Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei boshqarmasining o‘rin almashuvchi raisi Go Pin pandemiyadan keyingi dunyo haqida: GSMA Thrive tadbiridagi ma’ruzasi

Shanxay, Hitoy, 2020-yil 2-iyul. – GSMA Thrivening tadbirida Huawei kompaniyasi boshqarmasining o‘rin almashuvchi raisi Go Pin «5G pandemiyadan keyingi dunyoda: raqamli portlashga qadar teskari hisob» mavzusida kirish nutqini so‘zladi. O‘z nutqida Go Pin axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining COVID-19 bilan kurashdagi ijtimoiy ahamiyati hamda turli soha korxonalarining raqamli transformatsiyasida 5Gning kelajakda qo‘llanilishi va amaliyoti to‘g‘risida gapirdi.

 Go Pin shunday deya ta’kidladi: «5G tufayli soha korxonalari raqamli relslarga tezroq o‘tmoqda. Kelajakda biz hamkorlarimiz bilan birgalikda mijozlarimizga 5G salohiyatlarini ishga tushirishda yordam beruvchi sohalarga oid ilovalarni ishlab chiqishni rejalashtirmoqdamiz. Bu 5G bazasida asosiy ilovalarni foydalanishdan dividend olishning birinchi bosqichi bo‘ladi». 

Huawei kompaniyasi boshqarmasining o‘rin almashuvchi raisi Go Pin kirish nutqini so‘zlamoqda.

GSMA Thrive – GSMA assotsiyatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ko‘plab sohalar korxona vakillari va boshqa veb-auditoriyalar diqqatini o‘ziga tortuvchi onlayn-tadbir.

Goning ta’kidlashicha, pandemiya davrida AKT asosidagi ilovalarning ijtimoiy qadri juda yuqori bo‘lgan.  5G asosida ishlab chiqilgan sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar va katta ma’lumotlar  ilovalari infeksiya birdan keng tarqalgan paytda muhim rol o‘ynagan, masalan, masofaviy ta’lim, uydan turib ishlash va ko‘ngil ochar sohalarda. Bu ilovalar odamlarga uy sharoitidagi karantinda zerikmaslik uchun yordam berdi. Ko‘chma gospitallarga masofadan turib maslahatlar berish vaqtinchalik tibbiy resurslarning dolzarb masalalarini hal qilish imkonini berdi, haroratni nazorat qilish va pandemiya rivojlanishini kuzatib borish bo‘yicha ilovalar esa virus tarqalishini samarali jilovlashga yordam berdi. Pandemiya vaqtida GSMA assotsiyatsiyasi va butun dunyo bo‘yicha aloqa operatorlari hayotiy muhim vazifani bajardilar: odamlar sog‘liqlarini saqlab qolishlari, jamiyat va korxonalarga esa – uzliksiz qayta tiklanishlari uchun yuqori tezlikdagi aloqa kanallarining tinimsiz ishlashini ta’minladi.

Go Pin Huawei kompaniyasi ochiq va birgalikdagi standartlarni ishlab chiqshda qatnashishni hamda soha tashkilotlariga yagona global telekommunikatsion sanoatni himoya qilishni ta’minlashda yordam ko‘rtsatishni davom ettirishlarini tasdiqladi. Global hamkorlik virus ustidan g‘alaba qozonish uchun tibbiyot sohasida ham, teleokommunikatsiyalar sektorida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Faol ishtirok, keng ko‘lamli maslahatlar va global yetkazib beruvchilarni, nadqiqiot institutlarini va sohalar assotsiystsiyalarini har tomonlama jalb qilish texnologik standartlarni ishlab chiqishga hamda sohalar va butun dunyo iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga samarali yordam beradi. GSMAning doimiy aloqani ta’minlash bo‘yicha 11 ta me’yoriy tavsiyalari pandemiya bilan kurashda hamkorlik qilish, xiyla tezroq choralar ko‘rish va resurslarni ancha samaraliroq safarbor qilish imkonini yaratadi.

