Tech Carnival 2023 doirasida Olmaota shahrida Huawei Network Summit boʻlib oʻtdi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Tech Carnival 2023 doirasida Olmaota shahrida Huawei Network Summit boʻlib oʻtdi

Huawei yettita asosiy ssenariyda uzluksiz innovatsiyalarni namoyish etadi va oltita ilg‘or ishlanmalarni ishga tushiradi
2023.06.05

[Olmaota, Qozogʻiston, 5-iyun, 2023-yil]  Tech Carnival davomida Huawei kompaniyasi Qozog‘iston, O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Pokiston va boshqa mamlakatlardan 480 dan ortiq mijoz va hamkorlarni jalb etgan Huawei Network Summit (HNS) ni muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Tadbirda Huawei oltita ilg’or innovatsiyalarni namoyish etdi va Qozog’iston IEEE bo’limi bilan HPC Lossless Ethernet va AI Fabric Network Technical White Paperni chiqarish uchun kuchlarni birlashtirdi.

Kelgusi oʻn yillikda raqamli transformatsiya global rivojlanishning kaliti boʻlib qoladi. Iqtisodiy rivojlanish noaniqliklarga to‘la bo‘lsa-da, biznes uchun bir narsa o‘zgarishsiz qolmoqda – raqamli transformatsiya rivojlanishga turtki bo‘ladi. Smart tarmoqlar IT va KTni bog'laydi va korxonalarning barcha ishlab chiqarish va ofis jarayonlarini qamrab oladi. Tarmoq texnologiyasi asosiy yangi infratuzilma sifatida hech qachon hozirgidek muhim bo'lmagan.

Huawei kompaniyasining ilg'or texnologik innovatsiyalari doimiy ravishda sanoatni ma'lumotlar kommunikatsiyalari chegarasiga olib keladi. HNS doirasida Huawei kompaniyasining mahsulot ma’lumotlari bo‘yicha vitse-prezidenti Stiven Chjao Huawei kompaniyasining yettita asosiy mahsulotdagi asosiy texnologik yangiliklari haqida gapirdi: ofis kampusi, ishlab chiqarish kampusi, o‘zaro aloqa, keng maydon tarmog‘i (WAN), ma’lumotlar markazi tarmog‘i (DCN), tarmoq xavfsizligi; tijorat va biznes bozorlari.

Stiven Chjao "Innovatsiya hech qachon to'xtab qolmaydi" nomli ma’ruza bilan ishtirok etdi

Bu sohada isbotlangan texnologiya innovatsiyalari orqali Huawei doimiy ravishda tarmoq qamrovi, intellektual operatsiyalar, sifat kafolati, xavfsizlik va ishonchlilik imkoniyatlarini yaxshilaydi. HNS ko‘rgazmasida Huawei oltita ilg’or ishlanmalarni, jumladan, flagman mahsulotlar va kelajak uchun yechimlarni taqdim etdi.

Ma'lumotlarni uzatish sohasidagi oltita ilg’or innovatsiyalarni ishga tushirish

  • Router AirEngine 8771-X1T

AirEngine 8771-X1T tarmoqdagi ilk korporativ toifadagi Wi-Fi 7 ulanish nuqtasi sifatida istalgan vaqtda va istalgan joyda tengsiz simsiz ulanish uchun rekord darajadagi 30 Gbit/s tezlik va 10 ms ultra past kechikish imkonini beradi.

  • KommutatorCloudEngine S16700

Cloud EngineS 16700 - sohadagi eng kuchli campus core kommutator bo‘lib, kelajak korporativ tarmoqlarini 400 Gbit/s tezlikka olib chiqishni ta’minlaydi. U innovatsion ortogonal ko’p qatlamli kommutatsiya arxitekturasidan foydalanadi va har bir slot uchun 14,4 Tbit/s ma'lumotlar tezligini yetkazib beradi, bu sanoatning o'rtacha uzatish ko'rsatkichidan to'rt baravar yuqori.

