O‘zbekiston davlat tashkilotlari vakillari delegatsiyasi Huawei ning Xitoydagi bosh idorasiga tashrif buyurishdi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

O‘zbekiston davlat tashkilotlari vakillari delegatsiyasi Huawei ning Xitoydagi bosh idorasiga tashrif buyurishdi

2018.04.03

Huawei Tech Investment Tashkent Kompaniyasi Taraqqiyot strategiyasi markazi bilan hamkorlikda O‘zbekistonning davlat tashkilotlari vakillari uchun Xitoy xalq respublikasiga tashrifni tashkillashtirdi. Delegatsiya tarkibiga Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Djurayev, Toshkent Viloyat hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Qobil Xamdamov, Taraqqiyot strategiyasi markazi ijrochi direktori Akmal Burhonov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Xalqaro masalalar va  parlamentlararo aloqalar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Avazbek Jalilov va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi Axborot tizimlarni va telekommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy departament sektori mudiri Botir Xakimov kiritildi.

Huawei Technologies Co. Ltd bosh idorasiga bo‘lgan tashrifning asosiy maqsadi kelajakda O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va jamiyatda  raqamli transformatsiyada  qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan  yangi texnologiyalar bilan tanishish va tajriba almashishdan iborat. Tashrif doirasida «Xavfsiz shahar» dasturi doirasidagi Sudjou va ShenChjen politsiya bosh maxkamasi,  shahar bunyodkorligi va obodonlashtirish soxasidagi  Huawei kompaniyasining yechimlari, «Aklli shahar» uy-joy kommunal soxasi konsepsiyasida AKT dastrulari qo‘llash o‘rin olgan. Mexmonlar Kompaniyaning  favqulodda vaziyatlarni boshqarish, katta xajmdagi ma’mlumotlarni «bulutli» texnologiyalar asosida saqlash va qayta ishlash texnologiyalari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Ushbu tashrif 5 kun davom etadi va uning doirasida Huawei Tech Investment Tashkent Kompaniyasi va Taraqqiyot strategiyasi markazi o‘rtasida o‘zaro manfaatli, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari soxasidagi xalqaro xamkorlikni rivojlantirishni ko‘zda tutgan, O‘zbekistondagi AKT infratuzilmani mustaxkamlash to‘g‘risidagi hamkorkorlik memorandumi imzolalanadi. Shuningdek, Huawei kompaniyasi va XXRsi davlat vakillari bilan ushrashuvlar rejalashtirilgan.

 «Bizning asosiy maqsadimiz O‘zbekiston Respublikasi bilan xamkorlikka tayyorligimizni va davlatda amalga oshiralayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashimizni ko‘rsatishdir. Masalan, «Xavfsiz shahar» konsepsiyasi doirasida biz Sudjou shahrining tumanlaridan birida politsiya maxkamasi boshqaruv dasturini ko‘rsatdik. Ishonamanki, delegatsiya a’zolari tajriba almashib, kelajakda jamiyatni raqamli transformatsiyaga o‘tkazish uchun yangi yechimlarni joriy etish bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni oladi»,  - dedi Huawei Tech Investment Tashkent kompaniyasi direktori Van Pen.

Uchrashuv davomida delegatsiya vakillari loyixalarning iqtisodiy samaradorligi to‘g‘risida savol berib qizg‘in baxslar olib borib, O‘zbekistonda yangi texnologiyalarni joriy etishni muxokama qilishdi.

Taqidlash joyizki, yil davomida yana ikkita shu kabi tashriflar bo‘lishi rejalashtirilgan. Ular doirasida AKT soxasidagi rivojlanishda Xitoy tajribasini o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va boshqa davlat tashkilotlar vakillari qatnashishadi.