Go Pin, 100 yil avvalgi elektr kabi, AKT ham ijtimoiy rivojlanishning asosiy omili bo‘lish bilan birga, iqtisodiyotning barcha sektorlarida texnologiyalardan foydalanishda ko‘plab ustuvorliklarni ta’minlash orqali har bir sohada keng qo‘llanilayotganiga ishonch bildirdi. Hozirgi kunda 5G g‘oyatda tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bugun jahonda dunyo YIMning 72 % ini hamda 9 million foydalanuvchini raqamli dunyoda hayot kechirishlari uchun turli ilovalarni taqdim etish bilan qo‘llovchi 5Gning 81 ta tijoriy tarmog‘i faoliyat yuritmoqda. 5G tufayli ko‘plab sohalar raqamli relsga tezlik bilan o‘tmoqda. Bu standart ko‘ngil ochish, ish safarlari, tibbiy xizmatlar, foydali konlarni qazish, port va ishlab chiqaris kabi sektorlarda keng qo‘llanilmoqda. 5Gning muvaffaqiyat qozongan ilovalari hozirda sohalar masshtabida ko‘paytirilmoqda. Tarmoqlar, bulut, sun’iy intellekt va qurilmalar kabi sohalardagi o‘z imkoniyatlaridan foydalangan holda, Huawei kompaniyasi sheriklari bilan birgalikda 5Gning boy potensialini ishga tushirishda mijozlarga yordam berishda davom etadi.

Ma’ruzaning to‘liq matni

Xonimlar va janoblar, men siz azizlar onlayn tartibda bizga qo‘shilishga muvaffaq bo‘lganlaringizdan baxtliman. Men sizlarni GSMA Thriveda kutib olganimdan mamnunman.

Pandemiya sababli aksariyat odamlar sayohatga erkin chiqisholmayotganliklari bois, bugun biz ekran orqali ushrashyapmiz. Bu ham axborot-kommukatsion texnologiyalar iqtisodiyotni tiklashga yordam berishi mumkinligining bir usulidir.

Ayrim mamlakatlarda koronavirus yana bosh ko‘tarayotgan bo‘lsa-da, Osiya va Yevropaning ko‘plab mamlakatlari juda ham og‘ir davrni boshidan o‘tkazdi. Ishonamanki, yaqin vaqtlarda dunyo bu virus ustidan g‘alaba qozonadi.

Men bugungi imkoniyatdan foydalanib, Huawei kompaniyasining pandemiyadan keyingi davrga, ayniqsa, raqamli transformatsiyani tezlashtirish uchun dunyo 5Gdan qanday foydalanishiga bo‘lgan qarashlari bilan o‘rtoqlashmoqchiman.

COVID-19 pandemiyasi chiqqan paytdan boshlab GSMA assotsiyatsiyasi va butun dunyo bo‘yicha aloqa operatorlari hayotiy muhim vazifani bajardilar: odamlar sog‘liqlarini saqlab qolishlari, jamiyat va korxonalarga esa – uzliksiz qayta tiklanishlari uchun yuqori tezlikdagi aloqa kanallarining tinimsiz ishlashini ta’minladi. GSMAning doimiy aloqani ta’minlash bo‘yicha 11 ta me’yoriy tavsiyalarni chop etdi. Masalan, assotsiyatsiya pandemiya bilan kurashish uchun tarmoqdagi ortiqcha yuklanishni kamaytirish va sun’iy intellektga asoslangan raqamli ilovalardan foydalanishda yordam ko‘rsatish maqsadida chastotalarning vaqtinchalik spektlarini ko‘proq ajratishni taklif qiladi.

Global hamkorlik virus ustidan g‘alaba qozonish uchun tibbiyot sohasida ham, teleokommunikatsiyalar sektorida ham muhim ahamiyat kasb etishiga ishonchimiz komil. Huawei kompaniyasi ochiq va birgalikdagi standartlarni ishlab chiqshda qatnashishni hamda soha tashkilotlariga yagona global telekommunikatsion sanoatni himoya qilishni ta’minlashda yordam ko‘rtsatishni davom ettiradi

Global yetkazib beruvchilar, ilmiy tadqiqot institutlari va sohadagi assotsiyatsiyalar texnologiya va standartlar bilan bog‘liq  ishlarda ishtirok etishlari hamda har tomonlama hamkorlik yo‘lida harakatlanishlari  lozim. Bu esa texnologik standartlar, sohalar hamda butun dunyo iqtisodiyotining samaraliroq rivojlanishiga olib keladi.

