Harakatlar so'zlardan balandroq bo'lganda: Innovatsiyalar orqali barqaror rivojlanishni targ’ib qilish

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Harakatlar so'zlardan balandroq bo'lganda: Innovatsiyalar orqali barqaror rivojlanishni targ’ib qilish

Korporativ Barqaror rivojlanish qo'mitasi raisining xabari
2023.08.08

Ilmiy tadqiqotlar va texnologik innovatsiyalar sivilizatsiya va jamiyat taraqqiyotining asosiy omillari hisoblanadi. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar atrofimizdagi dunyoni o‘zgartirib, intellektual dunyo sari harakatimizni tezlashtirmoqda. Huawei kompaniyasi uzoq vaqtdan beri dunyoni yaxshilash uchun texnologiyalardan foydalanishga sodiqdir. Umid qilamizki, biz texnologiyaning afzalliklarini hammaga yetkaza olamiz va barqaror ijtimoiy rivojlanishga yordam bera olamiz.

30 yildan ko'proq vaqt oldin biz har bir xonadonni aloqa bilan ta’minlash va hayotni kommunikatsiya orqali boyitish maqsadini qo'yganmiz. Taxminan 10 yil oldin biz o'zaro bog'langan dunyoni qurish uchun dunyoning barcha burchaklarini tarmoqlarga ulashga e'tibor qarata boshladik. Bugun biz raqamli texnologiyalarni har bir insonga, uyga va tashkilotga o'zaro bog'langan intellektual dunyoni yaratishga intilamiz.

Ushbu maqsadga erishish uchun biz to'rtta barqaror rivojlanish strategiyasiga e'tibor qaratgan holda innovatsiyalarni tatbiq etishni davom ettirmoqdamiz: raqamli inklyuzivlik, xavfsizlik va ishonchlilik, atrof-muhitni muhofaza qilish, sog'lom va uyg'un ekotizim.

Raqamli inklyuzivlik: TECH4ALL orqali yanada inklyuziv va barqaror dunyoga hissa qo'shish

TECH4ALL tashabbusi orqali Huawei kompaniyasi hamkorlar bilan texnologik innovatsiyalarni to‘rtta ustuvor yo‘nalishda: ta’lim, atrof-muhit, sog‘liqni saqlash va rivojlanish kabilarni rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rmoqda.

Ular dunyoga ijobiy o‘zgarishlar olib kelishiga ishonchimiz komil.

Ta'lim sohasida TECH4ALL o'quv dasturlari 2022-yil oxiriga kelib 600 dan ortiq maktab va 220 000 dan ortiq kishini, jumladan o'qituvchilar va talabalar, ishsiz yoshlar va qariyalarni qamrab oldi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida bizning Nature Guardians va Tech4Nature kabi dasturlarimiz butun dunyo bo'ylab 46 ta qo'riqxonalarda, jumladan o'rmonlar, botqoq yerlar va okeanlarda qo’llanilgan . Ushbu dasturlar bioxilma-xillikni saqlash va tabiiy resurslarni boshqarish bo'yicha sa'y-harakatlarning samaradorligi va barqarorligini oshirish uchun AKTdan foydalanadi.

Sog‘liqni saqlash sohasida biz texnologiyani hayotga tatbiq etish orqali qurilmalarimizning qulaylik xususiyatlarini optimallashtirishda davom etamiz. Misol uchun, bizning HarmonyOS 2 operatsion tizimimiz 2022-yilda China Telecom tadqiqot instituti o‘zining smartfon OS/IP-ning yoshi kata insonlar uchun qulaylik reytingini e’lon qilganida besh yulduzli reytingga ega bo‘lgan yagona operatsion tizim edi.

Rivojlanish nuqtai nazaridan, 20 dan ortiq mamlakatdan 400 milliondan ortiq kishi Huawei Mobile Money xizmatlaridan foydalangan. Chekka hududlar aholisi mobil hamyonlar va mobil to‘lovlar kabi raqamli bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi, bu esa mahalliy hamjamiyatlarda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatdi.

Bu raqamli texnologiyalar yanada inklyuziv va barqaror dunyoga qanday hissa qo'shishi mumkinligiga bir nechta misollar holos.

