Huawei tayanch stansiya quvvat sarfini kamaytiradigan mashinani oʻrganish modellarini ishlab chiqish uchun tanlov eʼlon qildi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei tayanch stansiya quvvat sarfini kamaytiradigan mashinani oʻrganish modellarini ishlab chiqish uchun tanlov eʼlon qildi

2023.08.05

Jenevada bo‘lib o‘tgan BMTning Sun’iy intellekt bo‘yicha inklyuziv muloqot uchun yetakchi platformasi bo‘lgan “ AI for Good” global sammitida Huawei iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda sun’iy intellektning roli haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan “Muammo bayonoti”ni taqdim etdi. “Muammo bayonoti” – Xalqaro elektraloqa ittifoqi (“ITU”) va Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) boshchiligidagi BMT tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar seriyasining bir qismi boʻlib, ular “olomonning donoligidan” foydalanib, iqlim o'zgarishi bilan kurashda sunʼiy intellekt yechimlarini topadilar.

Huawei kompaniyasining 5G energiya sarfini modellashtirish vazifasi har qanday ishlab chiqaruvchining tayanch stansiyalarining quvvat sarfini kamaytiradigan mashinani o‘rganish modellarini ishlab chiqishga qaratilgan. Kelgusi oylarda butun dunyodan olimlar ushbu muammoga yechim topishga e'tibor qaratishga taklif qilinadi.

Jamoalarni ro'yxatga olish allaqachon boshlandi  va 2023-yil 30-sentyabrda tugaydi. Hakamlar hay'ati keyinchalik yil oxirida Dubayda (BAA) bo'lib o'tadigan Iqlim o'zgarishi bo'yicha   BMTning doiraviy konvensiyasining 28-Tomonlar Konferensiyasida (COP28) taqdim etiladigan eng yaxshi yechimlarni baholaydi.

Huawei kompaniyasining Global Texnik Xizmatlar va Vazifalar Koordinatori tadqiqotchisi Si Chjenning ta'kidlashicha, kompaniya "AKTning murakkab muammolariga e'tiborni jalb qilish, butun dunyo bo'ylab tadqiqotchilar va mutaxassislarni tegishli yechimlarni ishlab chiqishga hissa qo'shishga undash va haqiqiy muammolarni hal qilishda sun’iy intellekt kuchini namoyish etish"ga umid bildirmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, g‘oliblar pul mukofotlari hamda Huawei kompaniyasida stajirovka o‘tash va hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Huawei tomonidan qo'yilgan muammo tanlovning tematik yo'nalishlaridan birini qamrab oladi. Boshqa mavzular orasida  oziq-ovqat va iqlimga mos “aqlli” qishloq xo'jaligi, shuningdek, suv resurslarini boshqarish kabilar mavjud.

ITU Telekommunikatsiya standartlari byurosi direktori Seyzo Onoe taʼkidlaganidek, “AKT va sun’iy intellekt yechimlari bir-biri bilan uygʻunlashgan holda, global miqyosda sezilarli taraqqiyot zarur boʻlgan bir paytda qanday qilib aniq harakatlar uchun samarali yechimlar berishi mumkinligini” kuzatish juda muhim.

“Bu yerda e’lon qilingan, jumladan global jamiyat va  Huawei tomonidan qo‘llab-quvvatlangan,  muammo bayonotlari raqamli iqlim bo‘yicha hamkorlikda harakat qilish uchun jadallik yaratib, qiziqarli yangi yo‘llar haqida tushuncha berishi mumkin”, dedi mashinal o’rganish va 5G sohalari bo’yicha ITU Dasturlari rahbari, ITU koordinatori va menejeri Tomas Basikolo.

Bu ITU "AI/Machine Learning in 5G" toʻrtinchi tanlovi boʻlib, u 100 dan ortiq mamlakatlar, sanoat va akademik doiralar ishtirokchilarini aloqa tarmoqlarida sunʼiy intellekt va mashinalarni oʻrganishdan foydalangan holda real muammolarni hal qilish uchun birlashtiradi.

Tanlov haqida batafsil ma'lumotni bu yerda topishingiz mumkin - https://challenge.aiforgood.itu.int/