Huawei 2023-yilning birinchi yarim yillik bo’yicha biznes natijalarini e'lon qildi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei 2023-yilning birinchi yarim yillik bo’yicha biznes natijalarini e'lon qildi

2023.08.14

2023-yil 11-avgust kuni Huawei kompaniyasi 2023-yilning birinchi yarim yillik faoliyati natijalarini eʼlon qildi. Umumiy ko'rsatkichlar prognozlarga mos keladi.

Huawei 2023-yilning birinchi yarim yilligida 310,9 milliard yuan (42,85 mlrd. AQSh dollari) daromad oldi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,1% ga ko‘p, sof foyda marjasi esa 15,0% ni tashkil etdi. AKT infratuzilmasi biznes bo'limi 167,2 mlrd. yuan (23,04 mlrd .AQSh dollari), iste'molchi bo'limi - 103,5 mlrd. yuan (14,26 mlrd. AQSh dollari), bulutli bo'linmasi - 24,1 mlrd. yuan (3,32 mlrd. AQSh dollari), raqamli energetika bo’linmasi - 24,2 mlrd. yuan (3,33 mlrd. AQSh dollari), intellektual avtomobil yechimlari bo’linmasi - 1 milliard yuan (0,14 mlrd. AQSh dollari) daromad keltirdi.

“Men mijozlarimiz va hamkorlarimizga doimiy qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman”, dedi Huawei kompaniyasining hozirgi boshqaruv raisi Sabrina Men. “Shuningdek, men butun Huawei jamoasiga birdamlik va fidoyilik uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Huawei mijozlarimiz va hamkorlarimiz uchun qiymat yaratishga e’tibor qaratgan holda raqamlashtirish, intellektual rivojlanish va dekarbonizatsiya tendensiyalarini qabul qilish uchun fundamental texnologiyalarga katta miqdorda sarmoya kiritmoqda. 2023-yilning birinchi yarmida bizning AKT infratuzilmamiz barqarorligicha qoldi, iste’molchi biznesimiz esa o‘sishga erishdi. Raqamli energiya va bulutli hisoblash bo’linmalarimiz jadal rivojlanmoqda, bizning yangi intellektual ulangan avtomobil komponentlarimiz raqobatbardoshlikni oshirishda davom etmoqda”.

[1], Bu yerda taqdim etilgan moliyaviy ma'lumotlar audit qilinmagan, Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tayyorlangan.

[2], 2023-yil iyun oyi oxiri uchun valyuta kursi: 1 AQSh dollari = 7,2543 yuan (manba: tashqi agentliklar).