TATU talabalari “Huawei ICT Competition”ga Xitoyga yo‘l olishdi
O‘zbekistonlik talabalar va o‘qituvchi Xitoyning Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tayotgan Huawei ICT Competition global finalining innovatsion trekida ishtirok etmoqda.
2024-yil dekabr oyida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan mintaqaviy finalda sovrinli o‘rinni egallagan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari final bosqichida o‘zlarining "Sahiya" loyihasini taqdim etadilar.
"Raqamli transformatsiya sohalarni har qachongidan ham tezroq o‘zgartirmoqda va bugungi kunda AKT sohasida malakali mutaxassislarning yetishmasligi o‘sish yo‘lidagi eng katta to‘siqdir. Huawei ICT Academy va ICT Competition kabi dasturlar yordamida keyingi avlodni o‘qitish orqali biz innovatsiyalarga hissa qo‘shamiz va iste’dodlarni rivojlantirish bugungi kunda kuzatilayotgan tezkor texnologik taraqqiyot bilan hamohang bo‘lishini ta’minlaymiz. Huawei’da biz iste’dodlarga sarmoya kiritish raqamli kelajakni shakllantirishning eng samarali usuli ekanligiga qat’iy ishonamiz. Talabalarga AKT sohasida ilg‘or bilim va amaliy tajribani taqdim etish orqali biz nafaqat individual karyera o‘sishini qo‘llab-quvvatlaymiz, balki sohalarning raqamli transformatsiyasini tezlashtiramiz va butun dunyo bo‘ylab jamiyatga yordam beramiz," - dedi Huawei kompaniyasining AKT strategiyasi va biznesni rivojlantirish departamenti prezidenti Richi Pen.
Milliy va mintaqaviy darajalarda bosqichma-bosqich o‘tkazilgan to‘qqizinchi Huawei ICT Competition 2024-2025 musobaqalarida 100+ dan ortiq mamlakat va mintaqalardan 2000+ dan ortiq kollej va universitetlardan jami 210 000+ dan ortiq talaba va o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Huawei ICT Competition global musobaqasi Huawei ICT Academy bilan hamkorlik qiluvchi oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun ochiq. Tanlovlarda ishtirok etish yosh iste’dodlarga sog‘lom raqobat, fikr almashish, AKT sohasidagi bilimlarini oshirish, amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirish va eng so‘nggi texnologiyalardan foydalangan holda innovatsiyalarni rag‘batlantirish uchun platforma yaratadi. Talabalarga tarmoq texnologiyalari, bulutli hisoblash va sun’iy intellekt kabi ilg‘or texnologiyalar mavzusida amaliy laboratoriya mashg‘ulotlari, seminarlar va ma’ruzalar o‘tkazish imkoniyati yaratilmoqda.
Xitoyda ICT Competition musobaqasi universitet talabalari uchun milliy tanlovlar ro‘yxatiga kiritilgan, shuningdek, tanlov YUNESKOning Global ko‘nikmalar akademiyasi (UNESCO‘s Global Skills Academy) tomonidan asosiy hamkor dastur sifatida tan olingan.