Sun’iy intellekt yordamida tarmoqlarni avtomatlashtirish intellektual 5G-aloqa davrini yaqinlashtirmoqda

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Sun’iy intellekt yordamida tarmoqlarni avtomatlashtirish intellektual 5G-aloqa davrini yaqinlashtirmoqda

2020.07.03

Shanxay, Xitoy, 3 iyul 2020 yil – O’tkazilgan GSMA Thrive onlayn-konferentsiyasi doirasidagi ikkinchi seminar tarmoqlarda sun'iy intellektdan foydalanish mavzusiga bag’ishlandi. Huawei tarmoq mahsulotlari marketingi bo'yicha direktori Chu Xuemin "5G tarmoqlari uchun sun'iy intellekt intellektual 5G-aloqa davrini yaqinlashtirmoqda" mavzusida taqdimot bilan ishtirok etdi.

Chu Xuemin ta'kidlashicha, sun’iy intellekt asosida uyali aloqa faoliyatini avtomatlashtirish uyali aloqa xizmatlarini kelajakda rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. 5G davrida butun sanoat mobil tarmoqlar ishlatilishining standart stsenariylari va ularga texnik xizmat ko’rsatish orqali uchta asosiy yo’nalishga e'tibor qaratishi kerak: foydalanish samaradorligi va texnik xizmat, tarmoq faoliyati samaradorligi va xizmatning moslashuvchanligi. Shuningdek, mobil tarmoqni avtomatlashtirishning yangi bosqichiga o'tishini osonlashtirish kerak.

5G tarmoqlari uchun sun'iy intellekt: Intellektual mobil tarmoqlar rivojlanishida keskin o’zgarish nuqtasi 

5G tarmoqlari samaradorligining asosiy ko'rsatkichlari: ma'lumot uzatish tezligi, ma'lumot uzatilishining kechikishi, ulanish ko'lami - 4G tarmoqlarining o'xshash samaradorlik ko’rsatkichlaridan (KPI) sifat jihatidan farq qiladi. Shu sababli, 5G tarmoqlari xizmat ko’rsatish va amalda qo’llash stsenariylarining yanada kengroq turlarini qo'llab-quvvatlaydi, biroq shu bilan birga uyali aloqa operatorlari uchun qator qiyinchiliklarni vujudga keltiradi, shu jumladan kapital va operatsion xarajatlarni ko'paytiradi. 5G davridagi ushbu muammolarni hal qilish uchun mobil tarmoqlarni operatsion va texnik xizmat ko'rsatish hamda boshqa intellektual vazifalari nuqtai nazaridan mukammallashtirish kerak. Sun’iy intellekt texnologiyalari 5G tarmog'iga kiritilishi bilan, sun’iy intellekt asosidagi tarmoq infratuzilmasini avtomatlashtirish 5G uchun dasturiy ta'minotni takomillashtirishda muhim omil bo'ladi. Aslini olganda, 5G tarmoqlaridagi sun'iy intellekt mobil tarmoqlarni intellektual yangilash uchun transformatsion kuchga aylanmoqda.

Direktor Chu aytishicha, ushbu ikki jihatdan kelib chiqib aytilsa, intellektual yangilanishning kaliti bu 5G tarmoqlari uchun sun'iy intellektdir. Avtomatlashtirilgan 5G sun’iy intellekt tarmoqlarida yanada samarali operatsiyalar va texnik xizmatlarni amalga oshirish mumkin, ular faoliyatning yanada yuqori unumdorligi va yangi xizmatlarni taqdim etishda ko'proq moslashuvchanligi bilan ajralib turadi. Bu operatorlarga joriy xarajatlarni murakkab tarmoq infratuzilmasidan ajartishga va 5G texnologiyasi bilan bog'liq xarajatlarni optimallashtirishga yordam beradi. Qolaversa, mobil tarmoqlarning DNKsiga kiritilgan "moslashuvchanlik geni" operatorlarga sohani raqamlashtirish bilan bog'liq innovatsiyalar yo’lini ochib beradi.

Intellektual avtomatlashtirilgan 5G tarmoqlarining muvaffaqiyatli ekotizimini yaratish uchun “1+3+N” strategiyasi

Dunyo bo'ylab aloqa operatorlari, maxsus jihoz va uskunalarni yetkazib beruvchilar hamda  boshqa manfaatdor taraflar uyali tarmoqlarda sun'iy intellektdan foydalanish istiqbollarini o'rganishga kirishdilar. 2019 yilda GSMA assotsiatsiyasi "Tarmoqlarda sun'iy intellektni amalda tatbiq etish misollari" deb nomlangan texnik hujjat ishlab chiqdi. Unda tarmoqni rejalashtirish, loyihalash, texnik xizmat ko'rsatish va optimallashtirish bosqichlarida sun’iy intellektdan foydalanishning eng keng tarqalgan stsenariylari ko'rib chiqilgan. Xususan, hujjatda tarmoqdagi trafikni prognozlash, tayanch stantsiyasini avtomatik joylashtirish, nosozliklarni avtomatik aniqlash va talab asosidagi xizmatni optimallashtirish kabilar yoritilgan.

