Huawei uchinchi avlod Intel® Xeon® Scalable protsessori asosida FusionServer Pro V6 intellektual serverini ishga tushirmoqda
Shenjen, Xitoy, 30 iyun 2020 yil – Bugun “Huawei”ning hisoblash tizimidagi mahsulotlari qatoriga yangi qurilma qo'shildi. Kompaniya yangi avlod FusionServer Pro V6 intellektual serverini rasman taqdim etdi. Ushbu mahsulot kuchli hisoblash tizimlari uchun uchinchi avlod Intel® Xeon® Scalable protsessori asosida eng yangi texnologiyalarini qo’llaydi.

3-avlod Intel® Xeon® Scalable protsessori standart va maxsus konfiguratsiyalarda mavjud. FusionServer Pro 2488H V6, “Huawei”ning eng so'nggi 4-protsessorli serveri bo’lib, u turli xil kirish-chiqish qurilmalari, Intel® Optane™ 200 seriyasidagi doimiy xotiradan (PMem) iborat bo’lgan diskli konfiguratsiyalarni qo’llovchi yangi avlod Intel® protsessori bilan jihozlangan.
FusionServer Pro 2488H V6 intellektual serveri zamonaviy hisoblash vazifalari uchun, shuningdek yaqin kelajakda yirik hisoblash quvvatlarini talab etuvchi vazifalarni bajarish uchun eng optimal intellektual serverdir. U hisoblash tizimi va ma’lumotni saqlash uchun yanada mukammal va ishonchli arxitekturaga ega hamda intellektual boshqarish va prognozlash funktsiyalari bilan tarmoqning umumiy faoliyati va texnik xizmatini soddalashtiradi. Arxitekturaning asosiy xususiyatlari:
- Uchinchi avlod Intel® Xeon® Scalable to’rtta protsessorining maksimal quvvat iste'moli 250 W ga teng. Intel® Deep Learning Boost (DL Boost) texnologiyasi bfloat 16 (BF16) ma'lumotlar turini qo'llab-quvvatlaydi, bu esa uchinchi avlod Intel® Xeon® Scalable protsessoridan foydalanganda o'rganish samaradorligini 93%ga, mantiqiy chiqish samaradorligini esa oldingi moslama (FP32) bilan solishtirganda 90% ga oshiradi.
- FusionServer Pro 2488H V6 serveri Intel® Optane ™ PMM texnologiyasiga ega, xotirasi 18 TB gacha bo’lgan moslamani qo'llab-quvvatlaydi. Bu tezkor xotira (RAM) hajmini oshirish, unda hisoblashning ishonchliligi va tezligini oshirish hamda virtualizatsiya stsenariylari doirasida uni virtual mashinalar uchun qo’llashning qo'shimcha imkoniyatlarini amalga oshirishga imkon beradi.
- SAS, SATA va NVMe xotira to’plagichlarini (SSD) katta zichlik va unumdorlikka ega ko’p pog’onali ma’lumotlarni saqlash omborlarini yaratish uchun birlashtirish mumkin.
- Qaynoq almashtirish funktsiyasiga ega OCP 3.0 tarmoq kartalari turli xil dasturlarni qo'llab-quvvatlaydi.
- Wi-Fi hamda USB Type-C boshqaruv porti tufayli mobil terminallarni boshqarish, joylarda ekspluatatsiya va texnik xizmat ko'rsatish samaradorligini yanada oshiradi.
- Grafik protsessorlarning keng spektri asosida tezlatgichlarni (GPUl) qo’llash sun’iy intellekt asosidagi tahlil o’tkazish, xulosa yasash va o'rganish imkoniyatlarini kengaytiradi.
- Shaxsiy ishlanmadagi nosozliklar diagnostikasi va ularni boshqarish texnologiyasi - Fault Diagnosis & Management (FDM) - mavjud nosozlikni 93%li aniqlik bilan yuzaga kelishidan 7-30 kun oldin prognozlash imkonini beradi, patentlangan “Dynamic Energy Management Technology” (DEMT) texnologiyasidan foydalanish esa bitta serverning quvvat sarfini uning unumdorligiga ta’sir etmagan holda 15 %ga kamaytiradi.
- Qurilmaning dasturiy ta’minot umrini boshqarish dasturi - FusionDirector –hamda uning ekspluatatsiyasini boshqarish va texnik xizmat intellektual platformasi - AIOps - operatsion xarajatlarni 15% ga kamaytirishga va ko'plab ma'lumotlar markazlarini boshqarish vazifalarini soddalashtirishga imkon yaratadi.
