Bank tarmog’i yangi muvaffaqiyatli voqelikka o’tish yo’lida

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei va IDC o’rtasidagi IT sohasida tadqiqotlar va maslahatlashuv bo'yicha loyiha hujjati: Bank tarmog’i yangi muvaffaqiyatli voqelikka o’tish yo’lida

2020.06.15

[Shenjen, Xitoy, 15 iyun 2020 yil] Yaqin kunlarda “Huawei” va “International Data Corporation” (IDC) “Huawei”ning 2020 yilda moliyaviy xizmatlar sohasidagi  global sammiti davomida 2020 yilda qayta tiklanish bo'yicha rejalashtirilgan tadbirlar doirasida banklar faoliyatida islohotlar to’g’risidagi dastlabki Loyihaviy hujjati e'lon qilindi. Hujjatning nashr etilishi avgustda kutilmoqda. IDC hisob-kitoblariga ko'ra, tiklanish besh bosqichda amalga oshiriladi va har bir bosqichda yangi o'sishni optimallashtirish uchun imkoniyatlarni nazarda tutadi. Umuman olganda, bank sohasi 2020 yilda sodir bo’layotgan larzalarni yengish yo’lida yetarlicha kuchli bo'lib qolmoqda va endilikda sanoat doirasida ushbu vaqtni umumiy imkoniyatlarni kuchaytirish va raqamli transformatsiya nuqtai nazaridan ustuvor vazifalarni qayta ko’rib chiqish uchun ishlatishga qaratishi kerak. 

Qayta tiklanishni tezlashtirish uchun bank sohasida texnologiyalardan foydalanish

2020 yil COVID-19 soyasida misli ko'rilmagan tizimli larzalar bilan ajralmoqda, biroq har doimgidek murakkab inqirozlar ortida muayyan imkoniyatlar kutib turishini yodda saqlash zarur. Loyihaviy hujjatda banklarning biznes yuritishning joriy muhit sinovlariga munosabati tahlil qilinadi, dunyoning turli mamlakatlaridan eng yaxshi yechimlar ham taktik, ham strategik qarorlar nuqtai nazaridan tadqiq etiladi hamda banklar va boshqa moliyaviy institutlar qo'llashi mumkin bo'lgan tiklanish mexanizmi aniqlanadi. Bular banklarning kelgusi tiklanish bosqichi jarayonida mijozlarning ehtiyojlarini to’laqonli aniqlagan holda, ularga yaxshiroq javob berish imkonini beradi.

IDC fikricha, bank sohasi 2020 yildagi larzalarni yengish uchun yetarlicha mustahkam o'rinni egallamoqda. Mazkur davr raqamli texnologiyalar va ma'lumotlar borasida qo’shimcha imkoniyatlar va infratuzilmani yaratish uchun sarflansa, raqamli formatda nafaqat boshqariladigan va taqdim etiladigan va balki raqamli asosda vujudga kelgan va shakllangan yanada aktual xizmat va mahsulotlarni yaratishga imkon beradi.

Yangi o'sishni optimallashtirish uchun beshta asosiy tiklanish bosqichlarini anglab yetish 

IDC va Huawei kelishuvlari asosida ishlab chiqilgan Loyihaviy hujjatda COVID inqirozi, iqtisodiy o’sishlarning pasayishi, retsessiya, o'sish tiklanishi va vaziyatni keyinchalik normallashtirish bosqichlarini qamrab oluvchi beshta tiklanish bosqichlari ifodalanadi. Har bir bosqich uchun IDC har bir bosqichning ta'siri va xususiyatlarini, shuningdek, istiqbolli imtiyozlarni ko’paytirish uchun banklar tomonidan amalga oshirilishi kerak bo'lgan tavsiya etilgan yo'nalishlar va strategiyalarni bayon qiladi.

Banklar allaqachon COVID inqirozi va iqtisodiy o’sishning pasayishiga javoban turli xil strategiyalarni, jumladan mobil ilova imkoniyatlariga urg'u berish, modellarni qayta qurish uchun odatiy bo'lmagan paytlarda yangi faoliyat va kredit berish, onlayn-bankingga o'tishni yanada tezlashtirish kabi sohalarda mijozlar munosabatini tahlil qilish hamda bevosita aloqasiz mijozlarga yuqori darajali xizmat ko'rsatish uchun filiallarni qayta tashkil etish kabilarni tatbiq etdilar.

Yangi imkoniyat va ustuvor vazifalar sohada allaqachon ko’zga tashlanmoqda

Banklar uchun yangi imkoniyatlar 2020 yildagi tanazzulning o'ziga xos xususiyatlariga javoban hamda yangi texnologiyalar va zamonamizning raqamli imkoniyatlari sabab paydo bo’ldi.