Xavfsizlik va ishonchlilik: Xavfsiz va ishonchli mahsulotlar, yechimlar va xizmatlarni taqdim etish orqali bo’lajak raqamli dunyoda hamma uchun yaxshi hayotni ta'minlash.

Huawei kiberxavfsizlik va shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilishga ustuvor ahamiyat beradi. Biz mijozlarga xavfni kamaytirish va tarmoq barqarorligini oshirishga yordam beradigan xavfsiz va ishonchli mahsulotlar, yechimlar va xizmatlarni ishlab chiqishda davom etmoqdamiz.

2022-yilda Huawei xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan 30 dan ortiq kiberxavfsizlik sertifikatlariga, jumladan, Huawei mahsulotlarining tasdiqlangan xavfsizligini koʻrsatuvchi CC EAL4+, ISO 19790 va ISO 27034 sertifikatlariga ega bo’ldi. Biz salohiyatni oshirish va qiymatni birgalikda yaratish uchun global manfaatdor tomonlar bilan faol harakat qilamiz va hamkorlik qilamiz. 2022-yilda Huawei kompaniyasi Tailand Bosh vaziri tomonidan Thailand Cybersecurity Excellence Award mukofoti va BAAning Fortress Cybersecurity Award mukofotlariga sazovor bo‘ldi.

AKT infratuzilmasi provayderi sifatida bizning asosiy ijtimoiy mas'uliyatimiz va vazifamiz tarmoqning uzluksiz ishlashini ta'minlash va foydalanuvchilar uchun uzluksiz aloqani ta'minlashdan iborat. 2022-yilda biz 300 dan ortiq yirik hodisalar va favqulodda vaziyatlarda barqaror aloqalarni taqdim etdik. Bu bizning hamjamiyatimizga xizmat qilish bo'yicha uzoq muddatli majburiyatimizning bir qismidir.

Bundan tashqari, Huawei kompaniyasi yetkazib berishning uzluksizligini va mijozlarga uskunalarni o‘z vaqtida yetkazib berishni ta’minlash uchun ilg‘or biznes uzluksizligini boshqarish tizimini yaratdi. Biz doimo o'zaro rivojlanish va umumiy muvaffaqiyat uchun ta'minotning globallashuvi va ta'minot zanjirlarining xilma-xilligiga intilamiz. Global hamkorlarimiz bilan birgalikda biz bo’lajak raqamli dunyoda hamma uchun yaxshi hayotga hissa qo‘shadigan ishonchli, xavfsiz, raqobatbardosh va sog‘lom sanoat qiymat zanjirini yaratishga intilamiz.

Atrof-muhitni muhofaza qilish: Sayyorani yaxshilash uchun texnologiyalardan foydalanish

Huawei kompaniyasi "Tech for a Better Planet" bo'yicha o'z majburiyatini bajarishda davom etmoqda. Ushbu majburiyatning bir qismi sifatida biz umumiy uyimizni uchta asosiy yo'nalishda himoya qilish uchun innovatsion yashil yechimlardan foydalanamiz: energiyani tejash va emissiyani kamaytirish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish va aylanma iqtisodiyotni rag'batlantirish. Atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha olib borilayotgan sa'y-harakatlarimiz CDP notijorat ekologik tashkiloti tomonidan e'tirof etildi, u 2022-yilda Huawei kompaniyasini "Climate A List"ga kiritdi va unga "Atrof-muhit bo'yicha eng zo'r yetakchilik" mukofotini berdi.

2022-yilda biz qayta tiklanadigan va toza energiya manbalaridan foydalanishni oshirishda davom etdik. Yil davomida qayta tiklanadigan manbalardan 390 million kVt/soat, toza energiya manbalaridan 1,8 milliard kVt/soat elektr energiyasi iste’mol qildik, bu o‘tgan yilga nisbatan mos ravishda 25 foiz va 15 foizga ko‘p.

Shenzjen va Dunguan kampuslarimiz endi 100% yashil energiya bilan ta'minlangan. Bundan tashqari, 2022-yil oxiriga kelib, raqamli energiya yechimlarimiz mijozlarga 695,1 milliard kVt/soat toza energiya ishlab chiqarishga yordam berdi, bu energiyaning 220 milliard kVt/soati faqat 2022-yilda ishlab chiqarilgan. Bu shuni anglatadiki, 2022-yilda Huawei o'zi iste'mol qilganidan 40 barobar ko'proq yashil elektr energiyasi ishlab chiqarishga yordam berdi.