GSMA 5G ayrim mintaqalarda iqtisodiy tiklanishning asosi bo‘lishini taxmin qilmoqda. Biz bu fikrni batomom ma’qullaymiz va bu g‘oyani hayotga taqbiq etish ustida to‘xtovsiz ishlaymiz.

Pandemiya davrida AKT bazasidagi ilovalarning ijtimoiy qadri misli ko‘rilmagan darajada yuqori bo‘ldi.

Kasallikni yuqtirib olish darajasi eng yuqori bo‘lgan joylarda karantinda yakkalangan odamlar uchun oddiy telefondan b‘lgan qo‘ng‘roq yoki qisqa viseoaloqa katta ahamiyat kasb etadi. Lekin AKT sohasi uchun bu shunchaki ulanish imkoniyatlarining bir turidir.

Eng muhimi, 5G asosida ishlab chiqilgan sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar va katta ma’lumotlar  ilovalari infeksiya birdan keng tarqalgan bir paytda muhim rol o‘ynadi, masalan, masofaviy ta’lim, uydan turib ishlash va ko‘ngil ochar sohalarda.

Bu ilovalar odamlarga uy sharoitidagi karantinda zerikmaslik uchun yordam berdi. Ko‘chma gospitallarga masofadan turib maslahatlar berish vaqtinchalik tibbiy resurslarning dolzarb masalalarini hal qilish imkonini berdi, haroratni nazorat qilish va pandemiya rivojlanishini kuzatib borish bo‘yicha ilovalar esa virus tarqalishini samarali jilovlashga yordam berdi.

Janubiy Koreya koronavirus tarqalishini jilovlash va iqtisodiyotni tiklash bo‘yicha zo‘r ishlarni amalga oshirdi. Mamlakat 69 kun ichida bir million foydalanuvchini 5G ga ulash bo‘yicha rekord o‘rnatgan. Aytmoqchimanki, AKT Janubiy Koreyada juda ham rivojlangan, bu esa mamlakat pandemiya bilan kurashi uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi. Janubiy Koreyaning virus tarqalishini jilovlashdagi ulkan yutuqlarini AKTdan samarali foydalanganligi bilan izohlash mumkin.

Bir necha yil avval Janubiy Koreya o‘zining yuqumli kasalliklar bilan kurashish tajribasidan xulosa chiqargan va kasallik tarqalgan joy haqidagi hamda rouming ma’lumotlari yordamida tasdiqlangan kasallik yuqish holatlarini kuzatib borish imkonini beruvchi qonun qabul qilgan. Aynan mana shu qonun tufayli Janubiy Koreya virus tarqalishining dastlabki bosqichlarida yaxshi natijalarga erisha oldi.

COVID-19 tarqalgandan keyin mamlakat tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasiga intellektual texnologiyalarni tezroq joriy qilish hamda sun’iy intellekt yordamida masofaviy tashhis qo‘yish va bemorlar parvarishini ta’minlash uchun 5G va boshqa AKT-infrastrukturalardan foydalandi. Natija kutilgandan ham ziyoda bo‘ldi.

Iqtisodiyotni tiklashga yordam berish uchun Janubiy Koreya hukumati 5G bazasida Untact kabi simsiz ilovalardan foydalanishni ham rag‘batlantirdi. Pandemiya sababli vujudga kelgan juda og‘ir sharoitlarga qaramay, birinchi chorakda Janubiy Koreyaning YIM 1,3 % ga o‘sgan. Jarayon davomida mamlakatda mobil aloqa sohasi, ayniqsa 5G, juda tez rivojlandi.

Pandemiya davrida 5G texnologiya ko‘plab foydali ilovalarni qo‘llab-quvvatlab turdi. Mening fikrimcha, bugun 5G texnologiya bundan 100 yil avvalgi elektrga o‘xshab ketadi.

