“Huawei” va “Sunline” birgalikda “Digital Loan One Box” kontaktsiz platformasini ishga tushirmoqda

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

“Huawei” va “Sunline” birgalikda “Digital Loan One Box” kontaktsiz platformasini ishga tushirmoqda

2020.11.18

HUAWEI CONNECT 2020 anjumanida “Sunline” va “Huawei” hamkorlikda moliyaviy xizmatlarning global kontaktsiz platformasi - “Digital Loan One Box” majmuini taqdim etdilar. Platforma moliyaviy xizmatlardan erkin foydalanishni ta’minlash kechiktirib bo’lmaydigan zaruriyatga aylanishga ulgurgan ko'plab mamlakat va mintaqalarda, jumladan Janubiy-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq, Lotin Amerikasi va Afrikada joylashtiriladi.  

“Digital Credit One Box” majmui - bu moliyaviy institutlarga kontaktsiz xizmatlarning keng ko'lamini, jumladan, onlayn kreditlash kampaniyalari, mijozlarni elektron identifikatsiyalash, tavakkalchiliklarni baholash, pul mablag'lari berilishi hamda berilgan kreditlar holati yuzasidan ma'lumotlarni qayta ishlash imkoniyatini taqdim etuvchi ochiq strategiya. Ushbu kompleks moliyaviy institutlar va ularning mijozlari tomonidan raqamli moliyaviy xizmatlarga bo'lgan dolzarb ehtiyojni qondiradi. Ko'plab mamlakatlar kurash olib borishda davom etayotgan pandemiya sharoitida ushbu ehtiyoj yanada keskinlashmoqda.

Milliy iqtisodiyotning asoslarini tashkil etgan moliyaviy institutlar, ayniqsa, hozirgi sharoitda kontaktsiz, raqamli va interaktiv moliyaviy xizmatlarga muhtoj. Biroq, transmilliy banklar raqamli texnologiyalarga o’tish jarayonida shunga o'xshash qator muammolarga, xususan, eskirgan tizimlar bilan bog’liq kattadan-katta xarajatlar va xatarlar, cheklangan byudjet va raqamli islohotlarga tikilgan mablag’lar rentabelligining noaniqligi, ochiq tadbirkorlik va texnologik tajribaning yetishmasligi, uzluksiz kuchayib borayotgan raqobat, pandemiya natijasida kontaktsiz xizmat va h.k.larga talabning o'sishi kabilarga duch kelmoqda.

Kontaktsiz moliyalashtirish banklar va mijozlar o'rtasida bevosita jismoniy aloqani talab qilmaydigan xizmatlarga taaluqlidir. Taqdim etilgan kompleks ulanadigan kengaytmalar, o'rnatilgan biznes operatsiyalar va tayyor funktsionallar orqali amalga oshiriladigan xizmatlarni ko'p kanallar orqali qo'llaydi.

“Digital Loan One Box” platformasi “Huawei FusionCube” ultra konvergent infratuzilmasi negizida o'rnatilgan bo'lib, 2020 yilda “Sunline” tomonidan taqdim etilgan “EDSP” korporativ darajadagi mikroservisli bank arxitekturasiga ega. Platforma ham tijoriy va hamda tizimli talablar asosida tezkor gorizontal keng ko’lamda tarqatilish imkoniyatini ko’zda tutadi.  Qolaversa, u moliyaviy institutlarning yangi ishlanmalarda doimo o'zgarib turadigan ehtiyojlarini qondirish uchun “DevOps” vositalarini uzluksiz tarqatib turishni ta'minlaydi. Kontaktsiz bank xizmatlari foydalanuvchilar uchun soddalikni, shuningdek tezkorlik va professionalizmni saqlab qolgan holda bank xizmatlarining qulayligini sezilarli darajada yaxshilaydi, bu esa mijozlarning qoniqish darajasi ko’rsatkichlarini, ularni ushlab qolish va bankka bo’lgan sodiqligini oshirishga olib keladi. Moliyaviy ekotizim doirasidagi xizmatlarning o'zaro bog'liqligi moliyaviy institutlarning bozordagi ulushini va obro'sini oshirishga xizmat qiladi. Taklif etilayotgan platforma, shuningdek ularning investitsiya borasidagi tilaklariga javob beradigan mulkning umumiy qiymati sohasida tejamkorligini ta’minlaydi.

