Huawei OceanStor: DEKRA Product Carbon Footprint va DEKRA Seal sertifikatlariga ega bo'lgan tarixdagi ilk ma’lumotlarni saqlash mahsuloti

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei OceanStor: DEKRA Product Carbon Footprint va DEKRA Seal sertifikatlariga ega bo'lgan tarixdagi ilk ma’lumotlarni saqlash mahsuloti

2023.08.16

Huawei OceanStor Dorado All-Flash Storage – DEKRA ISO14067 “uglerod izi” sertifikatiga, shuningdek, mahsulotlarga qo'llanilishi mumkin bo'lgan DEKRA Seal sertifikatlariga ega dunyodagi birinchi ma’lumotlarni saqlash mahsuloti hisoblanadi. DEKRA – sinov, nazorat va sertifikatlashtirish sohasida dunyodagi yetakchi ekspert tashkilotlaridan biri. Ushbu innovatsion yutuq Huawei All-Flash Storage da mavjud bo'lgan ekologik innovatsiyalarni aks ettiradi va Huawei tomonidan energiya tejash va chiqindilarni kamaytirish yo’nalishlariga qaratilgan muhim qadamni ko'rsatadi.

2025-yilga kelib, ma'lumotlarni qayta ishlash markazlari energiya iste'moli global energiya iste'molining 4,5% ni tashkil qiladi. Shunday qilib, energiya tejamkor ma'lumotlarni qayta ishlash markazlari global dekarbonizatsiya uchun juda muhim ahamiyatga ega. Biroq, ma'lumotlarni saqlash hajmi oshgani sayin, IT-infratuzilmasining energiyani eng ko'p talab qiladigan qismiga aylanadi.

Mahsulotning uglerod izi, mahsulotning butun hayotiy sikli davomida chiqaradigan umumiy issiqxona gazlari chiqindilari hajmini o'lchaydi. Ko'pgina mamlakatlar va tashkilotlar “uglerod izi” standartlarini ishlab chiqardilar, ba'zilari esa hatto uglerodni saqlash tizimlarini joriy qilishni o'z ichiga olgan qonunchiliklarni joriy etdilar. DEKRA ekspert jamoasi ISO14067:2018 standartlariga muvofiq Huawei OceanStor All-Flash Storage ning butun hayotiy sikli davomidagi uglerod izini o‘lchadi va verifikatsiyadan o’tkazdi. DEKRA taʼkidlaganidek, Huawei mahsuloti nafaqat ISO14067 standartiga javob beradi, balki uning uglerod gazi chiqindisini kamaytirish va energiyani tejash texnologiyalari ham sohada yetakchi hisoblanadi.

28-iyul kuni Shenchjenda bo‘lib o‘tgan sertifikatlarni taqdim etish marosimida Huawei kompaniyasining Data Storage mahsulotlari liniyasi vitse-prezidenti Pan Sin ta'kidlab o'tdi: “Huawei Storage global “yashil” rivojlanish konsensusiga muvofiq, texnologik innovatsiyalar orqali jamiyatni barqaror rivojlanish sari rag‘batlantirishga intiladi. Huawei tashkilotlarda maʼlumotlarni saqlash uchun ekologik poydevor yaratish maqsadida aylanma iqtisodiyot konsepsiyasini OceanStor All-Flash Storage mahsulotlarining toʻliq hayotiy sikliga kiritmoqda. Bundan tashqari, DEKRA Storage Product Carbon Footprint va DEKRA Seal sertifikatlarini olish Huawei ekologik ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishdagi faol ishtirokini ko‘rsatadi”.

DEKRA China qoshidagi Automotive and Industrial Services vitse-prezidenti Frank Hua Huawei kompaniyasini tabriklab, “Huawei’’ kompaniyasining ma’lumotlarni saqlash mahsulotlari va yechimlari butun dunyoda keng tarqalgan. Huawei OceanStor All-Flash Storage dunyoda birinchi bo‘lib DEKRA Carbon Footprint va DEKRA Seal sertifikatlariga ega bo‘lib, ma’lumotlarni saqlash sanoatida energiya tejovchi texnologiyalarni rivojlantirishda ajoyib namuna ko‘rsatmoqda. DEKRA korxonalarning ekologik va barqaror rivojlanishi tarafdori va kam uglerodli rivojlanishga o‘tish va “yashil” kelajakni qurishda Huawei bilan hamkorlik qiladi”- dedi

Kelgusida quvvatni tejovchi ma’lumotlarni saqlash vositalari, ma'lumotlar bilan bog'liq hisoblash texnologiyalari, intellektual dasturiy-apparat ta'minot sinergetik sozlash va boshqarish kabi energiya tejovchi ma’lumotlarni saqlash texnologiyalari uglerod chiqindilarini minimallashtirish bilan birga optimal energiya samaradorligiga erishishga yordam beradi. Huawei Storage energiya tejovchi diversifikatsiyalangan texnologiyalarni izlashda davom etadi, raqamlashtirish va kam uglerodli “yashil” rivojlanishni jadallashtirish va uglerod neytralligiga imkon qadar tezroq erishish uchun global hamkorlar bilan   Ish faoliyatini davom ettiradi.