Huawei kompaniyasi, shuningdek, aylanma iqtisodiyot amaliyotlari va yopiq qiymat zanjirini o'z ichiga olgan biznes modeliga amal qiladi. Ixtisoslashgan sotuvchilarning yordami bilan bizning AKT biznesimiz elektron chiqindilarining atiga 0,63 foizi chiqindixonaga tushdi va bizning iste'molchi biznesimiz elektron chiqindilari chiqindixonaga tushmadi.

Sog'lom va uyg'un ekotizim: texnologik innovatsiyalar ekotizimini rivojlantirish uchun ijtimoiy va biznes qadriyatlarini yaratish

Biz barqaror rivojlanish va biznes qadriyatlari bir-biriga zid emasligiga ishonamiz. Aksincha, ular bir-birini to'ldiradi va organik bir butunlikni hosil qiladi. Tadbirkorlik ijtimoiy qiymat yaratishi kerak, ijtimoiy qiymat esa yangi biznes imkoniyatlarini yaratadi. Ushbu ijobiy sikl biznesning globallashuv sharoitida o'sishi va rivojlanishini davom ettirish imkonini beradi.

Huawei kompaniyasi korporativ siyosati xodimlar haqida qayg‘urish va ularning xavfsizligini doimo birinchi o‘ringa qo‘yishdan iborat. Biz xodimlarni fidoyilikka ilhomlantirishda va ularning mehnat va yashash sharoitlarini yaxshilashda davom etamiz. Shu maqsadda, 2022-yilda biz xodimlarni rag'batlantirish uchun 17 milliard yuandan ortiq sarmoya kiritdik.

Huawei turli sohalarda, jumladan, savdo qoidalariga rioya qilish, poraxo‘rlikka qarshi kurash, intellektual mulkni himoya qilish va tijorat sirlari bo‘yicha muvofiqlikni yaxshilash uchun o‘zining muvofiqlik tizimini doimiy ravishda takomillashtirib boradi. Biz biznesni adolatli va ishbilarmonlik etikasi standartlariga muvofiq olib borish uchun barcha sa'y-harakatlarimizni qilamiz.

Huawei kompaniyasi global xaridlar va ta’minot zanjirining ijtimoiy va atrof-muhitga ta’sirini sinchkovlik bilan boshqarish uchun yetkazib beruvchiga tegishli tekshiruvni faol o‘tkazadi. Biz har yili asosiy yetkazib beruvchilarimizni muntazam yaxshilanishga undash maqsadida, barqarorlik ko'rsatkichlarini baholaymiz, ular bizning xarid xarajatlarimizning 90% dan ortig'ini tashkil qiladi.

Huawei kompaniyasi, shuningdek, faoliyat yuritayotgan mamlakatlarda mahalliy hamjamiyatlar uchun qiymat yaratishga intiladi. Ayni paytda biz butun dunyoda AKT sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash, startaplarni qo‘llab-quvvatlash, atrof-muhit va tabiiy resurslarni muhofaza qilishga qaratilgan 270 dan ortiq ijtimoiy dasturlarni amalga oshirmoqdamiz. Biz mahalliy hamjamiyatlarga doimiy yordam ko‘rsatib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishi va rivojlanishiga hissa qo‘shamiz.

Qadim zamonlarda odamlar har doim kelajakda ularni nima kutayotganini tasavvur qilishgan. Biz esa texnologiya yordamida unga kirishimiz mumkin. Texnologiya kompaniyasi sifatida Huawei qiyinchiliklarni yengish uchun mijozlar va hamkorlar bilan innovatsiyalar kiritishda davom etadi. Birgalikda biz BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga va barcha uchun yaxshiroq hayot qurishga yordam beramiz.

Tao Szinven, Korporativ Barqarorlik rivojlanish qo'mitasi raisi va Boshqaruv kengashi a'zosi

Barqaror rijojlanish hisobotni https://www.huawei.com/en/sustainability manzilidan yuklab olish mumkin.