  • NetEngine AR8700

Net Engine AR8700 - bu yuqori mahsuldorlikka, ikkita asosiy protsessor birligiga (MPU) hamda yo'naltirish va boshqarish qatlamlarini ajratishga ega bo'lgan yangi avlod shtab-kvartirasi giperkonvergent shlyuzidir. U 3000 ta filial uchun bitta tarmoqni va 20 000 ta tarmoq elementlarini (NES) o’z ichiga olgan markazlashtirilgan boshqaruv uchun bitta platformani taʼminlovchi tarmoq masshtablashtirishini qoʻllab-quvvatlaydi.

  • Marshrutizator NetEngine 8000 F8

NetEngine 8000 F8 - bu ilg'or texnologiyalaridan foydalanadigan va 6,4 Tbit/s gacha yo'naltirish tezligiga moslashuvchan o'lchovni ta'minlovchi ultra yuqori zichlikdagi marshrutizatoridir. Port zichligi sanoatdagi yetakchi mahsulotlardan ikki baravar ko‘p va so‘nggi 10GE FlexE sub-kartasi Mbit/s darajasidagi detalizatsiya va 10 ming tarmoq bo‘laklarini qo‘llab-quvvatlaydi.

  • Kommutator CloudEngine 16800-X

CloudEngine 16800-X - hisoblash quvvatini diversifikatsiya qilish uchun ishlab chiqilgan, ma’lumotlarni qayta ishlash markazi uchun sohadagi ilk kommutatordir. U 800GE bilan ishlashga tayyor va HPC, sun’iy intellekt va yuqori unumdorlikni saqlovchi ilovalar uchun diversifikatsiyalangan hisoblash quvvatini taʼminlovchi Ethernet tarmogʻini yoʻqotishsiz yaratadi.

  • To’lov dasturlaridan himoyalanish uchun ko’p bosqichli yechim (Multilayer ransomware protection solution)

Huaweining ilk ko’p bosqichli to’lov dasturlari uchun yechim so‘nggi nuqtalar, tarmoq va saqlovchi bilan birga ishlashga mo‘ljallangan. Uchta asosiy imkoniyatlarga ega - tarmoq va saqlovchidagi ma’lumotlarni aniqlash, javob berish va tiklash - bu yechim ikkita mudofaa chizig'i va oltita mudofaa qatlamini o'z ichiga olgan keng qamrovli xavfsizlik tizimini yaratish uchun ideal mos keladi.

Hozirgi vaqtda HPC hisoblash quvvati va sun'iy intellektga global talab o'sib bormoqda. Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlar o'zlarining milliy strategiyalariga sun'iy intellektni integratsiya qilganlar.

HNS da Huawei Qozog’istondagi IEEE va BAAning yetakchi milliy fan va ta’lim tarmog‘i Ankabut bilan hamkorlikda HPC Lossless Ethernet va AI Fabric Network White Papper (texnik yo’riqnomasini) taqdim etdi.

Ushbu texnik yo’riqnomada Ethernet ma'lumotlarni qayta ishlash markazi tarmoqlari istiqbolini HPC va sun’iy intellekt ssenariylarida yo’qotishlarsiz amalga oshirish ko’zda tutiladi. Shuningdek, u tarmoq arxitekturasi, asosiy texnologiyalar, biznes qadriyatlari va eng yaxshi amaliyotlar nuqtai nazaridan so'nggi texnik tadqiqotlar va tijorat amaliyotlariga yangicha qarashni taklif etadi.

Shuningdek HNS da Huawei Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi IP Clubga a'zolik dasturini ishga tushirdi va tadbirda 200 dan ortiq ishtirokchilarni jalb qildi. Bundan tashqari, Huawei Yaqin Sharqdagi IP Club a’zolariga muhim hissa qo‘shganliklari uchun mukofotlarni topshirdi.