Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Har bir inson muqim simsiz ulanish texnologiyasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi shart

Ron NG

Ulanish imkoniyati – bu raqamli integratsiya uchun asosiy zamin bo‘lib, raqamli texnologiyalarning ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy afzalliklaridan foydalanishni ta’minlash yo‘lidagi omildir. Ammo 2019-yil iyun holatiga dunyo aholisining 60 % ga yetmagan qismigina Internetga ulangan, demak, bu borada qilinadigan ishlar hali yetarli emas.

 Ayrim odamlar va jamoalarning Internetga ulanishning cheklanganligi bilan bog‘liq qiyinchiliklari ular yashash tarzining hamma sohalari bo‘yicha sifat jihatidan sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Va bunday ta’sir kundan kunga kuchayib bormoqda. Masalan, Agar Internetga ulanmagan bo‘lsa, bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi e‘lonlardan xabardor bo‘lish, sog‘liqni saqlash sohasi bilan aloqada bo‘lish, moliyaviy yordam so‘rash, mustaqil bilim olish yoki davlat xizmatlaridan foydalanish juda qiyin kechadi. Bunday holat jamoa darajasida mahalliy iqtisodiy o‘sish yo‘liga g‘ov bo‘ladigan qashshoqlik “tuzog‘i”ni hosil qiladi.

“Aloqa uchun keng yo‘lli (polosali) kanal hamma uchun” dasturini amalga oshirish imkoniyatini yaratish – Huawei va uning sheriklari yechimi ustida zo‘r berib ishlayotgan masala hisoblanadi, ayniqsa, optik tolali kabelni yotqizishning imkoni yo‘q va iqtisodiy jihatdan samarasiz vaziyatlarda bu masalaning yechimi yanada mushkul. Lekin 4G и 5G platformalarida ishlab chiqilgan va fiksatsiyalangan (muqim) simsiz ulanish texnologiyalaridan foydalanuvchi WTTx tarmoqqa ulanish natijasida mavjud muammolarning aksariyatini hal qilish imkoni mavjud.

Arxipelagni birlashtirish

Abonent o‘rtacha daromadining ko‘rsatkichi hamda aholining zichligi past bo‘lgan chekka hududlarda operatorlar tomonidan optik tolani joriy qilinishi amalda hech qanday naf bermaydi, chunki optik tolani tortishdagi qiyin shart-sharoitlar, kiritilgan investitsiyalar o‘zini qoplashi uchun uzoq vaqt talab qilinishi hamda katta sarf-xarajatlar ishonarli iqtisodiy negiz bo‘la olmaydi.

Filippinda vaziyat shunday. 108 million aholining 73 % dan ziyodrog‘i o‘rtasida o‘zaro aloqa o‘rnatilgan bo‘lib, arxipelagning tabiiy geografiyasi aholining deyarli uchdan birini bunday imkoniyatdan foydalanish yo‘lida to‘siq bo‘lmoqda. «Filippin 7300 ta oroldan tashkil topgan, shu boisdan har bir orolga optik tolani tortib borish juda qiyin masala», – deya tan oladi GlobeTelecom Kompleks ravishda bosh rejalashtirishning boshlig‘i Ron Ng.

Aloqa o‘rnatish qamrab olinmagan Filippin aholisi qismi bilan yuz bergan bunday holatda keng yo‘lli ulanishning mavjud emasligi tarixiy jihatdan uchta sohaga qattik salbiy ta’sir ko‘rsatdi: ta’lim, moliya va kommunikatsiya tarmoqlari. Odatda, bunday vaziyatlarda ayollar, savodsizlar, keksalar va nogironlar ko‘proq jafo chekadilar. Aksariyat fuqarolar qaror qabul qilishda asosliroq hayotiy pozitsiyani shakllantirishga yordam beradigan mustaqil ta’lim olish va onlayn-kurslardan foydalanish, dunyoda yuz berayotgan yangiliklar bilan real vaqtda tanishib borish hamda mobil moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlaridan mahrum, ya’ni 65 foiz filippinliklar bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega emas. Smartfonlarning joriy etilish darajasi yuqori bo‘lishiga qaramasdan, aksariyat odamlar kam daromadli oilalar uchun o‘zgacha ahamiyatga ega mobil pullik xizmat ko‘rsatish imkoniyatlaridan bebahra qolmoqda.

