Huawei Barselonada o’tayotgan MWC 2023 da Raqamli Oʻzbekistonni qurish yuzasidan o’z qarashlari bilan oʻrtoqlashdi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei Barselonada o’tayotgan MWC 2023 da Raqamli Oʻzbekistonni qurish yuzasidan o’z qarashlari bilan oʻrtoqlashdi

2023.02.27

2023-yilning 27-fevral kuni 200 yuzdan oqtiq davlatdan tashrif buyurgan 2000 dan ortiq kompaniyalarni uzida jam qilgan Barselonada boshlangan Butunjahon Mobil Kongressi (MWC 2023) o’z ishini boshladi.  Unda 80 ming ishtirokchi, shu jumladan Oʻzbekiston delegatsiyasi forumlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, shuningdek, innovatsion texnologiyalarning eng yirik koʻrgazmasida ishtirok etadi.

MWC ning doimiy aʼzosi sifatida Huawei bu yil bir qator tadbirlar oʻtkazadi va kelajakda aqlli dunyo yaratish hamda kundalik raqamli hayot, raqamli ish, raqamli ishlab chiqarish hamda butun jamiyatning yashil va barqaror rivojlanishini taʼminlash uchun ilgʻor infratuzilma yechimlarini taqdim etmoqda.

Ishning birinchi kunida Raqamli texnologiyalar vazirligi, aloqa operatorlari va ekotizim hamkorlaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari Huawei stendiga tashrif buyurib, mamlakatda raqamlashtirishni jadallashtirish hamda Oʻzbekiston aholisiga telekommunikatsiya va raqamli xizmatlar koʻrsatish sifatini yaxshilash uchun qoʻllanilishi mumkin boʻlgan asosiy innovatsiyalar va yechimlar bilan tanishishdi. Mehmonlarga telekommunikatsiya sohasi uchun sunʻiy intellekt, bulutli hisoblash, ekologik toza va energiya tejovchi texnologiyalarga asoslangan yechimlar namoyish etildi.

      “Oʻtgan yil davomida AKT ekotizimining barcha ishtirokchilarining birgalikdagi mehnati tufayli “Raqamli Oʻzbekiston”ni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish sezilarli darajada tezlashdi. Elektron hukumat markazi uchun yagona maʻlumotlarni qayta ishlash va saqlash markazining ishga tushirilishi, aloqa operatorlari tarmoqlarini modernizatsiya qilish, shuningdek, 5G loyihalarini amalga oshirish Oʻzbekistonga raqamli transformatsiya koʻrsatkichlarini oshirish imkonini berdi, bu esa foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirishni anglatadi. Bugun MWC doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun biz AKT infratuzilmasini yanada mustahkamlashga va shu bilan birga yashil texnologiyalar orqali tarmoqlarning energiya samaradorligini oshirishga yordam beruvchi yechim va texnologiyalarni taqdim etamiz”, — dedi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Chen Szyakay.

Kongress davomida Huawei global operatorlar, soha ekspertlari va fikr yetakchilari bilan bir qator dolzarb mavzularni, jumladan, rivojlanishning yangi imkoniyatlari, 5G biznes muvaffaqiyati, 5.5Gga oʻtish, yashil rivojlanish va raqamli transformatsiyani muhokama qiladi. Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtiroki dasturida kompaniya rahbariyati bilan bir qator uchrashuv va muzokaralar oʻtkazish rejalashtirilgan.

Butunjahon Mobil Kongressi 2023 Barselonada 27-fevraldan 2-martgacha boʻlib oʻtadi. Huawei oʻz yechimlarini Fira Gran Via koʻrgazma majmuasining birinchi pavilionidagi 1H50 stendida taqdim etadi. Qoʻshimcha maʼlumot olish, shuningdek, Huawei tadbirlarida onlayn ishtirok etish uchun https://carrier.huawei.com/en/events/mwc2023  havolasiga oʻting.