Tayanch tarmog'ini rivojlantirishni rejalashtirishda mobil aloqa operatorlari uchun chaqiriqlar
Ushbu maqolada mobil telekommunikatsiya va texnologiyalarning zamonaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan davrni izohlaymiz.
Bugungi kunda, mobil aloqasi dunyo bo'ylab millionlab odamlar kundalik hayotining ajralmas qismi hisoblanadi.
Mobil tarmog'i orqali bundan ko'proq xizmatlarni taqdim etishi mumkin va bu tendensiya kelajakda saqlanib qoladi.
Bunday vaziyatni oldindan taxmin qilib, global operatorlar, uskunalar ishlab chiqaruvchilar, xalqaro standartlashtirish agentliklari 2020-2025 yillar mobaynida tarmoqlarni rivojlantirish bo'yicha to'g'ri yo'nalishni tanlab olish maqsadida 2014 yil NFV, CUPS va 5G texnologiyalarini o'rganish borasida birgalikda ishlarni boshladilar
1.1 Traffik o'sishi va abonentlar sonining ko'payishi o'rtasidagi muvozanatni topish zaruriyati
4G texnologiyasining ommaviylashishi abonent bazasi o'sishining umumiy sekinlashuvi bilan uyali aloqa operatorlarida traffik haddan ziyod o'sishiga olib keldi. Shunday qilib, paketli kommutatsiya tugunlarining (EPC Core) imkoniyatlari turli kontentga sifatli kirish xizmatlarini taqdim etish talablariga javob berishi uchun doimiy ravishda kengaytirilishi kerak. Ayniqsa, ma'lumotlarni qayta ishlash shlyuzlari (SAE GW) hajmini kengaytirish masalasida operatorga haddan tashqari bosim o'tkazilmoqda.
Shu bilan birga, an'anaviy EPC yechimlari salohiyatini rivojlantirish va kengaytirish faqatgina qisqa muddatli muammolarni hal qilishga imkon beruvchi passiv yo'l hisoblanadi. Global qiyinchiliklar foydalanuvchi tajribasini yaxshilash, kontentga kirish yo'llarini moslashuvchan tanlovi, xizmatni osonlashtirish va 5G tarmoqlari evolyutsiyasi bilan bog'liq.
1.2 Foydalanuvchi tajribasini doimiy ravishda takomillashtirish zaruriyati
Taqdim etilgan mobil xizmatlar to'plamining kengayishi bilan tarmoqning o'tkazuvchanligiga bo'lgan talablar tobora ortib bormoqda.
Buning ustiga, iste'molchilarning eng ko'p soni xizmatdan foydalanish qobiliyatiga ega bo'lgan eng yuqori yuklanish soati (misol uchun striming ko'rsatish, on-demand video, VR/AR video, kino kontentiga kirish va boshqalar) asosan video xizmatlarining traffigi bo'lmoqda.
Bunday sharoitda CDN (kontentni yetkazib berish va tarqatish tarmoqlari) roli ortib bormoqda, bu esa tarmoq infratuzilmasida o'zgarishlar yuzaga kelishiga olib keladi. CDN ko'p miqdori mahalliy datasentlar asosida qurilgan. Biroq, abonent mahalliylashtirilgan CDNda video-kontentni ko'rib chiqayotgan bo'lsa ham, EPC tarmoqlarining markazlashtirilgan qurilishi tufayli uning traffigi hali ham tarmoqning katta qismidan o'tadi, bu esa axborotni uzatishda sezilarli kechikishlarga olib keladi va oxir-oqibat foydalanuvchi tajribasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
1.3 Yangi xizmatlarning noaniqligi bilan bog'liq muammolarni hal qilish zaruriyati
Hozirgi kunda, aksariyat aloqa operatorlari odamlar uchun xizmat ko'rsatishga ko'proq e'tibor qaratmoqda. Biroq, internetning rivojlanishi (IoT) ham aloqa tarmoqlarini loyihalash uchun yondashuvni o'zgartirishni talab qiladi. Shuni yodda tutish kerakki, buyumlar aloqa qilish usullarining xilma-xilligi odamlar uchun aloqa usullariga qaraganda ancha kengroqdir.
IoT terminallari 3 toifaga bo'linishi mumkin:
1) yuqori o'tkazuvchanlik qobiliyatini talab qiluvchi dasturlar (masalan, video-kuzatuv kameralari yoki elektron reklama stendlari)
2) o'rtacha ma'lumotlarni uzatish tezligini talab qiluvchi dasturlat ("aqlli uy", to'lov terminallari)
3) ma'lumot uzatishda past tezlikni talab qiladigan dasturlar (telemetriya))
Tasvirlangan hamma holatlar ham katta xarajatlarsiz an'anaviy EPC tarmoqlarida tezda amalga oshirilmaydi. Shunday qilib, yangi IoT qurilmalarini ishga tushirishda yoki eski dasturlarni yangilashda tarmoqning imkoniyatlarini obyektiv baholash kerak.
- 5G ga o'tish muammolarini oldindan hal qilish zaruriyati
3GPP tavsiyalariga ko'ra, 5G qo'llab-quvvatlash tarmog'i (5G CN) tashkil etilgan xizmatga yo'naltirilgan arxitektura (SBA) 1-kundan boshlab CUPS (nazorat tekisligi va abonent traffikini uzatish tekisligi ajratilishi)ni qo'llab-quvvatlashi kerak. Shu bilan birga, EPC dan 5G ga moslashuvchan evolyutsiya talablarini hisobga olgan holda, CUPS texnologiyasini qo'llab-quvvatlashni hoziroq amalga oshirish kerak.
Bu faqatgina operator o'zining tayanch tarmog'ini rivojlantirish uchun eng zo'r yechimni qidirishda javobini topishi kerak bo'lgan savollarning bir qismi xolos. Shuningdek xatolik uning uyali aloqa bozorida raqobatbardosh ustunligini yo'qotishiga olib kelishi mumkin.
Keyingi maqolalarda biz ushbu qiyin yo'lda operatorga yordam beradigan texnologiyalarni batafsil ko'rib chiqishni boshlaymiz...
Operator biznes segmenti uchun yechim va mahsulotlar bo'yicha mutaxassis, Yevgeniy Shin.