Huawei, Intel va SAP birgalikda intellektual hisoblash sohasida innovatsion yechimlarni ishlab chiqarmoqchi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei, Intel va SAP birgalikda intellektual hisoblash sohasida innovatsion yechimlarni ishlab chiqarmoqchi

2020.06.15

Sun'iy intellekt, bulutli va intellektual hisoblash kabi yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish dunyo bo'ylab korxonalarda jadal rivojlanmoqda.  Raqamli transformatsiyaning keng joriy etilishi xizmat ko'rsatuvchi provayderlar tomonidan taqdim etilayotgan texnologiyalarga talabni sezilarli darajada o'zgartirmoqda. Foydalanuvchilar xatti-harakatlarining o'zgarishi xizmatlarga bo’lgan talablarni sezilarli darajada oshirib, biznes modellarining evolyutsiyasiga yordam beradi. Shunday qilib, har bir korxonaga individual yondashuv zarur. Ammo bitta AKT kompaniyasi har bir korxona o'z oldiga qo'ygan barcha vazifalarni bajara olmaydi. Hamkorlik innovatsiyalarni ilgari surish uchun juda muhim bo'lganligi sababli, texnologiya kompaniyalari nafaqat mijozlar, balki kompaniyalarning o'zlari ham muvaffaqiyatli va barqaror raqamli transformatsiyani ta'minlaydigan strategik hamkorlikni kengaytirishlari kerak.

Huawei hamkorlikning kuchli tarafdori hisoblanadi. So'nggi o'n yilliklar davomida Huawei ko'plab sohalarda innovatsion yechimlar yaratish bo’yicha turli tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. Huaweining asosiy hamkorlaridan biri Intel hisoblanadi, har ikki kompaniya ham xaridorlarga keng turdagi yechimlarni taklif qiladi. Texnologiyalar sohasidagi gigantlarning bitta umumiy qiziq bo’lgan xususiyati bor - kompaniyalar tadqiqot va rivojlanishga katta mablag' sarflaydilar, buning natijasida doimo xayratlanarli innovatsiyalar dunyoga keladi. Ushbu kompaniyalarning har biri haddan ortiq tinimsiz ishlashidan tashqari, uskunalarning eng yuqori darajada samarali faoliyatini ta'minlash uchun apparat platformalarini uzluksiz modernizatsiya qilish va dasturiy ta'minotni yangilash ustida  yaqindan ish olib borishmoqda.

Yangi mahsulotlar liniyasining doimiy ravishda chiqarilishi, Intel kompaniyasi bilan ko'p yillik hamkorlikning tasdig’idir

Eng yorqin misollardan biri bu FusionServer mahsulotlari liniyasidir. 2019 yilda FusionServer liniyasi ma'lumotlarni qayta ishlash markazlarining intellektual transformatsiyasi talablarini qondirish maqsadida FusionServer Pro-ga qadar kengaytirildi. Keyingi yangilanish bosqichi shu yil boshida amalga oshirildi, natijada FusionServer Proning barcha seriyasi Intel Cascade Lake Refreshning eng so'nggi protsessorlariga o’tkazildi. To'liq seriya tirgakli, yuqori zichlikdagi, geterogen bleyd- serverlar va o’ta muhim dasturlar uchun serverlarni o'z ichiga oladi, ularning sharofati bilan mijozlar ma'lum ssenariylarga mos keladigan eng yangi mahsulotlar va yechimlarni tanlashlari mumkin.

Aslida, Huawei va Intel uzoq vaqtlardan beri hamkorlik qilib kelmoqda va hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda davom etmoqda. So'nggi o'n yil ichida Huawei kompaniyasi 4,31 million x86 serverlarni jo'natdi va ushbu miqdor o'sishda davom etmoqda. 2019 - yildagi ba'zi bir ko'tarilish va tushishlarga qaramay, joriy yilda serverlarni yetkazib berish 746 ming donaga yetdi, bu Huawei kompaniyasining jahon bozorida beshinchi o’rinni egallashiga sabab bo’ldi. Bu hamkorlik juda muhim ekanligining yana bir bor isbotidir, chunki birgalikdagi sa'y-harakatlar har bir hamkorga og'ir kunlarni ortda qoldirishga imkon beradi.  

Bundan tashqari, hamkorlik bilim va tajriba almashishdir. Intel qimmatbaho kichik sig’imli DRAM modullaridan farqli o'laroq, mijozlarning ehtiyojlariga javob beradigan ma'lumotlarni qayta ishlash markazlari uchun birinchi avlod energiya tejovchi xotira AEP-ni chiqardi. O'tgan yili Huawei AEP-ni o'zining asosiy mahsulotlarida, shuningdek SAP HANA yechimlarida qo’llashdi. Yaqin kunlarda Huawei va Intel ikkinchi avlod doimiy xotirasi ishlatadigan mahsulotlar sonini ko'paytirdilar.

