Huawei va Qozog'iston IEEE bo’limi birgalikda HPC Lossless Ethernet va AI Fabric Network White Paper ni taqdim etdi.

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei va Qozog'iston IEEE bo’limi birgalikda HPC Lossless Ethernet va AI Fabric Network White Paper ni taqdim etdi.

White Paper Huawei Middle East & Central Asia "Tech Carnival 2023" doirasida ilk marta Qozog'istonda namoyish etildi.
2023.06.08

[Olmaota, Qozog'iston, 2023-yil 5-iyun] Huawei va Qozog‘iston IEEE bo’limi hamkorlikda tarmoqlarning o‘zaro samaradorligi, tejamkorligi va moslashuvchanligi bo‘yicha tengsiz afzalliklari tufayli yuqori unumdorlikdagi hisoblash (HPC) va sun’iy intellekt ssenariylarini rivojlantirishga yordam beruvchi tarmoq yechimi bo‘lgan yo‘qotishsiz Ethernetga oydinlik kirituvchi Texnik yo’riqnomani namoyish etdi.

HPC Lossless Ethernet va AI Fabric Network Technical White Paper nomli hisobot Qozog'iston, Olmaota shahrida 5 dan 7-iyungacha ilk marta o'tkazilgan Huawei Middle East&Central Asia Tech Carnival tadbirining birinchi kunida bo'lib o'tgan Huawei Network Summit da taqdim etildi. “Birgalikda yangi qiymat yaratish uchun yetakchi raqamli infratuzilma” mavzusi ostida Middle East & Central Asia Tech Carnival Huawei dan raqamlashtirishning cheksiz imkoniyatlarini o‘rganish uchun soha yetakchilarini birlashtiradi.

White Paper taqdimot marosimida Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi tarmoq domeni prezidenti, ma’lumotlarni uzatish bo’yicha Huawei mahsulotl malumotlari bo’yicha tarmoqlar yechimi bo’linmasi prezidenti Artur Van, Qozog‘iston IEEE  bo’limidan doktor Karlo Molardi, Huawei Middle East & Central Asia mintaqasi Enterprise Business Group vitse-prezidenti Lyu Guy va Ankabut bosh direktori (BAA) Fahem Al Nuaymi ishtirok etdi.
 

white-paper-hpc-lossless-ethernet  

Foto: HPC Lossless Ethernet va AI Fabric Network White Paper taqdimot marosimi

Dunyo bo'ylab ko'plab mamlakatlar va mintaqalar raqamli transformatsiyani rag'batlantirish yo’lida yuqori samarali hisoblash va sun'iy intellektni rivojlantirishga ko'maklashuvchi siyosatni faol ravishda ishlab chiqmoqda va bu sa'y-harakatlarda yo'qotishsiz Ethernet asosiy rol o'ynaydi va o'ynashda davom etadi.

Masalan, Saudiya Arabistoni global raqobatbardoshlikni oshirish uchun yuqori samarali hisoblash tizimlari va sun'iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish maqsadida Saudi Vision 2023 strategiyasini ishlab chiqdi. Shuningdek, u yuqori samarali hisoblash va sun'iy intellekt sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini qo'llab-quvvatlash uchun Qirol Abdulaziz nomidagi Fan va texnologiya Markazini (KACST) tashkil etdi. Shuningdek, Qatar yuqori samarali hisoblash va sun'iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan Milliy strategiyasini (National Vision 2030)  ham nashr etdi. Qatar Computing Research Institute texnologik innovatsiyalarni rivojlantirish missiyasi bilan yuqori unumdorlikdagi hisoblash va sun'iy intellektga ixtisoslashgan Qatarning yetakchi tadqiqot instituti hisoblanadi. Shuningdek, BAA 2031-yilgacha sun’iy intellekt sohasidagi milliy strategiyasini (National AI Strategy 2031) ishlab chiqdi va dunyodagi birinchi sun'iy intellekt vazirini tayinlandi.

Ankabut, BAA ilg'or tadqiqot va ta'lim tarmog'i (NREN), meteorologik prognozlash va modellashtirish, hayot fani, gidromexanika va neft qazib olish kabi sohalardagi tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlash uchun 35 ta ta'lim muassasasi va 80 ta kollej va universitetlarga hisoblash xizmatlarini taqdim etish uchun o'zining superkompyuter markazida yo'qotishsiz Ethernet texnologiyasini joriy qildi.