 WTTxni joriy etish bilan Filippin operatori GlobeTelecom raqamli tengsizlikka o‘z ta‘sirini ko‘rsatmoqchi. Globe kompaniyasi AtHome simsiz keng yo‘lli aloqani yo‘lga qo‘yish uchun 2014-yilda WTTxni kengaytirishni boshlagan. Globe bazasidagi 65 foiz yoki 1,8 million abonentdan 1,2 millioni WTTx texnologiyasidan foydalanadi, telekommunikatsion kompaniya simsiz aloqa uchun juda ham mustahkam poydevor yaratish bilan amaldagi bozor talabini qondira oldi: «Biz WTTx yo‘lidan boramiz», – deydi Ng. Telekommunikatsiya kompaniyasining erta ishga tushirilishi 5G texnologiyalarning keng tarqalishiga zamin yaratdi, bu esa “Globe”ga boshlang‘ich bosqichdayoq raqobatbatdoshlik ustuvorligini takomillashtirish imkonini berdi: «Iyun oyida biz Janubi-sharqiy Osiyoda 5G FWAni ishga tushirgan birinchi operator bo‘ldik, – deydi u. – Endi biz 50 Mbit va 100 Mbit tariflarni taklif etmoqdamiz».

Hayotga tezkor mobil Internetning kirib kelishi bilan biznes sohasida yangi imkoniyatlarning yaratilishi hamda internetning yuqori ish unumdorligi va samaradorligi natijasida 5Gning keng quloch otishi geografik joylashuv omilidan qat’iy nazar YIMning o‘sishiga katta yordam beradi.

Huaweining maxsus abonent qurilmasi (CPE) bilan bir qatorda Huawei tomonidan yaratilgan Massive MIMO antennalar tizimi Globe kompaniyasi 5G asoslarini yaratishi yo‘lida “WTTx”ni hal qilish uchun negiz bo‘ldi. 2019-yilning oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan keng yo‘lli mobil aloqaning Global anjumanida Huawei kompaniyasi o‘zining energiyaning yuqori samaradorligini ta’minlovchi hamda 5G xizmatlari uchun ko‘plab mamlakatlar tomonidan buyurtma tushgan diapazonning o‘rta chastotalarini keng ko‘lamda qamrab oluvchi  uchinchi avlod Massive MIMO yechimini taqdim etdi.

Globe tomonidan yaratilgan 5G FWA strategiyasining to‘rtta asosiy yo‘nalishi haqida Ng shunday deydi: «Biz asosiy diqqat-e’tiborni eng chetki hududlarni qamrab olishga, aloqani imkon qadar tezroq o‘rnatishga, optik tolani almashtirihsga va aqlli uylarni yaratishga qaratmoqdamiz». Bu maqsadga erishish yo‘lida, kompaniya arzon va tezkor keng yo‘lli uy aloqasini ta’minlash uchun DSL, optik tola, WTTx va 5Gni birlashtiruvchi kompleks rejali yondashuvni amalga oshirmoqda, Huawei kompaniyasining 5Gni qo‘llovchi modemli abonent qurilmasi esa optik tolalali kabellar uchun modem sifatida xizmat qiladi.

Istiqbolda keng ko‘lamli ishlar kutilayotganiga qaramasdan, ulanish imkoniyatlarining kengayishi va bunyod etilayotgan 5G tarmog‘i Internet tarmog‘iga ulanish bo‘yicha huquq va imkoniyatlarni kengaytirish borasida nisbatan teng sharoitlarni yaratish bilan birga, Filippin mamlakatidagi shundoq ham yuqori iqtisodiy ko‘rsatkichlar – 2017-yilda YIMning 6,7 % ga, 2018-yilda 6,2 % ga o‘sishi fonida mehnat unumdorligining yanada oshishiga olib keladi. 

