Huawei kompaniyasi Oʻzbekiston xalqini mustaqillikning 30 yilligi bilan tabriklaydi
1987-yilda tashkil topgan Huawei kompaniyasi oʻzining 30 yoshini ortda qoldirib, shu vaqt ichida 170 ta mamlakat va mintaqada oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan xalqaro kompaniyaga aylanishga ulgurdi. Bu yirik kompaniya uchun ham, 30 yil oldin mustaqillik yoʻliga qadam qoʻygan davlat uchun ham juda qisqa muddat.
Huawei kompaniyasi 1999-yilda Oʻzbekistonga kirib keldi va MDH hududida ochilgan Rossiyadan keyingi ikkinchi ofis boʻldi. Kompaniyamizning 20 yillik faoliyati davomida biz zamonaviy Oʻzbekiston tarixidan oʻrin olish, mamlakatni yanada rivojlantirishga oʻz hissamizni qoʻshish va poydevor qoʻyish uchun oʻz kuchimiz va imkoniyatlarimizni maksimal darajada sarflashga harakat qildik. Raqamli Oʻzbekistonni rivojlantirishga, AKT infratuzilmasining bosqichma-bosqich oʻsishiga va faoliyatimiz davomida ilgʻor texnologiyalarni joriy etishga katta eʼtibor qaratishimiz – bu bizning mustaqil davlatning shakllanishi yoʻlida koʻrsatayotgan xizmatlarimiz nishonasidir.
Agar har yilgi Mustaqillik kuni bayramini, ayniqsa yubileyni navbatdagi bosqich chegarasi va erishilgan natijalarni sarhisob qilish vaqti deb oladigan boʻlsak, unda eng avvalo, soʻnggi yillarda qoʻlga kiritilgan va barchani faqat olgʻa intilishga undovchi yutuqlar haqida toʻxtalib oʻtsa arziydi. Oldinlari biz 5G, jihozlar Interneti, barcha sohalarning raqamli transformatsiyalari kabi texnologik dunyodagi innovatsion yechimlar va trendlar haqida juda koʻp gapirar edik, hozirda esa, ular Oʻzbekistonda ham yoʻlga qoʻyildi. 2019-yilda 5G tarmoqlari muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazildi, 2021-yilga kelib esa, tarmoqlar isteʼmol segmentida ham, iqtisodiyotda ham keng qoʻllanilmoqda. Xuddi shu beshinchi avlod tarmoqlariga asoslangan narsalar Interneti va masofadan boshqariladigan qurilmalar qishloq xoʻjaligi sohasida joriy etildi. Hozirda davlat xizmatlari markazlaridan olinadigan katta hajmli maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash uchun ulkan maʼlumotlar markazlari qurilmoqda. Axborot texnologiyalarini oʻrganishga yoʻnaltirilgan universitetlar va maktablarning ochilishi tobora koʻpaymoqda, va borgan sari koʻproq bolalar shu yoʻnalishdagi OTM va maktablarga kirishga intilishmoqda, shuningdek, IT sohasini mustaqil oʻrganishga harakat qilishmoqda. Biz mamlakat rahbariyati tomonidan qoʻyilgan barcha vazifalar va maqsadlarni amalga oshirishda buyurtmachilarimiz va hamkorlarimiz bilan qoʻlni qoʻlga berib harakat qilayotganimizdan mamnunmiz.
Agar ilgari bizning kompaniyamizning xizmatlari va uskunalari faqat AKT sohasiga oid boʻlib tuyulgan boʻlsa, unda bugungi kunda shuni tushunib turibmizki, biz axborot texnologiyalari sohasidan ancha tashqariga ham chiqib ulgurdik va bu bizga mamlakatning barqaror rivojlanishiga yanada koʻproq hissa qoʻshishga imkon berdi. Bizning Oʻzbekiston tabiiy resurslari va atrof-muhitiga nisbatan hurmatimiz juda yuqori va shuning uchun kompaniyamiz Green Aral Sea va qishloq xoʻjaligi sohasiga intellektual tizimlarni joriy qilish kabi ekologiyani tiklashga qaratilgan loyihalarda ishtirok etib kelmoqda.
Texnologiyalar olami juda tez oʻzgarib bormoqda, odamlarning doimo aloqada boʻlishga boʻlgan ehtiyoji ham jadal ortib bormoqda, endilikda odamlar hamma narsani qoʻlida, telefonida boʻlishini xohlashadi, xususan Oʻzbekistonda ham xuddi shuday. Insoniyatni oldinda hali bundan koʻp yutuqlar, kashfiyotlar va yangiliklar kutib turibdi. Oʻz navbatida, Huawei kompaniyasi har doim ilgʻor va xavfsiz uskunalarni taqdim etishga, oʻz tajribalari bilan boʻlishishga va oʻz bilimlarini yosh avlodlarga yetkazib berishga tayyor. Biz Oʻzbekiston uchun Oʻzbekistondamiz.
Butun kompaniyamiz nomidan sizlarga tinchlik-farovonlik va oldingizga qoʻygan barcha maqsadlaringizga erishishingizni tilab qolamiz. Qadrli Oʻzbekiston xalqi, Mustaqillik bayramingiz yana bir bor muborak boʻlsin!
Forest Lyu, Huawei kompaniyasining Oʻzbekistondagi direktori.