“Huawei”ning yangi avlod serverlari korxona mijozlarining xilma-xil ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqilgan bo'lib, ular energiya samaradorligini oshirish va xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi. 6-avlod “Huawei” serverlari raqamli asrda o’ta muhim yechim bo'lib, ekspluatatsiya va texnik xizmat xarajatlarini kamaytirgan holda intellektual boshqaruv va yuqori energiya samaradorligini ta'minlaydi.
2019 yilda chop etilgan global serverlar bozorining tahlili asosidagi Gartner hisoboti “Huawei” ushbu sohada o'z mavqeini qat'iy ravishda mustahkamlayotganligini tasdiqladi. O'tgan yilda “Huawei”ning 4-protsessorli tirgak serverlarini yetkazib berish hajmi 670 000 donani tashkil etdi, kompaniya dunyo bozorida yillik hisob-kitobda 14,73 %li o’sish bilan uchinchi o'rinni egalladi. Xususan, “Huawei”ning 4-protsessorli tirgak serveri 2019 yilda eng ko'p sotiladigan serverga aylandi.

“Huawei Computing” yangi server bo'linmasi uchun 2019 yil muvaffaqiyatli yil bo'ldi, buni “Huawei”ning 4-protsessorli serverlarining global bozorda qozongan zafarlari ochiq namoyon etdi. Kompaniyaning yuqori tijoriy ahamiyatga ega yechimlarda tanlangan yo'nalishning yuqori sifat standartlariga yo'naltirish, texnologiya va hisoblash arxitekturasida innovatsiyalarni qo'llash, ekspluatatsiyaning intellektual funktsiyalari va texnik xizmatlarni faol qo'llash to’g’ri ekanligini tasdiqladi. “Huawei”ning FusionServer SPDT prezidenti Kennet Jang ushbu muvaffaqiyatli natija yuzasidan shunday izoh berdi: "Yangi avlod FusionServer Pro V6 intellektual serveri “Intel” va “Huawei” kompaniyalarining muvaffaqiyatli hamkorligida yangi bosqichini belgiladi".
Shuningdek, u bunday muvaffaqiyat strategik sarmoyalar va sheriklik aloqalarining natijasi ekanligini ta'kidladi. "Har yili ko'plab yangi korxonalar tobora murakkab yuklamalarga tayyor bo'lishlari, yangi sharoitlarda ishlashlari uchun yangi raqamli platformaga o'tmoqdalar. Buning uchun zarur ma'lumotlarni taqdim etuvchi va bu jarayonni tezlashtirishni ta'minlaydigan samarali va intellektual hisoblash tizimlari va xizmatlari, ommaviy xizmatni yangi bosqichga olib chiqa oladigan ekspluatatsiya va texnik xizmatning intellektual funktsiyalariga ega uskunalar kerak bo’ladi. "Ushbu maqsadda “Huawei” bir qator intellektual serverlarni ishlab chiqdi. “Huawei” – “Intel” kompaniyasining global strategik hamkori. Birgalikda biz ma'lumotlarni qayta ishlash intellektual markazi infratuzilmasi uchun innovatsion yechimlarni tatbiq etamiz. Biz doimiy ravishda o'z ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarimizga sarmoya kiritib kelyapmiz va “Intel” hamda boshqa ekotizim bo'yicha sheriklarimiz bilan faol hamkorlik yurityapmiz. Asosiy maqsadimiz butun dunyo bo'ylab mijozlarga bulutli texnologiyalarni, katta hajmdagi ma'lumotlar va sun'iy intellektni qo'llab-quvvatlaydigan hamda raqamli asrda biznesni intellektual isloh etishga yordam beradigan samarali va moslashuvchan hisoblash mahsulotlarini taqdim etishdan iborat”, - deya, qo’shimha qildi janob Jang.
"Huawei”ning FusionServer Pro 2488H V6 kabi uchinchi avlod Intel® Xeon® Scalable protsessoridagi serverlar ma'lumotlar tahlilini tezlashtiradi va ko'plab o’ta muhim raqamli xizmatlar uchun asos bo’lib qoladi, - deydi “Intel”ning “Xeon and Memory Group” guruhi korporativ vitse-prezidenti va bosh direktori Lisa Spelman. - Yuqori unumdorligi, sun’iy intellekt uchun o'rnatilgan tezlatgichi va katta hajmli xotira hajmiga ega bo’lishi tufayli ushbu yangi platformalar ma'lumotlarga ishlov berish, ularni tahlil qilish sohasida eng murakkab vazifalarni osonlikcha hal qila oladi".
* Intel, Intel logotipi, Xeon va Optane - bu “Intel” korporatsiyasining yoki uning filiallarining savdo belgilaridir.