Qishloq aholisini qamrab olish

Filippinda bo‘lgani kabi Shri-Lankada ham muqim simli aloqa xizmatlaridan o‘zib ketayotgan fiksatsiyalangan simsiz keng yo‘lli aloqadan foydalanuvchilar sonining oshish kuzatilmoqdaki, bunday tendensiya oldindan to‘lov tarif rejalari ustuvorlik qiluvchi rivojlanib kelayotgan iqtisodga ega mamlakatlar uchun xarakterlidir. Aholining 80 % i zichligi juda ham past qishloq aholi punktlarida yashovchi va 2013-yilda 2 foizigina Internetdan xabardor Shri-Lankaga keng yo‘lli aloqaning kirib kelishi bilan WTTx nisbatan qisqa muddat ichida har tomondan yakkalangan orol mamlakat – raqamli farq shahar va qishloqlar tutashgan joyda yaqqol namoyon bo‘lgan, aholisi iqtisodiy sinf va jinsga mansubligi belgilari bo‘yicha tubdan farq qiluvchi orol mamlakatga raqamli hayotni olib kiruvchi dvigatel vazifasini bajardi. Masalan, UNISEFning 2018-yildagi ma’ruzasida ta’kidlanishicha, 11–18 yoshdagi bolalar o‘rtasida 67,6 % o‘g‘il bola Internetga ulangani holda, qizlar 33,1 % nigina tashkil etgan.

Beshta operator keng yo‘lli mobil aloqa va fiksatsiyalangan keng yo‘lli aloqa bo‘yicha tannarx hamda ketgan chiqimni qoplash nuqtayi nazaridan samarasiz raqobat muhitini yaratganligi bois, Dialog operatori uy va biznesga keng yo‘lli aloqani taqdim etish uchun o‘zining mavjud tarmoqlari, chastota resurslari va qamrab olish zonalaridan unumli foydalanish hisobiga Huawei kompaniyasining 4G FWA texnologiyasidan o‘zib ketdi.

Kengayishni 2013-yilda boshlagan Dialog 800 000 nafar odamni raqamli vakuumdan chiqarish va ko‘plab sohalarda, jumladan, masofaviy ta’lim, tibbiy diagnostika, ayollarni ma’lumotli qilish hamda iqlimning o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish bilan keng yo‘lli aloqaning uy xo‘jaliklariga kirib borishini 26 foizga oshirdi. Mazkur texnologiya, shunigdek, qashshoqlikga qarshi kurashishning muhim quroli sifatida hamda moliya xizmatlariga ulanishni kengaytirish imkonini beruvchi Dialog kompaniyasining eZCash pul xizmatlarini ham qo‘llaydi.

FWA bilan biznesni yaxshilash

Internet tarmog‘iga ulanish darajasi 77 foizdan biroz yuqori bo‘lgan Trinidad va Tobago uchta operatorning fiksatsiyalangan keng yo‘lli aloqa abonentlari uchun ayovsiz kurashining guvohi bo‘ldi. «Trinidad va Tobagoning 2018–2022-yillarga mo‘ljallangan AKT Milliy rejasi»da ta’kidlanishicha, «Trinidad va Tobago orollari AKTga tayyorgarlikning turli bosqichlarini egallagan, ayniqsa bu infrastruktura, tarmoqqa ulanish, ko‘nikma va boshqalarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Tayyorgarlik darajasi hisobga olinadigan holda, Tobago AKTning kirib kelish jarayoni xiyla sust kechmoqda, bunday holat, ayniqsa, xususiy shaxlar va korxonalar orasida ko‘p kuzatilmoqda. Demak, AKT sohasidagi tashabbuslar Tobagoning konkret ehtiyojlariga moslashtirilishi lozim». 

Ammo fiksatsiyalangan simli aloqa texnologiyasini mazkur kontekst doirasida ko‘rib chiqish mumkin emas. Operatorlar nuqtayi nazaridan olib qaraganda, TSTT bir yilda o‘zining daromadini 21.4 % ga qisqartirgan va 18 oyda foydalanuvchilar ko‘nikmalarining yomonligi va mis kabellarni foydalanish natijasida ekspluatatsiya xarajatlarining oshib ketishi tufayli abonentlarining 33 %ini yo‘qotgan. Shri-Lanka va Fillipinda bo‘lgani kabi fiksatsiyalangan keng yo‘lli aloqa turg‘un bo‘lmagan bunday holatlarda WTTx sezilarli darajada afzalliklarga ega bo‘ladi.

2018-yilda TSTT simli va simsiz aloqalarni birlashtirish hisobiga aholini qamrab olishni 95 % ga kengaytirish maqsadida o‘zining «XeroCopper» rejasini ishga tushirdi. Asosiy qamrab olish Huawei kompaniyasining FWA yechimi tufayli amalga oshirildi, optik tola esa aholi zich joylashgan shahar hududlariga tortildi.

