Yashil texnologiyalar ShHT hududida
2022-yil 16 va 17-avgust kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan ShHT Iqtisodiy forumida raqamli energiya va “yashil” texnologiyalar bo‘yicha yechimlar muhokama qilindi.
2022 yil 16 va 17 avgust kunlari Toshkentda ShHT makonida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni muhokama qilishga qaratilgan ShHT Iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida yalpi majlis, to‘rtta panel sessiya va ShHT sanoat innovatsiyalari yarmarkasi o‘tkazildi.
Forumning birinchi kunida Huawei kompaniyasi INNO texnoparkida bo‘lib o‘tgan ShHT sanoat innovatsiyalari yarmarkasida ishtirok etib, maishiy, tijorat, sanoat va yirik quyosh elektr stansiyalari uchun aqlli yechimlarni taqdim etdi.
"Huawei yirik AKT kompaniyasi sifatida tanilgan, ammo oxirgi paytlarda biz vertikal tarmoqlarni raqamlashtirishga e'tibor qaratmoqdamiz. Yashil energetikani rivojlantirish bo‘yicha hukumatning so‘nggi chora-tadbirlarini inobatga olgan holda, qayta tiklanadigan manbalarni joriy etish O‘zbekiston uchun yashil iqtisodiyotni jadal rivojlantirishning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. Iqtisodiy forumda o‘z yechimlarimizni taqdim etishdan va hamkorlar bilan hamkorlikda quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirish bo‘yicha global tajribamiz bilan o‘rtoqlashishdan mamnunmiz. Huawei ShHTga aʼzo barcha mamlakatlarda oʻz vakillliklariga ega boʻlib, Tashkilot doirasida quyosh elektr stansiyalarini muvaffaqiyatli ishga tushirish boʻyicha qator loyihalar allaqachon amalga oshirilgan”, — dedi Huawei kompaniyasining Oʻzbekistondagi direktori Chen Jiakai. Forumning ikkinchi kunida ustuvor sarmoyaviy loyihalar, xalqaro hamkorlik va savdo-iqtisodiy aloqalarni tiklash, raqamlashtirish davridagi savdo-iqtisodiy hamkorlik, shuningdek, yashil iqtisodiyotni rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan panel sessiyalari boʻlib oʻtdi.
“Huawei Digital Power” kompaniyasining mintaqaviy eksperti Baxtiyar Nurmaganbetov “ShHT makonida yashil iqtisodiyotni rivojlantirish” panel sessiyasida “Raqamli energiya yashil rivojlanishning etakchisi” ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.Taqdimot chog‘ida ekspert barcha mamlakatlarning uglerod neytralligiga erishish va iqlim oʻzgarishini imkon qadar tezroq yumshatishga qiziqishini ta’kidladi. Uglerod chiqindilarining global tizimiga koʻra, asosiy qism elektr energiyasi ishlab chiqarish, sanoat va transport ulushiga to’g’ri keladi. Uglerod neytralligiga erishish uchun toza elektr energiyasi ishlab chiqarishga erishish, sanoatni raqamlashtirish, transport va fuqarolik energetikasini ekologik toza ishlab chiqarish jarayoniga erishmoq lozim. Ushbu asosiy senariylarga e’tibor qaratish uchun Huawei intellektual fotovoltaik tizimlar, elektr transport vositalari uchun aqlli yechimlar, AKT uchun energiya tejovchi texnologiyalar, shaharlar va jamoalar uchun kompleks aqlli energiya yechimlarini taklif etadi.
Huawei Digital Power kompaniyasi raqamli energiyani rivojlantirishga qaratilgan. 2021-yilda mijozlar Huawei Digital Power yechimlari asosida 482,9 milliard kVt/soat yashil energiya ishlab chiqardi, bu esa 14,2 milliard kVt/soat elektr energiyasini tejash va CO2 emissiyasini 230 million tonnaga qisqartirish imkonini berdi, bu 320 million daraxt ekishga teng.