Huawei “Gartner Peer Insights 2020” versiyasi bo’yicha “Foydalanuvchilar tanlovi” unvoniga sazovor bo’ldi.
[Shenchjen, Xitoy, 15 yanvar 2021 yil] Dunyodagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va aqlli qurilmalarning yetakchi provayderi Huawei kompaniyasi “Gartner Peer Insights” versiyasi bo’yicha “Ma'lumotlarni qayta ishlash markazi” hamda “Bulutli tarmoq texnologiyalari” toifalari bo’yicha “Foydalanuvchilar tanlovi” unvonini qo’lga kiritdi. “Huawei”ning ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari tarmoqlari uchun “CloudFabric” yechimi alohida mukofot bilan qayd etildi. “Huawei” reytingi 2020 yil noyabr holatiga ko'ra 4.9/5 ko’rsatkichiga ega bo'lib, bu kompaniyani 20 ga yaqin yetkazib beruvchilar orasida birinchi o'rinni egallashiga sababchi bo’lmoqda.
“Huawei” kompaniyasi “Gartner Peer Insights”ning “Ma’lumotlarga ishlov berish markazlari” va “Bulutli tarmoq texnologiyalari” toifalari bo’yicha 2020 yilning “Foydalanuvchilar tanlovi” deb tan olindi
“Gartner Peer Insights” ma'lumotlariga ko'ra, 2020 yil noyabr oyidan boshlab Huawei CloudFabric butun dunyo bo'ylab foydalanuvchilar tomonidan ijobiy sharhlarni qo’lga kiritdi. CloudEngine seriyasining ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari uchun kommutatorlar, “iMaster NCE-Fabric”ning DCN avtonom boshqaruv va nazorat tizimi hamda DCN uchun ishlab chiqilgan aqlli tahlil platformasi – “Huawei iMaster NCE-FabricInsight” kabi mahsulot va yechimlar yuqori baholandi. “Mahsulot imkoniyatlari”, “Integratsiya va tarqatish”, “Xizmat ko'rsatish va qo'llab-quvvatlash” toifalarida Huawei yechimlari moliya, hukumat va Internet tarmoqlari hamda aloqa operatorlari kabi turli sohalardagi foydalanuvchilar tomonidan yuqori baholandi.
- “Bo'linmalarimiz “Huawei” kommutatorlaridan foydalanadi. Bo'lim, shuningdek, “Huawei”ni tanlaydi. Kommutator umidimizni puchga chiqarmadi, uning texnologik xususiyatlari eng yuqori darajaga ega va xususiyatlari nihoyatda barqarordir”, - deydi moliyaviy mahsulotlarni sotish bo'yicha menejer.
- “Yuqori sifatli kommutator va xizmatlar! ADNning yechimi haqiqatan ham o’ta ta'sirchan. Biz allaqachon AC-DCN kontrollyorini o’rnatdik va bu tarmoq boshqaruvini standartlashtirish hamda samaradorligini oshirishga yordam berdi. Shuningdek, biz Huawei FabricInsight tarmoq analizatorini ishga tushirdik, u yil davomida yuzlab tarmoq uzilishlarini aniqladi”, - deya sharhlaydi ekspluatatsiya va texnik xizmat ko’rsatish muhandisi, davlat sektori vakili.
“Biz ushbu mukofotni yana bir bor qo'lga kiritganimizdan va eng yuqori reytingga (4.9/5) hamda global mijozlarimizning e'tirofiga sazovor bo'lganimizdan faxrlanamiz. Gartner Peer Insights platformasida biz haqimizda fikr bildirganlarga minnatdorchilik bildiramiz. Kelajakda biz foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirishda va yangiliklarni amalga oshirishda davom etamiz. Biz sanoatning raqamli transformatsiyasini tezlashtirish uchun mijozlarimiz yuqori baholaydigan mahsulotlar va yechimlarni yaratishga intilamiz”, - dedi Leon Vang, “Huawei”ning mahsulotlarni qayta ishlash markazining tarmoqlar yo’nalishlari prezidenti.