Massive MIMO hamda Huawei kompaniyasining chetki abonent qurilmalariga tayangan holda, TSTT endi Internetda o‘rtacha bozor narxidan 30 % ga arzon yuqori sifatli ovozli ma’lumotlar paketini, Internet va viedeo xizmatlarni taqdim etishi mumkin, bu esa daromadi xiyla past oilalarga ham onlayn-xizmatlardan foydalanish imkoniyatini beradi.

Kuchaytirishning yuqori koeffitsiyentiga ega tashqi chetki abonent qurilmalari 30 km radiusni qamrab olayotganligi tufayli, FWA, ayonki, tarmoqqa ulanmagan abonentlarni qamrab olish uchun optik tolani tortish naf bermaydigan aholining zichligi past olis hududlar masalasini hal etishning eng maqbul yo‘li hisoblanadi. Qurilish ishlarini istisno qilgan holda, FWA, shuningdek, ulanishning o‘rtacha xarajatlarini ham kamaytirmoqdaki, qo‘shilgan narxlar ekvivalentiga ega tarmoqlar to‘liq optik tolali ulanishga ega (FTTH) tarmoqqa nisbatan ko‘p oilaga xizmat ko‘rsatadi.

Ulanish bu hali hammasi emas

Ulanishning o‘zi bilan ish bitmaydi. Yangi ulanganlar ulanishdan naf ko‘rish, jumladan,bu ulanish natijasida yuz beradigan foyda va xatarlarni tushunib yetish, imkoniyatini beruvchi bilimlarga ega bo‘lishlari uchun ularga raqamli bilim va ko‘nikma berish vazifasini ham o‘z zimmasiga olishi lozim.

GSMAning ma’lum qilishicha, hatto tarmoqlar qamrab olishi mumkin bo‘lgan hududlarda yashovchi dunyo aholisining 43 % i haligacha tarmoqlarga ulanmagan. Keniyada 3G va 4G aholining 80 % ini qamrab olgani holda, 50 % dan kam odam Internetdan foydalanadi. Buning sababi esa aksariyat odamlar Internet tarmog‘i qadrini tushunmasligidir.

Har bir inson teng darajada – ayniqsa bolalar – Internetdan foydalanishning mas’uliyatini his qilishga o‘rgatilishi lozim. UNISEFning 2018-yildagi Shri-Lanka haqidagi ma’ruzasida keltirilishicha, Internetdan foydalanuvchi bolalarning 53,6 % i «o‘zlari», 16,5 % igina ota-onalari yordamida o‘rganganini aytishgan. Bu esa maxfiylik va xavfsizlik haqidagi tushunchalardan bexabarligining dalolatidir. So‘rov o‘tkazilgan foydalanuvchilardan 15,1 % i Internetda ismi, yoshi va telefon raqami kabi ishonchli ma‘lumotlarni Internetda oshkor qilishganini bildirishgan. Bundan ham achinarlisi, ulardan 46,3 % i Internetda notanish kimsalar bilan muloqot qilgan, 27,9 % i esa shaxsan uchrashuvga chiqqan.

Raqamli ulanish bilan bir qatorda, Huawei va uning sheriklari raqamli savodxonlikni kengaytirish uchun ham harakar qilishmoqda. Keniyada amalga oshirilayotgan DigiTruck loyihasi olis hudular aholisi qanday qilib raqamli malakalarni egallashayotganining yaqqol misolidir, bunda yuk mashinasi ustiga o‘rnatilgan qayta jihozlangan transport konteyneri ko‘chma sinf vazifasini bajarmoqda.

Raqamli texnologiyalar bilan ishlash malakalari doirasida bilim olish imkoniyatlarining mavjudligidan ruhlangan FWA borgan sari ko‘plab odamlar operatorlar uchun biznesning ishonchli natijalarini ta’minlash barobarida raqamli texnologiyalarning ijtimoiy-iqtisodiy foydasi haqida bilim olishlariga kafolat berishi mumkin. To‘g‘ri qabul qilingan qarorlar gigabitli tezlikni joriy qilish hisobiga 5G hamda ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy afzalliklar uchun zamin yaratishi mumkin, shunday ekan, keng yo‘lli aloqa hamma uchun farovon hayot demakdir.