Masalan, inqirozni yengib o'tishning dastlabki bosqichlarida uning oqibatlarini real baholash talab etiladi. Bank turli xil stsenariylarga muvofiq real kapitallashuv, likvidlik va kreditlash holati to'g'risida tushunchani ishlab chiqishi kerak. Stress-sinovlari so'nggi inqiroz ma'lumotlari asosida stsenariylarni tahlil qilib, tezlashtirilgan holda amalga tatbiq etilishi kerak. Oxir-oqibat, banklar real vaqt rejimida likvidlik pozitsiyalarining shaffofligi ustida ish olib boradilar - masalan, bugungi kunda bunday ma'lumotlarni taqdim etish uchun ichki boshqaruv panellari alohida ahamiyatga ega. Ular banklarga vaziyatni tez va qat'iy ravishda o'zgartirishga imkon beradi: kelishuvni tugatish, amalga oshirilmagan shartnomalar sonini kamaytirish yoki dastlabki bosqichda hisob-kitoblarni amalga oshirish.

Keyinchalik, banklar favqulodda vaziyatlar holatida rejalarini, xususan mijozlarni jalb qilish uchun yangilashlari talab etiladi. Banklar yangi ish usullariga o'tish va mijozlarni jalb qilishning yangi usullari, masalan, mobil ilovalar, konsalting xizmatlarini birgalikda kuzatish va hatto chat xizmatlari kabi raqamli texnologiyalar orqali o'tish uchun zamin yaratishi kerak bo’ladi.

Bozor ulushi uchun muayyan raqobat mavjud bo'lganda, mazkur imkoniyatlarni barchasini birlashtirgan holda, banklar ma'lumotlar asosida mijozlarni jalb qilish orqali yoki COVID-19 holatidan keying yangi dinamikaga tezroq moslashishiga imkon beradigan yangi mahsulot va xizmatlarni joriy qilish uchun tez moslashuvchan imkoniyatlar bilan ajralib turish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.

2020 yil va keyingi yillarda rivojlanish yo’nalishini shakllantirish jarayonida bank rahbarlari uchun muhim ma'lumotlar 

Kelgusida ushbu masalalar tahlil qilingach, Loyihaviy hujjatda iqtisodiy o’sishning pasayishidan tortib uning normallashuviga qadar bo’lgan davrda soha oldida vujudga kelishi mumkin bo’lgan noma’lum tahdidlarni aniqlagan holda tiklanishning kelgusi bosqichlari ko'rib chiqiladi. Biz ishlab chiqqan Barqarorlik indeksi zaminida taklif etilayotgan metodologiya asosida mintaqalar miqyosida bank tarmoqlarini pandemiya oqibatlarini yengish layoqati, dunyo bo'ylab ilg'or tajribalarni va ularning biznesga ta'siriga miqdoriy baho berish maqsadida "kanallar", "ma'lumot va tahlillar" hamda "ish jarayonlariga ishlov berish" kabi toifalardan foydalangan holda beriladigan baho o’z o’rnini topgan. Ushbu Loyihaviy hujjat butun dunyo bo'ylab bank rahbarlari uchun yangi yo'nalishni davom ettirishda nima qilish mumkinligini va qaysi harakatlar ayniqsa kuchli ta'sir ko'rsatishini tushunishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi kunda Huawei butun dunyo bo'ylab 1600 dan ortiq moliyaviy mijozlarga, shu qatorda dunyodagi 100 ta eng yirik banklarning 45 tasiga xizmat ko'rsatadi. Bundan tashqari, Huawei dunyoning 20 dan ortiq yirik banklari, sug'urta va qimmatli qog'ozlar kompaniyalari bilan har tomonlama strategik sheriklik aloqalarini o'rnatgan. Huawei mijozlarning raqamli transformatsiyadan o’tishi bobida ishonchli strategik sherikka aylanmoqda.

“Huawei”ning har yilgi FSI global sammiti - bu Huawei tomonidan o'tkaziladigan global AKT tadbiri bo’lib, unda hamkorlik va moliyaviy xizmatlar tendentsiyalari muhokama qilinadi. Tadbir 2013 yilda joriy etilgan bo'lib, uning tarkibiga soha mutahassislari, maslahatchilar va g’oyaviy liderlar kiradi. “Huawei Global FSI” sammiti haqida batafsil ma'lumot olish uchun: e.huawei.com/topic/finance2020/en/ ga kiring.