“Digital Loan One Box” platformasi quyidagi yo’nalishlarda eng tezkor faoliyatni ta'minlaydi:

  • Hisob qaydnomasini masofadan turib ochish va real vaqt rejimida turli usullardan foydalangan holda biometrik autentifikatsiyadan o’tish (ko'p faktorli autentifikatsiya).
  • Kreditni tezkor ochish, uni tasdiqlash va onlayn rejimda pul mablag'larini taqdim etish (arizani ko'rib chiqish uchun 3 daqiqa, ma'qullash uchun 1 daqiqa va ikkinchi shaxs aralashuvining yo'qligi).
  • Real vaqt rejimida reklama aktsiyalari va marketing kampaniyalarini tayyorlash.
  • Berilgan kreditlar holati yuzasidan ma'lumotlarni qayta ishlash, kreditlar muddatlarini uzaytirish imkoniyatlarini tezkor
  • Real vaqtda hisob bo’yicha ma'lumotlarni yangilash va doimiy xizmat ko'rsatish.
  • Standart ochiq amaliy dasturlash interfeyslari orqali ekotizim sheriklari uchun tezkor kirish imkoniyati.
  • Ikki oy davomida ishga tushirilishni ta’minlovchi tezkor kengayish.

 

“Huawei” va “Sunline” birgalikda “Digital Loan One Box” kontaktsiz platformasini ishga tushirmoqda

"Davom etayotgan pandemiya vaziyatida moliyaviy institutlar uchun ushbu platformaning paydo bo'lishi ayniqsa o’z fursatida bo’ldi. U bunday davrda moliyaviy institutlar va ularning mijozlaridan kelib tushadigan kreditlash va qarz olishning samarali mexanizmlarga bo'lgan ehtiyojini qondirishi mumkin.  Ushbu sohada dunyo miqyosidagi sheriklarimiz bilan 2C dan 2B gacha bo'lgan global ekotizim va stsenariy yechimlarni ishlab chiqishda davom etamiz”, - dedi “Huawei” korporativ biznes-guruhining global moliyaviy xizmatlar bo’limi rahbari Jeyson Tsao. Mijozlar va tarmoqdagi sheriklarimiz bilan birgalikda 5G tarmoqlari bilan ishlashni boshlaymiz va beshta muhim texnik yo'nalish bo'yicha muvofiqlashtirish imkoniyatlaridan foydalanamiz, bular o’zaro aloqa vositalari, bulutli texnologiyalar, hisoblash vositalari, sun'iy intellekt va tarmoqning dasturiy ilovalari. Oxir-oqibat, biz moliyaviy sohada mijozlar uchun raqamli transformatsiyani yengillashtiruvchi stsenariyaviy intellektual yechimlar va texnologiyalarni taqdim etamiz”.

“Sunline” katta vitse-prezidenti Xongan Li quyidagilarni qo'shimcha qildi: “Sunline” bank sektori uchun transmilliy AT-xizmatlarini ko'rsatishda ixtisoslashgan kompaniyadir. Innovatsion salohiyatimizni doimo yuqori darajada saqlab turish orqali biz moliyaviy va texnologik sohada yetakchilar qatoriga kiramiz va zamonaviy hayotni shakllantiruvchi aloqalarni kengaytirmoqdamiz. COVID-19 pandemiyasi davrida biz butun dunyo bo'ylab texnologik innovatsiyalar, raqamli xizmatlar va ochiq moliyaviy xizmatlarga bo'lgan o’tkir ehtiyoj borligini aniqlab oldik. Shu munosabat bilan “Sunline” va “Huawei” hozirda “Digital Loan One Box” platformasini ishga tushirmoqda. Ushbu platforma moliyaviy institutlar va mijozlarga, ayniqsa texnologik imkoniyatlari mavjud bo'lmaganlarga mo'ljallangan bo’lib, uning asosida “Sunline” tomonidan bank muassasalari uchun ishlab chiqilgan korporativ darajadagi mikroservis arxitekturasi yotadi. Ushbu dinamik platforma yuqori moslashuvchanlik, yengil darajali bog'liqlik, yuqori samaradorlik va taqsimlangan kengayish kabilar bilan ajralib turadi. U har qanday o'lchamdagi moliyaviy institutlarning tijoriy va tizimli talablar asosida dinamik gorizontal kengayishi talablariga javob beradi. Maqsadimiz – mazkur favqulodda davrda amaliy qo’llanilishi mumkin bo’lgan va foyda keltira oladigan kompleks yechimni ta’minlashdan iborat”.

