini diskretizatsiya chastotasi mos ravishda 180 Gts va 240 Gtsga teng. Sensorli ekranning diskretizatsiya chastotasi muayyan ilova yoki o'yinga qarab farq qilishi mumkin.
[6] Yangilanish chastotalari har bir ilovada har xil bo'lishi mumkin.
[7] Ba'zi ilovalarni qo'llaydi. O’zaro muvofiqlik ilova ishlab chiquvchilariga bog'liq. Kelajakda mos keladigan ilovalarning ro'yxati kengaytiriladi.
[8] Batareyaning nominal quvvati 4400 mA/soatni tashkil qiladi. Odatiy qiymati - 4500 mA /soat. Asl quvvat hajmi biroz farq qilishi mumkin.
[9] “HUAWEI SuperCharge” quvvatlash moslamasi va kabel talab qilinadi.