Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil
2020-yil tahlilchilari Butunjahon sammiti doirasida Huawei kompaniyasi intellektual IP-tarmoqlarining uchta asosiy farqini belgilab berdi: eng yuqori o‘tkazish qobiliyati, intellektual o‘zaro ta‘sir va avtonom boshqaruv. Shuningdek, Huawei kompaniyasi turli sohalarda ma’lumotlarni IP-tarmoqlari orqali intellektual uzatishning yangi davri kirib kelganligidan dalolat beruvchi intellektual IP-tarmoqlarni muvaffaqiyatli kengaytirishning qator tarixi bilan o‘rtoqlashdi.
5G, bulutli hisoblash va sun’iy intellect (SI) texnologiyalari raqamli transformatsiya doirasida sanoatning turli tarmoqlarga keng ko‘lamda va shiddatli ravishda kirib kelar ekan, korxonalar texnologiyalarning yangi avlodiga xos muammolarga dush kelmoqda. Yuz millardlab ishlab chiqarish va ofis terminallari o‘zaro ta‘sirini ta‘minlash, korporativ servislarning bulutli muhitga migratsiyasini amalga oshirish va SIdan foydalanish darajasini 97 foizga olib chiqish zarur. Raqamli transformatsiyaning muhim komponenti hisoblangan IP-tarmoqlarni kengaytirishda ham o‘tkazish qobiliyatining yetarli emasligi, o‘zaro ta’sir sifatining yomonligi, ekspluatatsiya, texnik xizmat ko‘rsatish va buzilishlarni tuzatish samaradorligining pastligi tufayli ko‘plab muammolar vujudga keladi. Intellektual IP-tarmoqlar – shunga o‘xshash muammolarning yechimidir. Huawei kompaniyasi qanday tarmoqni intellektual IP-tarmoq deb atash mumkinligi haqidagi savolga o‘z tashabbusi bilan aniq va lo‘nda javob berishga qaror qildi. Bunday tarmoqning uchta asosiy xususiyati belgilab chiqildi.
Kevin Xu, Huawei kompaniyasi ma’lumotlarini uzatish uchun mahsulotlar lineykasi prezidenti, jumladan shunday dedi: «2020-yil — intellektual IP-tarmoqlaridan tijoriy foydalanishning birinchi yili. Butun soha Butunjahon O‘rgimchak To‘ridan IP protokollari asosida 5G va bulutli hisoblashlar davri uchun mo‘ljallangan intellektual IP-tarmoqlarini yaratish yo‘lida ishonch bilan qadam tashlayotgan yagona IP-infrastrukturali Internetga tarixiy o‘tishning guvohi bo‘ldi. Huawei kompaniyasi avvalgidek bizning mijozlar uchun parron intellektual IP-tarmoqlarini yaratishga ko‘maklashuvchi innovatsiyalarni kiritishni hamda eng yuqori o‘tkazish qobiliyati, intellektual o‘zaro ta’sir va avtonom boshqaruvni ta’minlaydigan texnologiyalarni ishlab chiqishga faol investitsiyalar kiritishni ko‘zda tutadi».
Kelajak uchun mo‘ljallangan IP-tarmoqlarni innovatsion intellektual hal qilishda Huawei kompaniyasi tomonidan yuqorida qayd etilgan uchta asosiy xususiyatning barchasi amalga oshirilgan. U o‘zida qo‘llash variantlarining keng spektri, masalan, kampusli tarmoqlar, SOD tarmoqlari va global hisoblash tarmoqlari (WAN)ni qamrab oladi.