1875-yilda Parij vokzalida dastlabki elektr lampalar ishga tushgan edi. 1879-yilda elektr ilk bora San-Fransiskoga o‘tkazildi. O‘sha davrdan boshlab u nafaqar yoritish maqsadlarida ishlatiladi, uningsiz maishiy texnika va ishlab chiqarish dastgohlarining ishlashini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Elektr tufayli sanoat ishlab chiqarishi tubdan o‘zgardi, insoniyat esa elektrlashtirish davriga qadam qo‘ydi.

So‘nggi uch-to‘rtta o‘nyilliklarda mobil aloqa sohasi, mohiyatan olganda, insonlar o‘rtasidagi kommukatsiya muammolarini hal qilib bo‘ldi. Bugungi kunda 5G nihoyatda jadal sur‘atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bugun jahonda dunyo YIMning 72 % ini qo‘llovchi 5Gning 81 ta tijoriy tarmog‘i mavjud. 100 yil avvalgi elektr kabi, AKT ham ijtimoiy rivojlanishning asosiy omili sifatida barcha sogalarda keng quloch otmoqda. Oldimizda har bir soha AKTning afzalliklaridan keng foydalanish imkoniyatiga ega yangi davr ochilmoqda.

Ko‘plab sohalarda 5Gni jorish etish boshlandi. 5Gning eng yetuk texnologiyasi – bu eMBB. Biz ishlab chiqaruvchilar bilan suhbatlashib amin bo‘ldikki, sh funksiyaning bir o‘zi ham biroz ishlov berilsa, ularning ko‘plab ehtiyojlarini qondira oladi.

Misol tariqasida foydali konlarni qazib olishni ko‘rib chiqamiz. Shansidagi Sinyuan ko‘mir konida qazuv ishlarida 534 metr chuqurlikda 5G tarmog‘i ishga tushirilgan. Konda sharoit juda ham og‘ir, shuning uchun ma’lumotlarni uzatish va yuklab olish juda qiyin kechadi. Ilgari yo‘llarning kengligi cheklanganligi bois karyerdagi yuzlab datchiklar real vaqtda monitoring olib borish uchun emas, faqatgina qidiruv ishlarida qo‘llanilgan.

Bugungi kunda portlashdan himoyalangan 5G jihozlaridan foydalanish kon va yer usti xizmatlari orasida HD formatda videoaloqa bo‘yicha qo‘ng‘roqlarni amalga oshirish imkonini bermoqda. Bir vaqtda ishlovchi ko‘p kanalli HD-video uzatish hamda qazuv uskunalarini masofadan turib boshqarish kabi innovatsion ilovalar tufayli kondan olinayotgan tasvirlar go‘yo oyoq ostidagidek aniq va ravshan ko‘rinadi. O‘tmishda buning mutlaq imkoni bo‘lmagan.

Kelajakda konlarda foydali qazilmalarni avtomatlashtirilgan tarzda qaziba olish va avtonom haydash kabi yangi texnologiyalar paydo bo‘ladi. Bu esa uzliksiz ravishda mehnat sharoitlarini yaxshilash va foydali qazilmalarni qazib olish samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Bitta Xitoyning o‘zida 5300 ta ko‘mir koni bor, shu boisdan tog‘-kon sektori – 5Gni joriy etish uchun ulkan bozor makonidir.

5gni dastlabki bosqichlarida joriy qilgan sohalar muvaffaqiyatli taribalari bilan o‘rtoqlashishni hamda ularni talab qilingan masshtabda ishlab chiqarishni boshlashdi. Bunga raqamli portlar zo‘r misol bo‘la oladi. Dunyodagi yirik Ninbo porti o‘zining ishlab chiqarish tizimiga 5G teznologiyani birinchi bo‘lib joriy qilgan. Bugun u 5G texnologiyasi bazasidagi intellektual port.

Misol tariqasida ko‘tarma avtokranda ishlashni olib ko‘ramiz. 5G bazasida masofadan turib ish bajarish odatiy holga aylangan bo‘lib, bunda ishlarning 90 % i mashinalar tomonidan bajariladi. Haydovchilarga ikkitagina ish qolmoqda: konteynerlarni yuklash va tushirish. Ilgari bitta odam bitta avtokranni boshqargan. Endi esa bitta operator to‘rttadan oltitagacha avtokran ishini boshqarishi mumkin. Bu samaradorlikning anchagina oshganidan dalolatdir.

