Qozog‘istonda Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi hamkorlar uchun birinchi Huawei Partner Summit bo‘lib o‘tdi
Olmaota, Qozogʻiston, 2023-yil 13-iyun. Huawei Qozog‘istonda o‘zining birinchi mintaqaviy Partner Summit ni o‘tkazdi va Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasidagi sanoat yetakchilarini raqamlashtirishning cheksiz imkoniyatlarini o‘rganish uchun birlashtirdi. Huawei ning Yaqin Sharqdagi mintaqaviy ofisi yaqinda Markaziy Osiyo davlatlarini ham qamrab oldi. Kompaniyaning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi birinchi hamkorlik sammiti Qozog‘istonning Olmaota shahrida har yili o‘tkaziladigan Huawei Tech Carnival flagman tadbiri doirasida bo‘lib o‘tdi.
“Grow Together, Win the Future” mavzusidagi tadbirda Huawei korporativ yetakchilari so‘nggi mahsulot va texnologiyalar, kengroq soha tendensiyalari hamda mintaqaviy hamkorlar uchun biznes imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.
Huawei, shuningdek, bosh qarorgohi Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida joylashgan, Markaziy Osiyo mintaqasidagi xususiy va davlat tashkilotlariga AKT xizmatlari va yechimlarini taqdim etuvchi Avicom kompaniyasi bilan strategik hamkorlik shartnomasini tuzdi. Shartnoma Boku shahrida ko‘rgazmali, sinov va o‘quv maqsadlari uchun Experience & Training Innovation Centerni tashkil etishni nazarda tutadi. Imzolash marosimida Huawei Ozarbayjon bosh menejeri David Syu va Avicom kompaniyasi asoschisi Yalchin Naxmatov ishtirok etdi.
Sammit davomida Huawei hamkorlari uchun turli mahsulotlar va yechimlarni namoyish etdi. Ishtirokchilar Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo (ME&CA) mintaqasida hamkor kanallarni rivojlantirish va bozor imkoniyatlarini, shuningdek, Huawei ME&CA ning 2023-yilgacha bo‘lgan hamkorlik siyosatini muhokama qildilar.
Yuqori darajadagi hamkorlar, shuningdek, sanoatning ilg'or tajribalari bo'yicha bilimlarni o'tkazish uchun o'zlarining muvaffaqiyatli amaliy tadqiqotlari bilan o'rtoqlashdilar. Saudiya Arabistonida joylashgan Baud Telecom (KSA) kompaniyasi bosh direktori Ibrohim Al Harbush KSAda Huawei bilan muvaffaqiyatli hamkorlik va biznesni rivojlantirish rejalari haqida gapirib o’tdi.
Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo Enterprise Business Groupning boshqaruvchi direktori va katta vitse-prezidenti Alaa Elshimi ta’kidlab o’tdi: "Huawei va bizning hamkorlarimiz maqsadi yagona - diversifikatsiyalangan va farovon AKT ekotizimini yaratishda birgalikda ishlash. Mintaqaviy Huawei Partner Summit sodiq mijozlarimizga foyda keltiradigan va raqamli iqtisodiyotda yangi imkoniyatlar ochadi. Bu safar biz Markaziy Osiyo va global raqamli transformatsiya tendensiyalarining markazida joylashgan mintaqadagi hamkorlarimizni ham kutib oldik”.
Marvel Distribution kompaniyasi bosh direktorining xalqaro biznes bo‘yicha o‘rinbosari Dmitriy Nikitov Markaziy Osiyoda hamkorlik kanallarini rivojlantirish va marketing imkoniyatlari haqida taqdimot qildi va Huawei Marvel ning biznes loyihalari uchun yetakchi yetkazib beruvchi ekanligini ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, “Marvelning asosiy e’tibori raqamli ekotizimlarni mustahkamlashga va keng ko‘lamli innovatsion raqamli xizmatlar va yechimlarni taklif qilish orqali bugungi dunyoning rivojlanishi va o‘zgarishini jadallashtirish uchun hududlarimiz o‘sishini rag‘batlantirishga qaratilgan”.
Hamkorlar sammiti tantanali kechki ovqat va taqdirlash marosimi bilan yakunlandi, unda 19 davlatdan hamkorlar 32 nominatsiya bo‘yicha taqdirlandi. Huawei, shuningdek, yaqinda o'tkazilgan Enterprise Partners texnologiya tanlovi g'oliblarini taqdirladi. Mintaqada birinchi bo‘lib o‘tkazilgan tanlov uchta yo‘nalishni – Datacom (ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari), Storage (ma’lumotlarni saqlash) va Optical Networking (optik tarmoqlar)ni o‘z ichiga oldi va hamkorlarimiz uchun raqamli transformatsiyani tezlashtirishga qaratildi.
Bugungi kunda Huawei butun dunyo boʻylab 30 000 dan ortiq korporativ hamkorlar, jumladan savdo hamkorlari, yechim hamkorlari, xizmat koʻrsatish operatsiyalari boʻyicha hamkorlar, isteʼdodlar alyanslari, sarmoyaviy va moliyalashtirish boʻyicha hamkorlar, sanoat tashkilotlari va sanoat hamkorlari bilan aloqalarni davom ettirib kelmoqda. Butun jahon bozorida Huawei rivojlanish, o'stirish, motivatsiya va hamkorlarni qo'llab-quvvatlash dasturlariga sarmoya kiritishda davom etmoqda. U ekotizimning qulay ishlashini ta'minlash uchun hamma narsani qilib kelmoqda va qiladi. Kelgusida Huawei strategik hamkorlikka sarmoyalarni oshiradi, barqaror siyosatni qo‘llab-quvvatlaydi, yuqori salohiyatli hamkorlarni tarbiyalash uchun bulutli strategiyalarni qo‘llaydi va mahalliy AKT bo‘yicha iqtidorlarni rivojlantiradi.
“Birgalikda yangi qiymat yaratish uchun yetakchi raqamli infratuzilma” mavzusi ostida Huawei ME&CA Tech Carnival sanoat yetakchilarini raqamlashtirishning cheksiz imkoniyatlarini o‘rganish uchun birlashtirdi. Ushbu sammitda Huawei turli ilovalarning rivojlanishi uchun ishonchli, soddalashtirilgan, ekologik va maʼlumotlarga asoslangan asosni taʼminlovchi intellektual bulutli tarmoq, F5G va saqlash texnologiyalari boʻyicha oʻzining soʻnggi innovatsiyalari va amaliy ishlanmalarini namoyish etdi. Huawei Middle East & Central Asia Tech Carnival 2023 haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun quyidagi manzilga tashrif buyuring: https://e.huawei.com/topic/2023-ae-meca-tech-carnival/ae/