Bu ko‘p funksiayli yechim yuqori sifatli kampusli tarmoqlarni qurish uchun juda ham mos keladi. Unda har bir foydalanuvchiga 1,6 Gbit/s (sohadagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 20 % ga katta) uzatish tezligini ta’minlab beruvchi unikal adaptiv antennalar 16T16R bilan jihozlangan, sohadagi yetakchi ulanish nuqtasi Huawei AirEngine Wi-Fi 6 dan foydalaniladi. Huawei AirEngine Wi-Fi’ning yana bitta farqli tomoni — radiokanalni SI asosida intellektual sozlash. Buning natijasida terminallardan pastga ketuvchi kanallarning o‘rtacha tezligi 50 % dan ziyodroq oshadi. Yechimda, shuningdek, ekspluatatsiya va texnik xizmat ko‘rsatishning SI-tizimi amalga oshirilgan bo‘lib, bu ta’mirlashga ketgan o‘rtacha vaqtni 4 soatdan 10 minutga qisqartiradi. Bunday imkoniyatlar foydalanuvchilar bilan o‘zaro ta’sirni tubdan yaxshilaydi va har xil ssenariylar uchun istiqbolli, to‘liq simsiz intellektual kampusli tarmoqlarning yaratilishiga olib keladi. Bunga misol tariqasida 194 ming nafar xodim mehnat qiladigan Huawei’ning ulkan kampusli tarmog‘ini, shuningdek, Germaniyadagi Amazon platformasida uy uchun tovarlarning eng kata sotuvchisi hisoblanmish SONGMICS kompaniyasining raqamli omborlar tarmog‘ini keltirish mumkin.
Bu yechim, shuningdek, SOD tarmoqlarida ham yaxshi naf beradi. Huawei kompaniyasining iLossless innovatsion algoritmlaridan foydalanish Ethernet tarmoqlarida paketlarning nol yo‘qolishini ta’minlaydi, bu esa soha bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlarga nisbatan hisoblash unumdorligini 27 % ga va ma’lumotlarni saqlash samaradorligini 30 % ga oshiradi. Ekspluatatsiya va xizmat ko‘rsatishning SI-tizimi tufayli tipik buzilishni tuzatishga bor-yo‘g‘i 9 minut vaqt ketadi: aniqlash — 1 minut, jokalizatsiya — 3 minut, tuzatish — 5 minut. Ishning bunday yuqori ko‘rsatkichlari 40 dan ziyod Internet xizmatlarini yetkazib beruvchilarni hamda China Merchants Bank, China CITIC Bank va «Xitoy Xalq sug‘urta kompaniyasi» (PICC) kabi moliya sohasi mijozlarini o‘ziga jalb etdi.
Huawei AirEngine Wi-Fi nafaqat kampusli tarmoq va SOD tarmoqlarida, shuningdek, FlexE protokoli bazasida tarmoqni segmentatsiyalashning ilg‘or texnologiyalaridan foydalanuvchi WAN tarmoqlarida ham qo‘llaniladi. Bu chastota yo‘li kengligiga 100 foiz kafolatni va soha bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan 5 barobar katta tarmoq resurslari “narezkasi” darajasini ta’minlaydi. Bundan tashqari, bu ko‘p funksiyali yechim asosiy servislar uchun kechikishning fiksatsiyalangan vaqtini ta’minlash barobarida servisning muddaosi asosida optimal marshrutni tanlash uchun IPv6 + protokolidan foydalanadi. Ta’kidlash joizki, Huawei AirEngine Wi-Fi yechimi asosiy servislar ma’lumotlarini sifatli uzatishni ta’minlaydi va China Mobile (elektr ta’minoti intellektual tarmog‘i), Agricultural Bank of China qishloq xo‘jalik banki va Pekindagi China Unicom bo‘limi (Pekindagi Dasin xalqaro aeroporti uchun xizmatlar) kabi kompaniyalarning turli ssenariylarida keng qo‘llaniladi.
IP-tarmoqlar sohasidagi 20 yillik tajribasiga tayangan holda, Huawei kompaniyasi IP-tarmoqlar uchun yuqori raqobatbardoshli mahsulot va yechimlarni yaratishni, shuningdek, 100 dan ziyod mamlakat va mintaqalarga moliya, davlat boshqaruvi, transport va energetika sohalarida operatorlar va mijozlar uchun uzliksiz, to‘xtovsiz xizmatlarni taqdim etishni davom ettiradi. Huawei kompaniyasi kelajakda ko‘p sonli mijozlar bilan tig‘iz o‘zaro ta’sir orqali ma’lumot uzatish uchun mahsulotlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Kun tartibidan soha korxonalariga raqamli transformatsiya yo‘lida harakatlanishga ko‘maklashuvchi innovatsion ishlanmalar va yaxshilangan xizmat ko‘rsatish servislari joy olgan. Bu Huawei’ga «5G + bulut +SI» davri kirib kelishini tezlashtirishga hamda intellektual IP-tarmoqlarini qurish sohasida yetakchi pozitsiyani saqlab qolishga yordam beradi.