Direktor Chu so’zlariga qaraganda, tarmoqlarni intellektual avtomatlashtirish jarayoni oson kechmasligi mumkin va jarayon ushbu sohaning barcha vakillaridan doimiy o’zaro hamkorlikni talab qiladi. Shu sababli, Huawei kompaniyasi simsiz tarmoqlar uchun "1+3+N" strategiyasini taklif qilmoqda va tarmoq operatorlari va sohadagi sheriklar bilan hamkorlik ekotizimning rivoj topishiga hissa qo’shadi hamda 5G intellektual tarmoqlar davrini yaqinlashtiradi deya umid qilmoqda. Yagona tahlil platformasi va intellektual texnologiyalarga asoslangan yechim simsiz domenni avtomatlashtirish uchun uchta stsenariyni amalga oshirish uchun interfeyslarni taqdim etadi: tarmoqni kengaytirish, unumdorlikni optimallashtirish va xizmat ko’rsatish. Bu operatorlarning biznes-jarayonlarini modernizatsiya qilish, ekspluatatsiya qilish, texnik xizmat ko'rsatish va biznes innovatsiyalarga yangicha muvaffaqiyatli yondashuvlarni tatbiq etish jarayonida operatorlar va IT-yechimlarni chetdan yetkazib beruvchilarning o'zaro hamkorligini ta’minlaydi.

Ochiqlik va hamkorlik: 5G intellektual tarmoqlarni qo'llash uchun standartizatsiya va sanoat vakillari bilan hamkorlik talab etiladi

Sohaning barcha a'zolari "1+3+N" sanoat strategiyasida eng muvaffaqiyatli "N" yuqori darajasini yaratish, shuningdek domenlararo aloqalarni hamda biznes modellarini ishlab chiqish yo’lida kuchlarni birlashtirishlari kerak. Oshkoralik yanada yuqori innovatsion xizmatlarni yaratish va ularni joriy qilishning kalitidir, maqsadli ko’rsatkichlar asosida E2E intellektual avtonom tarmoqlarini yaratish uchun APIni ishlab chiqish zarur bo’ladi. Ushbu API-interfeyslar operatorlarning maqsadli ko’rsatkichlarini amalga oshiriladigan tarmoq stsenariylariga aylantirishi mumkin, bu murakkab kechadigan o'zaro hamkorlikka bo’lgan ehtiyojni bartaraf qiladi va tarmoq interfeyslaridagi (northbound) ma’lumotlarning an'anaviy ochiqligi maqsadli ko’rsatkichlarga asoslangan tarmoq imkoniyatlarining ochiqligiga aylanishiga imkon yaratadi.

2019 yilda mazkur sanoat sohasi 5G tarmoqlarida sun’iy intellektni tatbiq etishning ahamiyati va muammolarini tamomila anglab yetdi. Telekommunikatsiya operatorlari, maxsus jihoz va uskunalarni yetkazib beruvchilar, boshqa manfaatdor taraflar, shuningdek standartlashtirish bo’yicha tashkilotlar ushbu yo’nalishni rivojlantirish uchun yagona standartlarni hamda tarmoqlarni intellektual avtomatlashtirish uchun interfeyslarni ishlab chiqish uchun birlashishlari zarur. 5G davridagi mobil tarmoqlarni ishlatish va texnik xizmat ko'rsatishning standart variantlariga asoslanib, diqqatni uchta asosiy yo'nalishga qaratish kerak: operatsion va texnik xizmat ko'rsatish samaradorligi, tarmoq faoliyati unumdorligi va xizmatlarning moslashuvchanligi. Qolaversa, turli xil stsenariylarda amaliy foydalanish orqali intellektual avtomatlashtirish tarmoqlarining ahamiyati va ularni kengaytirish imkoniyatlarini doimiy ravishda aniqlashtirib borish zarurati mavjud. Bu mobil tarmoqlarni rivojlantirish va ularni avtomatlashtirishning yangi darajasiga ko'tarilishiga imkon yaratadi.

"Zamonaviy ikkita eng muhim texnologiyalar - sun'iy intellekt va 5G - o'zaro hamkorlikda faoliyat yuritadi. Sun'iy intellekt asosidagi avtomatlashtirilgan jarayonlarga ega uyali aloqa tarmoqlari mobil xizmatlarni yanada rivojlantirishning asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biridir, - deb ta’kidladi Chu xonim. - Sun'iy intellekt texnologiyalari 5G tarmoqlariga yangicha energiya baxsh etib, ularning rivojlanishi uchun misli ko'rilmagan imkoniyatlarni ochib beradi. Huawei innovatsion texnologiyalarni tadqiq etish va 5G intellektual tarmoqlarni rivojlantirish bo'yicha sohadagi sheriklari bilan hamkorlikni davom ettiradi”, - deya so’ziga yakun yasadi Huaweining marketing bo’yciha bosh direktori.