Keyingi 10 yil davomida Ninbo porti AKTni joriy qilish bilan ishlab chiqarish investitsiyalarini 2,5 mlrd yuanga qisqartirishi kutilmoqda. 

Yaqinda Xitoyning yirik portlari: Syamin, Shanxay, Sindao va Tyanszin – axborot-kommunikatsion texnologiyalardan, jumladan, 5G bazasidagi uchuvchisiz pritsep-konteynerlardan, intellektual hisoblar va uchuvchisiz uchuvchi apparatlardan patrullik qilishda keng foydalana boshladi.

Dunyoda 4 300 dan ziyod port va 35 000 dan ortiq avtokran ta’mir talab. Shunday qilib, portlarda AKTni joriy etish uchun juda katta makon mavjud.

Intellektual texnologiyalar ko‘p yillar davomida integratsiya qilinib keldi. Biz ishlab chiqarish sektorida sekin-asta yangi etalon ilovalarning paydo bo‘layotganini kuzatyapmiz. Bunga bir misol – ishlab chiqarish sektorining cho‘qqisidan joy olgan havo kemalarini ishlab chiqish. Yevropa va Xitoydagi samolyotsozlik zavodlari intellektual ishlab chiqarishga faol yaqinlashib kelmoqdalar.

Shu yerda men mashinaning ko‘rishidan foydalanishning kichik bir varianti haqida to‘xtalib o‘tmoqchiman. Ma’lumki, havo kemalarini ishlab chiqarishda juda ko‘p kompozit materiallar ishlatiladi. Ularni tayyorlashda uglerod tolasidan yasalgan material 70 qavatgacha ustma-ust qo‘yiladi, bunda yana qavatlar orasidagi bog‘lovchi komponent joylashadigan kenglik ikki millimetrdan kam bo‘lmasligi lozim. Bitta qavatning sifatini qo‘lda tekshirishga 40 minut ketadi. Agar qavatning sifati talabga javob bermasa, uni butunlay ajratib chiqishga to‘g‘ri keladi. Sifatni qo‘lda tekshirish ko‘p vaqt va mehnat talab qiladi, aksariyat hollarda esa uning aniqligi ham yuqori bo‘lavermaydi. Bir so‘z bilan aytganda, bu – vaqt ba energiyani behuda sarflashning o‘zginasi.

Shanxayning COMAC kompaniyasi sifatni tekshirish uchun SI bazasidagi 5G + «intellectual ko‘z»dan foydalanishni boshladi, buning natijasida sarflanadigan vaqt 40 minutdan bir minutga ham etmaydigan vaqtga qisqargan. Bundan tashqari, bu usul avval zarur bo‘lgan resurslarni 90 % dan ziyod tejash imkonini beradi.

Pandemiya davrida Airbus kompaniyasi samolyotlarni mijozlarga masofadan turib topshirishni amalga oshirish uchun elektron yetkazib berishdan foydalanishni boshlagan, bu esa yetkazib berish muddatlarini xiyla qisqartirgan.

Ko‘rib turganingizdek, yangi orientirlar intellektual ishlab chiqarishga birining ortidan biri kirib kelmoqda

5G tufayli soha korxonalari raqamli relslarga tezroq o‘tishmoqda.

Kelajakda biz mijozlarimizga foyda keltirish uchun hamkorlarimiz bilan birgalikda sohalarga oid ilovalarni ishlab chiqishni rejalashtirmoqdamiz. Mijozlarimiz 5Gning potensialidan samarali foydalanishlari uchun biz tarmoqlar, bulut, sun’iy intellekt va qurilmalar kabi sohalarda o‘z imkoniyatlarimizdan keng foydalanamiz. Bu esa 5G bazasida asosiy ilovalarni foydalanishdan dividend olishning birinchi bosqichi bo‘ladi.

Biz sohadosh sheriklarimiz bilan ishlashda sermahsul natijalarni sabrsizlik bilan kutib qolamiz.
Rahmat!