Huawei O'zbekiston talabalari uchun mo'ljallangan "Kelajak nihollari" ta'lim dasturini boshladi.

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei O'zbekiston talabalari uchun mo'ljallangan "Kelajak nihollari" ta'lim dasturini boshladi.

2020.11.02

Huawei kompaniyasi “Seeds for the Future” taʼlim loyihasining ochilish marosimini oʻtkazdi va unda Oʻzbekistondagi taʼlim muassasalari va AKT sohasidagi yetakchi tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Huawei kompaniyasi olti yildan buyon har yili Oʻzbekistonda “Seeds for the Future” (Kelajak nihollari) loyihasini amalga oshirib kelmoqda, uning doirasida TATUning 50 nafar talabasi oʻtgan yillar davomida kompaniyaning Xitoydagi shtab-kvartirasida amaliyot oʻtashdi. Dasturda butun dunyodagi 500 dan ortiq universitetlardan jami 30 000 nafar talaba ishtirok etishdi va uning doirasida umumiy hisobda 5770 nafar eng yaxshi talabalar Xitoyga borishga muvaffaq boʻlishdi.

Butun dunyoda pandemiya tufayli yuzaga kelgan hozirgi vaziyatni hisobga olgan holda, bu yil “Seeds for the Future” loyihasi onlayn tarzda oʻtkazilmoqda, ammo bu uning qiymatini va axborot mazmunini mutlaqo kamaytirmaydi. Ayni vaqtda Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti (TATU), Toshkent shahridagi Inha universiteti (TIU) va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari maktabidan tanlab olingan 30 nafar talaba loyiha boʻyicha oʻqishni boshlashmoqda. Oʻzbekistondan borgan ishtirokchilar Tailand va Kambodja talabalari bilan birgalikda 5 kun davomida 5G texnologiyalari, bulutli hisoblash, sunʼiy intellekt, HMS boʻyicha chuqurlashtirilgan kurslarda qatnashishlari, shuningdek Huawei kompaniyasining Xitoydagi shtab-kvartirasi va bazalari boʻylab virtual sayohatlarni amalga oshirishlari va XXR madaniyati va anʼanalari bilan tanishishlari mumkin boʻladi. Talabalarning yuqori darajadagi interfaolligini taʼminash maqsadida ular Huawei kompaniyasining shtab-kvartirasida va mintaqaviy ofislarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar tomonidan oʻtkaziladigan onlayn maʼruzalarga taklif qilinishdi.

“Biz loyihamizda ishtirok etayotgan talabalar va boʻlajak axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislariga loyihamizga xush kelibsiz deymiz. Pandemiya holati yuzaga kelishiga qaramay, loyiha toʻxtatilmadi va bu yilda barcha muassasalardagi oʻquv jarayonlari kabi onlayn tartibga oʻtdi. Bugungi kunda biz raqamli texnologiyalarning yordami bilan oʻquvchilar va oʻqituvchilar qayerda boʻlishlaridan qatʼi nazar, ularning barchasi taʼlim olishlari mumkinligini, bu degani, yanada koʻproq iqtidorli yoshlar bilim olishning, shu jumladan AKT sohasida bilim olishning cheksiz imkoniyatiga ega boʻlishlari mumkinligini namoyish etmoqdamiz”, – deb taʼkidladi Huawei kompaniyasining Oʻzbekistondagi direktori janob Lyu Szyasin.

Huawei kompaniyasining media-studuyasidan olib borilgan onlayn ochilish marosimi davomida, AKT sohasiga taaluqli ta'lim dargohlari rahbarlari va soha mutaxassislari ishtirok etib, dastur ishtirokchilarni quvvatlab, kelajak nihollariga muvaffaqiyat tiladilar. Ochilish marosimida taklif qilingan mehmonlardan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Qahramon Yuldashev, TATU rektori Sarvar Babaxojayev va prorektori Hayrulla Umarov, Al-Xorazmiy nomidagi maxsus IT maktab direktori o'rinbosari Sevara Shokirova ishtirok etishdi.

«Huawei ning O'zbekistonda olib borayotgan 20 yillik faoliyati davomida kompaniya o'zini ishonchli va uzoq muddatli hamkor sifatida namoyon qildi. Ayni paytda mamlakat AKT sohasiga katta hissa qo'shib kelmoqda. Men Huawei kompaniyasi Xitoydagi bosh-qarorgohida joylashgan trening markazlari yordamida butun dunyodan talablarni jamlab, innovatsion texnologiyalarni chuqur o'rganishga qaratgan sa'y-harakatidan juda hursandman», dedi Qahramon Yuldashev, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari.

“Seeds for the Future” loyihasi boʻlgʻusi AKT mutaxassislari uchun nafaqat kengroq bilim olish imkonini beradi, balki ularga universitetni tamomlagandan soʻng xuddi 2018 va 2019-yilgi dasturlarning bitiruvchilari kabi Oʻzbekistondagi Huawei kompaniyasida amaliyot oʻtash imkoniyatini taqdim etish bilan ularning kelgusidagi muvaffaqiyatlariga katta yoʻl ochib beradi. Xususan, oʻtgan yillar bitiruvchilari orasidan baʼzilari allaqachon Oʻzbekistondagi Huawei kompaniyasining xodimlariga aylanib ulgurishgan va bu bilan raqamli Oʻzbekistonning rivojiga oʻz hissasini qoʻshishda davom etmoqdalar.

“Seeds for the Future” (Kelajak nihollari) – bu Huawei kompaniyasining oʻz korporativ ijtimoiy javobgarligini bajarishi doirasida amalga oshiriladigan global dasturi. 2008-yilda Huawei kompaniyasining shtab-kvartirasi tomonidan ishga tushirilgan ushbu loyiha AKT sohasidagi mahalliy isteʼdodlarni rivojlantirish, ularning dunyoqarashi va bilimlarini kengaytirish, isteʼdodli yoshlar oʻrtasida telekommunikatsiya sohasiga boʻlgan chuqur tushuncha va qiziqishni shakllantirishga qaratilgan, shuningdek, u mintaqaviy oʻzaro aloqalarni va raqamli hamjamiyatdagi ishtirokni yaxshilash va ragʻbatlantirishga yordam beradi.