“Huawei” korporativ mijozlar uchun aloqaning intellektual vositalari imkoniyatlarini oshiruvchi ADN yechimini ishga tushirmoqda

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

“Huawei” korporativ mijozlar uchun aloqaning intellektual vositalari imkoniyatlarini oshiruvchi ADN yechimini ishga tushirmoqda

2020.11.16

“Huawei” kompaniyasi HUAWEI CONNECT 2020 anjumanida korporativ bozor uchun “Autonomous Driving Network” (avtonom boshqaruv tarmog'i) (ADN) yechimini rasman ishga tushirdi. Ushbu yechim tarmoqda intellektual o’zaro aloqa yuritish hamda sun'iy intellekt imkoniyatlarini tarmoq elementi (NE), tarmoq va bulutli qatlamlar bo'ylab to'liq birlashtirish uchun mo'ljallangan. Shu tariqa, mazkur yechim korporativ tarmoqlarni avtonom boshqaruv davriga olib keladi va turli sohalarda giperavtomatlashtirilgan raqamli xizmatlar va operatsiyalar imkoniyatlarini kengaytiradi.  

Narsalar Interneti (IoT) va 5G tomonidan taqdim etilgan yangi avlod mobil Internet texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni joriy etishni hisobga olgan holda atrofimizdagi barcha narsalar bir-biriga bog'liq, his etiluvchi va intellektga ega bo'lgan intellektual dunyoning bir qismiga aylanib boryapmiz. Shunday qilib, korporativ tarmoqlar ofisdan tortib ishlab chiqarish sanoatiga qadar kengayadi, statik konfiguratsiyadan talab bo'yicha tuzatishlarga o'tadi va yagona domenni boshqarishdan butun tarmoq bo’ylab o’zaro hamkorlikka aylanadi. Qolaversa, tarmoq chegaralari kengayib borib, tarmoq sifatining atributlari ko'payib, tarmoq operatsiyalari va texnik xizmat ko'rsatish sifat jihatidan o'zgarib borishini kuzatmoqdamiz.

“Huawei” kompaniyasining 2025 yil Global industriya yuzasidan fikr-mulohaza, nazariga (GIV) ko'ra, 2025 yilgacha yirik korxonalarning 97 foizi sun'iy intellektdan qo’llanilishga o’tadi. Sun’iy intellekt imkoniyatlarini birlashtirgan korporativ tarmoqlari yuqori darajadagi avtomatizatsiya va intellekt yordamida avtonom boshqaruvga erishib, qo'lda ishlatishdan nihoyat voz kechish va qo’llanilish jarayonining samaradorligini cheklab o’tishga qodirdir. ADNning yakuniy konfiguratsiyasidan so'ng, raqamli xizmatlar sohasida innovatsiyalar va korxonalar uchun tezkor, moslashuvchan operatsiyalarga asos soladi.

“Huawei” bosh direktori Devid Van (chapda) va “Huawei”ning umumiy taraqqiyot departamenti prezidenti Lu Xuntzyu (o'ngda) birgalikda ADN yechimini ishga tushirmoqda

Lu Xuntzyu shunday izoh berdi: "Huawei” ulanish va ADNda sun’iy intellektni tamomila tatbiq etishni rejalashtirmoqda va shu tariqa tarmoqlar oddiy avtomatlashtirishdan inson-mashina hamkorligi orqali giperavtomatlashtirishga o'tishga imkon yaratadi. Biz uch yil ichida shartli avtonom tarmoqlarning 3-darajasiga, besh yil davomida yuqori darajadagi avtonom tarmoqlarning 4-darajasiga va yeti-o’n yil davomida tamomila avtonom bo’lgan tarmoqlarning 5-darajasiga chiqishni rejalashtirmoqdamiz”.

Sun’iy intellektning uch qatlamli imkoniyatlarini to'liq birlashtirib, “ADN Huawei” mustaqil rivojlantirishga qodir bo'lgan o'zini o'zi tashkil etuvchi, o'zini o'zi tiklaydigan va o'zini o'zi optimallashtiradigan avtonom tarmoqni shakllantirishni maqsad qilib qo'ygan. Ushbu kelajak tarmog’i korporativ raqamli xizmatlarning tezkor, moslashuvchan innovatsiyalarini tezlashtiradi, mijozlarga xizmat ko'rsatish bo'yicha tengsiz tajribani taqdim etadi va korporativ tarmoqlarning ekspluatatsiya qilinishi va texnik xizmat ko’rsatish intellektual imkoniyatlarini tatbiq etadi.

  • Tarmoq elementi+Sun’iy intellekt: Raqamli intellektual tarmoq elementlarni yaratish uchun sun’iy intellekt mazkur elementlarga kiritilmoqda. Shu tariqa, har bir tarmoq elementi va butun tarmoq aniq tahlil qilish, qayta ishlash va xulosa chiqarish vazifalari bilan yuklangan bo’ladi.
  • Tarmoq+ Sun’iy intellekt: Sun’iy intellekt tarmoqni boshqarish tizimini (NMS) qayta ko'rib chiqish uchun foydalanilmoqda. Boshqarishning intellektual tizimi va nazorat qilish yordamida tarmoqning raqamli egizagini yaratish orqali tarmoq dinamik ravishda ham, yopiq tsiklda ham boshqarish mumkin. Asosiy imkoniyatlarga avtomatik joylashtirish, hodisalarni oldindan modellashtirish, hodisadan keyingi tekshirish, profilaktika o’tkazish va prognozlashtirish hamda oldindan optimallashtirish kiradi.
  • Bulutli yechimlar+Sun’iy intellekt: Bulutda o'quv xizmatlari va tarmoq sun'iy intellekti modellari taqdim etiladi. Avtonom boshqarish imkoniyatlarini oshirish uchun qurilmalar va tarmoqlardagi sun'iy intellekt modeli hamda dasturiy tizimlari doimiy ravishda yangilanib boriladi. Natijada, tarmoqdan qanchalik ko'p foydalansak, u shunchalik aqlli bo'lib bora

“ADN Huawei” - bu intellektual kampus, IP WAN, optik transport va ma'lumotlarni qayta ishlash markazining tarmoq qurilmalaridan iborat keng qamrovli yechim; “iMaster NCE” va “iMaster MAE” (menejment, monitoring va tahlilni birlashtirgan tarmoqlarni boshqarish va nazorat qilishning intellektual tizimlari); bulutli xizmatning ikkita asosiy mahsuloti (sun’iy intellekt tarmoq xizmati va bulutli tarmoq xizmati). Ushbu yechim barcha stsenariylar, to'liq seriyali tizim arxitekturasi, ekspluatatsiya va texnik xizmat ko’rsatish modellari hamda biznesdagi tajribasi bo'yicha keng qamrovli innovatsiyalar bilan farq qiladi.

Keyingi o'n yilda intellekt oltin davri bo'lishi kutilmoqda. “ADN Huawei” barcha o'lchamdagi korxonalarga avtonom boshqaruv davriga muammosiz o'tishga imkon beradi, natijada intellektual aloqa vositalari yanada jamoatchilikning keng qo’llanilishi uchun ochiq bo’la oladi. Intellektual ulanish imkoniyatlarini kengaytirish orqali “Huawei” sanoatning barcha tarmoqlarida barcha manfaatdor tomonlar bilan birgalikda yangi yutuqlarni kengaytirish va yangi qadriyatlarni yaratish uchun ishlashni davom ettiradi.