HANA yechimlarini yaratish uchun SAP bilan hamkorlik

HANA yechimi - bu mustahkam hamkorlik va tajriba almashish orqali yaratilgan yana bir mahsulot. 2012 yilda SAP Huaweini o'zining birinchi global texnik hamkori deb e'lon qildi. Kelgusi yili esa ma'lumotlarni qayta ishlash bo'yicha SAP ishlanmalarini va Huawei yuqori samarali apparat platformasini birlashtirgan Huawei SAP HANA birinchi qo'shma sertifikatlangan yechimi chiqarildi.

Hamkorlikni rivojlantirishni davom ettirib, 2017 yilda Huawei va SAP Shenchjenda qo'shma innovatsion markazni yaratdilar, u yerda Huaweining shaxsiy mahsuloti bo’lmish KunLun protsessorlari asosida yuqori sifatli HANA tizimi ishlab chiqildi. O'tgan yili kompaniyalar soha yechimlari uchun Galileo loyihasini joriy etish doirasidagi maqsadlar bo'yicha navbatdagi kelishuvni imzoladilar. Ushbu loyihaning salohiyati juda katta, u cheksiz imkoniyatlarni ochib beradi.

Texnologiyalarni rivojlantirishga doimiy ehtiyoj mavjud bo'lgan sharoitda, hamkorlikdagi o’zaro faoiyat zarurdir. Biroq, Huawei kompaniyasi o'z imkoniyatlarini ham takomillashtirishga harakat qilmoqda. Bu kompaniyaning turli faoliyati sohalarida barqaror ta'minot va yetkazib berishni ta'minlab, hamkorlar va mijozlarni doimiy ravishda qo'llab-quvvatlashini kafolatlaydi.

Yetkazib berish kanallarini yaratish uchun Huawei butun dunyo bo'ylab ta'minot markazlarini ochdi. Yevropa, Meksika, Dubay, Braziliya va Xitoydagi moddiy bazalar keng tarmoqli yetkazib berish tarmog’ini shakllantiradi. Koronavirus tarqalishining o'ta og'ir sharoitlarida ham, Huawei kompaniyasi xaridorlarning buyurtmalarini doimiy ravishda bajarishga harakat qilib, asosiy hududlarda standart konfiguratsiyalar uchun ikki haftalik yetkazib berish muddatini ta'minlaydi.  

Barqaror ta'minot va ishlab chiqarish kompaniya faoliyatining negizidir

Huawei kompaniyasining ham materiallar, ham mahsulotlarni yetkazib berishdagi barqarorligi kaliti mavjud tarkibiy qismlarni rezervlash va ulardan foydalanish hisoblanadi. Ehtiyot qismlar oldindan sotib olinadi yoki to'g'ridan-to'g'ri texnologiya gigantining o'zi tomonidan ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarishning barqarorligini tarkibiy qismlarni ishlab chiqarishdan tortib to jihozlarning to'liq to'plamini chiqarishgacha bo'lgan butun texnologik jarayonning mustaqil faoliyatini ta'minlaydi. Asosiy faoliyat yo'nalishlarining elementlarini boshqarish tizimi yordami bilan Huawei kompaniyasi har qanday vaqtda yetkazib berish ehtiyojlarini osongina qondirishi mumkin.

Yaqinda Huawei Intel va SAP bilan kelgusidagi davomli hamkorligi, shu jumladan ikkinchi avlod Intel Xeon Scalable protsessorlarida ishlaydigan FusionServer seriyasini modernizatsiya qilish masalasi bo’yicha ham birgalikda ish olib borishlarini e'lon qildi. Ushbu protsessorlar misli ko'rilmagan masshtablash uchun yagona muvozanatli asosga aylanadi, bu ish unumdorligini, tarmoqning o’zaro faoliyatini, xotirani, disk hajmini va zamonaviy va kelajakdagi korxona dasturlarini qo'llab-quvvatlaydigan mahsulotlar tarkibini optimallashtirish imkonini beradi. Shuningdek, Intel kompaniyasi korxonalar o'rnatilgan sun'iy intellekt yoki mustaqil platformalar yordamida dasturlarni yo’lga qo’yishi uchun intellektual ma’umotlarni qayta ishlash imkonini beruvchi Deep Learning Boost texnologiyasini taklif qiladi.

Huawei kompaniyasi asoschisi janob Jen Chjenfey ilgari aytganidek: "Faqat ochiq hamkorlik orqali biz talabni qondirishimiz va ko'proq odamlarga yangi foydali texnologiyalardan arzon narxlarda foydalanish imkoniyatini taqdim etishimiz mumkin. Buning uchun bizga puxta o'ylangan jamoaviy harakatlar kerak. Huawei birgalikda ishlash va dunyo foydasi uchun ekotizimni kengaytirish maqsadida ko'proq hamkorlarni jalb qilishga intilmoqda”.