Doktor Fahem Al Nuaymi, Ankabut bosh direktori: "Ankabut ilg'or tadqiqot va ishlanmalar va a'zo institutlar va mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni rag'batlantirishda o'z rolini o'ynashni xohlaydi. Bu rolni bajarish uchun kuchli tarmoq juda muhimdir. Huawei kabi hamkorlar bilan ishlash orqali biz BAA universitetlarini tadqiqot sohasida yetakchi qilishdan iborat missiyamizni ilgari surishda yordam beradigan istiqbolli tarmoqni qurishimiz mumkin”.

White Paper ga ko'ra, yo'qotishsiz Ethernet texnologiyasi intellektual masofaviy to'g'ridan-to'g'ri xotiraga kirish (RDMA) va tarmoq bo'ylab yukni muvozanatlashdan (NSLB) foydalanadi, bu esa paketlarni nolga tushirishga va 90% ultra yuqori tarmoq o'tkazuvchanligiga erishishga yordam beradi.

Hisobot HPC tarmoq arxitekturalarining tavsifi bilan boshlanadi: Clos, ko’p relsli tarmoq (Multi-Rail) va to’g’ridan-to’g’ri ulanish topologiyasi (DCT). Clos ko'p bosqichli arxitektura bo'lib, unda har bir kommutatsiya bloki o'zining pastki bosqichidagi barcha kommutatsiya birliklariga ulangan. Aniqroq qilib aytganda, u bloklanmaydi, qayta tiklanadi va kengaytirilishi mumkin. Multi-Rail mutloq yuk muvozanatini amalga oshirish uchun modulli qurilma hujayra kommutatsiyasidan foydalanadi. DCT o'ta katta tarmoqni, arzon narxlarni va bir nechta uchidan uchiga aloqa ulanishlarini ta’minlaydi.

Yo’riqnomada HPC dasturiy ta'minot arxitekturasi va sun’iy intellekt ilovalari ish faoliyatini ikki nuqtai nazardan qanday yaxshilashi haqida batafsil ma'lumot berilgan: tarmoqni optimallashtirish va konvergensiya, tarmoq va ilovalar tizimini optimallashtirish. Tarmoqni optimallashtirish maqsadi quyidagi texnologiyalardan foydalanadigan tarmoq bo'ylab o'tkazuvchanlikni maksimal darajada oshirish va kechikishni minimallashtirishdan iborat:

Oqimni boshqarish: sikl bufer bog'liqliklarini aniqlaydi va ularni yaratish uchun zarur shart-sharoitlarni bartaraf qiladi, PFC blokirovkasi muammosini hal qiladi va tarmoq ishonchliligini oshiradi.

Ko’p oqim nazorati: Maksimal tarmoq o‘tkazuvchanligi va tarmoqning minimal kechikishi uchun aniq tiqilib qolish haqida bildirishnoma (ECN) chegaralarini dinamik ravishda sozlash uchun sun’iy intellekt algoritmidan foydalanadi.

Trafikni rejalashtirish: NSLB texnologiyasidan foydalanib, butun tarmoq bo'ylab trafikni muvozanatlashtirib, 90% ultra yuqori tarmoq o'tkazish qobiliyatini va sun’iy intellekt ta'lim samaradorligini 20% ga oshiradi.

In-network computing (INC) texnologiyasi yuqori unumli tarmoq va amaliy tizimni birlashtirish va optimallashtirish uchun ishlatiladi. Xabarlarni uzatish interfeysi (MPI) aloqasi uchun mo'ljallangan ushbu texnologiya tarmoq qurilmalariga hisoblashda ishtirok etish imkonini beradi va yuqori unumdor kompyuterlar uchun vazifani bajarish vaqtini minimallashtiradi.

 white-peper-hpc-lossless-ethernet

Foto: HPC Lossless Ethernet va AI Fabric Network White Paper

HPC va AI konvergent bo’ladi va hamma narsaga tayyor bo'ladi, Lossless Ethernet esa HPC uchun mustahkam poydevor yaratish uchun juda mos keladi. Bu turli sohalarda hisoblash quvvatidan to‘liq foydalanishga yordam beradi, raqamli sanoat va global raqamli transformatsiyaning gullab-yashnashiga hissa qo‘shadi, o‘zaro bog‘langan intellektual dunyoni yaratishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun White Paper Texnik yo’riqnomani yuklab oling: https://e.huawei.com/en/material/enterprise/b3ff1edc31624e33af497fa5d5df87d0

Huawei Middle East & Central Asia "Tech Carnival 2023" haqida qo'shimcha ma'lumot olish uchun:

https://e.huawei.com/topic/2023-ae-meca-tech-carnival/ae/