- Huawei CloudFabric 140 dan ortiq mamlakatlardagi 9200 dan ortiq korporativ mijozlarga xizmat ko'rsatadi. Mijozlar “Huawei”ga DCN bozorida doimiy innovatsiyalarni tatbiq etishi va u yerdagi yetakchi o’rinlarga ega bo’lishi tufayli tamoman
- 2020 yilda Huawei butunlay yangi CloudFabric 2.0 yechimini taqdim etdi. U ochiq arxitekturaga asoslangan va bir nechta bulutlarga ulanishi mumkin. Shuningdek, u turli xil sotuvchilarning qurilmalariga mos keladi, bu esa operatsion xarajatlarni (OPEX) 28 foizga kamaytiradi. Yuqori zichlikdagi 400GE aqlli tarmoq - paketlarning nolga teng yo'qotish va uzatishlarda kechikishlar soni qisqarishi kabi xususiyatlarga ega. Bu hisoblash quvvatini 27% ga va ma’lumotlarni saqlash uchun bir soniyada kiritish-chiqarish operatsiyalari miqdorini 30% ga yaxshilaydi.
- Huawei 400GE standartiga ega ma'lumotlarni qayta ishlash markazlari uchun CloudEngine 16800 yangi avlod kommutatorlarini ishlab chiqdi. U sanoatning yetakchi yangi platformasi, yangi optik interfeyslar, yangi aqlli tizimlarga asoslangan. Kommutator "yangi infratuzilma"ning turli xil bo'g'inlari o'rtasida samarali aloqani ta'minlaydi va sanoatning raqamli o'zgarishini tezlashtirishga yordam beradi.
- Ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari uchun Huawei CloudEngine kommutatorlari innovatsion yechimlar va mahsulotlardan tashqari butun dunyo bo'ylab mijozlar ishonchini ham qozondi. “Gartner”ning 2020 yil 29 sentyabrdagi “Butun dunyo bo’ylab bozor segmentlari bo’yicha korporativ tarmoq uskunalari, 2020 yil 2-chorak” hisobotiga ko'ra [1], “Huawei”ning 10Gb/s va 25Gb/s dagi Ethernet-kommutatorlari global yetkazmalar miqdori bo'yicha eng katta bozor ulushiga ega.
Gartner Peer Insights - bu sohada qaror qabul qiluvchi AT va texnik mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan, dasturiy ta’minot, AT-xizmatlar reytinglari hamda sharhlarni taqdim etuvchi onlayn-platforma. Uning maqsadi xaridorlarning xolisona fikr-mulohazalari orqali AT-rahbarlariga ko'proq ma'lumotlarga asoslangan, ongli xaridlarni amalga oshirishda ko’maklashish, texnologiya ta’minotchilariga esa o'z mahsulotlarini yaxshilashlariga yordam berishdan iborat. “Gartner Peer Insights”ga 340 dan ortiq bozorlarda 350,000 dan ortiq tekshirilgan va tasdiqlangan sharhlar kiradi.
Ma'lumotlarni qayta ishlash markazlari tarmoqlari uchun Huawei CloudFabric yechimi va CloudEngine kommutatori haqida ko'proq ma'lumot olish uchun Huawei DCN Solution veb-saytiga tashrif buyurish zarur.
Mas'uliyatdan voz kechish:
Eslatib o'tamiz, Gartner Peer Insights mijozlar tanlovi hujjatlashtirilgan metodologiyaning bir qismi bo'lgan reytinglar va ma'lumotlar hamda so’nggi foydalanuvchilarning sharhlaridagi sub'yektiv fikrlarni o'z ichiga oladi. Ular “Gartner” yoki uning sho’ba korxonalari qarashlari yoki xulosalarini ifodalamaydi.
[1] Gartner, Market Share: Enterprise Network Equipment by Market Segment, Worldwide, 2Q20, 29 September 2020