“Huawei” va uning sheriklari moliyaviy institutlarga katta hajmdagi ma'lumotlar va axborot taqdim etish bo’yicha shaffof bank xizmatlaridan foydalangan holda biznesni rivojlantirish bo'yicha innovatsion g'oyalarni joriy etish, yangi raqamli cho’qqilarga erishishda yordam bermoqda, shu tariqa to’laqonli o’zaro aloqa va xizmatlarni taqdim etishning yuqori darajali tezkorligiga erishmoqdalar. Bugungi kunda “Huawei” dunyodagi 5400 dan ortiq kompleks yechimlar provayderlari va subpudratchilari bilan hamkorlik qilib, 60 ta mamlakat va mintaqalarda 1600 dan ortiq moliyaviy soha mijozlariga yordam qo’lini cho’zmoqda. O’zaro harakatlar natijasida kengaytirilgan ekotizimni yaratishga muvaffaq bo’ldik. 

“Sunline” – moliyaviy-texnologik tarmoqda kompleks yechimlarni ilg’or yetkazib beruvchilaridan biri bo’lib, kompaniya moliyaviy xizmatlar sohasidagi inqilobni qo'llash va mazkur sanoat rivojini rag’batlantirish uchun uzluksiz ravishda o'z texnologiyalarini takomillashtirib bormoqda. Bugungi kunga kelib, “Sunline” 800 dan ortiq xalqaro moliyaviy institutlarga ish faoliyatini asosiy yo’nalishini, moliyaviy internet-operatsiyalarni, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va boshqaruv xizmatlarini o’z ichiga oluvchi moliyaviy toifadagi kompleks Internet-yechimlarni taqdim etdi.

Xitoyda moliyaviy texnologiyalar provayderlaridan biri sifatida “Sunline” 2016 yildan buyon Singapur, Malayziya, Tailand, Indoneziya va Gonkongning maxsus ma’muriy hududida filiallar va xizmat ko'rsatish ofislarini ochib kelmoqda. Kompaniya innovatsiyalarni joriy etish, sanoat bozorida yetakchilik qilish va mahsulotlarning yuqori samaradorligi bilan bog’liq yutuqlari uchun e’tirofga ega bo’ldi. “Forrester” tadqiqot kompaniyasi tomonidan 2019 yil o'tkazilgan “Global Banking Platform Deals” so'rovi natijalariga ko'ra kompaniya Osiyo-Tinch okeani mintaqasida bank platformalari provayderlarining birinchi uchtaligiga kiradi. “Sunline” bu yil “Global Brands” jurnali tomonidan Osiyodagi 2020 yilgi eng innovatsion moliyaviy-texnologik kompaniya deb topildi. Qolaversa, u 2020 yil “IDC China FinTech 50” ro'yxatiga ham kirdi.

HUAWEI CONNECT 2020 bu “Huawei”ning global AKT sohasi uchun har yili o’tkazadigan asosiy tadbiridir. Mazkur yil u Shanxayda 23-26 sentyabr kunlari bo'lib o'tdi. HUAWEI CONNECT - bu mijoz va sheriklarimizga joriy o'zgarishlar davrida to’g’ri yo’nalishni aniqlab olishlarida yordam berishga mo'ljallangan ochiq platforma. Bu yerda biz yangi qadriyatlarni yaratish uchun tajriba almashish va birgalikda faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo’lamiz.  

Bu yilgi tadbirda AKT sohasidagi turli xil manfaatdor shaxslar, jumladan obro’li ekspertlar, biznes doiralari vakillari, texnik mutaxassislar, yetakchi korxonalar, ekotizim bo’yicha sheriklarimiz, amaliy xizmat ko'rsatuvchi provayderlar va dastur ishlab chiquvchilari sanoatning raqamli texnologiyalarga ot’kazilishi bilan bog’liq joriy tendentsiyalar va imkoniyatlar borasidagi fikr-mulohazalari bilan o’rtoqlashdilar. Qolaversa, tadbirda ishtirokchilarni qo'shma innovatsion faoliyatimiz natijalari bilan tanishtirish maqsadida, AKT sohasidagi qator ilg'or texnologiya, mahsulot va yechimlar namoyish qilindi.

Istiqboldagi maqsadimiz barcha manfaatdor tomonlarga foyda keltiradigan va barcha sohalar uchun yangi qadriyatlar yaratadigan ochiq va ishonchli sanoat ekotizimini yaratishdir. Qo'shimcha ma'lumotlarni quyidagi saytda o’rganish mumkin: www.huawei.com/en/events/huaweiconnect2020/