“Huawei” Ijrochi direktori Rayan Din: 5G oltin o’n yilligi davrida simsiz tarmoqlarning maksimal samaradorligini ta’minlash

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

“Huawei” Ijrochi direktori Rayan Din: 5G oltin o’n yilligi davrida simsiz tarmoqlarning maksimal samaradorligini ta’minlash

2020.11.17

Shanxay, Xitoy, 16 noyabr 2020 yil - Huawei Ijrochi direktori va Aloqa operatorlari bilan ishlash bo’linmasi (Carrier Networks Business Group) prezidenti Rayan Din 2020 yilgi Keng polosali uyali aloqa Xalqaro forumida (MBBF) “5Gning oltin o’n yilligi davrida simsiz tarmoqlarning maksimal samaradorligini ta’minlash" mavzusida asosiy ma’ruza bilan ishtirok etdi. Janob Din ta'kidlashicha, kelgusi o'n yil butun dunyo bo'ylab 5G texnologiyasi uchun oltin davrga aylanadi va bunda sanoat 5G muvaffaqiyatiga ishonishi, zamonaviy 5G tarmoqlarini joylashtirishi va ulardan umumiy farovonlik yo’lida mumkin qadar samarali qo’llanishi kerak.

 

Rayan Din “MBBF 2020”da chiqishi davomida

Aloqa standartlarining ilgarigi avlodlariga nisbatan 5G jadal sur’atlar bilan rivojlanib kelmoqda. Bugungi kunda 100 dan ortiq tijorat 5G tarmoqlari mavjud bo’lib, 5G arzon uyali telefonlar narxi buning barobarida 1000 yuangacha tushib ketdi. Shuning uchun dunyo bo'ylab 5G foydalanuvchilari soni tobora ko'payib borib, 5G tarif rejalari allaqachon yetakchi aloqa operatorlari tomonidan faol qo'llanilmoqda. Ular bir nafar 5G foydalanuvchisining 5G keng qamrovli xizmat paketlari va 5G xabar almashinuvi hamda kengaytirilgan funksiyalarga ega qo'ng'iroqlar kabi ilg'or xizmatlardan foydalanishi hisobiga o'rtacha daromadning o'sishini kuzatib kelishmoqda.

5G tarmoqlarining kelgusi taraqqiyoti va ularning abonentlari soni o'sishi uchun aloqa operatorlari eng samarali 5G tarmoq infratuzilmasini yaratishi zarur bo’ladi. Uning qamrov zonasi foydalanuvchilarning keng qamrovli, har nuqtadan 5G xizmatlaridan foydalanishiga kafolat yaratish uchun aholi zich joylashgan shahar tumanlarini, shaharga tutashgan shaharchalarni hamda binolarni o’z ichiga olishi kerak. Qolaversa, aloqa operatorlari abonentlariga doimiy ravishda yuqori sifatli xizmat ko'rsatilishini ta’minlash uchun 5G aloqasini yaxshilab borishlari kerak.

Iste'mol bozoridan tashqari, sanoat sohasi aloqa operatorlari uchun yangi daromad manbaiga aylanadi. 5G tarmoqlari joriy qilinganidan bir yil o'tgach, yangi aloqa standarti tobora kengayib borayotgan sohalarda qo'llanilib kelinmoqda. Ko'pgina tarmoq ilovalari tijoratlashtirilib, keng miqyosda nusxalashtirilishi mumkin. Aloqa operatorlari vertikal tarmoqlarda 5G dan qo’llanish imkoniyatlarini ham o'rganmoqdalar.

Ma'lumotlar tezligi haqida ko'proq qayg'uradigan odatiy iste'molchilardan farqli ravishda tarmoq mijozlari ehtiyojlari ancha keng bo’ladi, shuning uchun ham operatorlar yangi imkoniyatlarni rivojlantirish orqali tarmoq qiymatini maksimal darajada oshirishlari nihoyatda muhimdir. Mazkur xilma-xil ehtiyojlarni qondirish uchun telekommunikatsiya sohasi tarmoqning asosiy tarmoq imkoniyatlarini, yuqori darajada ishonchli tarmoq xizmatlarini va 5G tarmoq ilovalari uchun zarur bo'lgan moslashuvchan tarmoq yechimlarini taqdim etishi kerak. Telekommunikatsiya sohasi, shuningdek, rejalashtirish, tarmoqlarni barpo etish, texnik xizmat ko'rsatish, ularni optimallashtirishdan tortib toki ularni ishga tushirish, qo’llashga qadar bo’lgan faoliyatni doimiy ravishda takomillashtirib borishi talab etiladi. Bu sanoat dasturiy ilovalarini joylashtirishga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirishga yordam beradi.

Janob Din qayd etishicha, 5G sanoat dasturiy ilovalarini ishlab chiqish operatorlarning mas’uliyati bo’libgina qolmay, balki butun boshli sanoatning vazifasidir. Ushbu ishlanma ustidagi faoliyat faqat telekommunikatsiya texnologiyalarining boshqa tarmoqlar bilan birlashtirilgan taqdiridagina tezlashtirilishi mumkin. Yaqinda yakunlangan “16 3GPP” versiyasida joylashuvni aniqlash va radiointerfeysning ultra past kechiktirilishi kabi radioeshittirish xizmatlari, 5G funktsiyalari uchun takomillashtirilgan standart qo'shildi. Kelgusi mahsulotlarda, jumladan 17-nashrda sanoatning qo'shimcha ehtiyojlari tatbiq etiladi.

Chiqishining so’ngida, janob Din keyingi o'n yillik 5Gning oltin davri bo'lishini e’lon qilib, butun sanoat 5G muvaffaqiyatiga ishonishi kerakligini, iste'molchilar uchun ilg’or tarmoqlarni yaratish va sanoat mijozlari uchun yangi imkoniyatlar ochish talab etilishiga alohida urg’u berib o’tdi. Aynan bunday yondashuv 5Gning oltin o'n yilligida simsiz tarmoqlarning samaradorligini maksimal darajada oshira oladi.

MBBF 2020 haqida

2020 yilgi Keng polosali uyali aloqa Xalqaro forumida “Huawei” kompaniyasi global sanoat tendentsiyalari haqidagi qarashlari bilan o'rtoqlashib, bu yerda butun dunyodan to’plangan aloqa operatorlari, regulyatorlar, sheriklari va OAV tahlilchilari bilan dolzarb mavzularni muhokama qildi. Bu ularga 5G va Sun’iy intellektdek innovatsion axborot-kommunikatsiya texnologiyalari turli sanoat korxonalari va butun jamiyat uchun qanchalik dolzarb bo'lishi mumkinligini tushunib yetishiga imkon berdi. Batafsil: https://www.huawei.com/minisite/mbbf2020/en/.