Mustaqil O‘zbekistonning yangi o‘n yilligiga raqamli yutuq
Huawei kompaniyasi o‘z faoliyatini O‘zbekistonda 1999-yilda boshlagan va bugungi kunda aloqa operatorlarining AKT infratuzilmasini mustahkamlash bo‘yicha loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda hamda mamlakatni raqamli o‘zgartirish bo‘yicha hukumatga ahamiyatli loyihalarida ishtirok etmoqda.
Raqamli rivojlanish nuqtai nazaridan kompaniya uchun O‘zbekiston Respublikasi MDH hududida doimo strategik bozorlardan biri bo‘lib kelgan. Bugungi kunga kelib, korxonada 350 dan ortiq kishi mehnat qiladi, ularning 75 foizini mahalliy iste’dodlar tashkil etadi. Huawei o‘zining 23 yillik faoliyati davomida mamlakatdagi muhim tarmoq qurilish loyihalarida ishtirok etib, 2G dan 4G gacha bo‘lgan har bir yangi avlod tarmoqlarini ishga tushirishda ishtirok etdi. Ayni paytda biz 5G loyihalarini amalga oshirishda faol ishtirok etmoqdamiz, jumladan, ShHT tadbirlari arafasida Samarqanddagi Turistik Markazni qamrab olish, elektron hukumatning raqamli transformatsiyasida, shuningdek, mamlakatda qayta tiklanadigan raqamli energiyani joriy etish kabi loyihalarda.
Keyingisiga kelsak, butun jahon hamjamiyati uglerod neytralligiga erishish va iqlim o'zgarishini yumshatish uchun energiya tejovchi texnologiyalarga e'tibor qaratmoqda. Mamlakat rahbariyati tomonidan qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘yilgan maqsadlar har qachongidan ham dolzarbdir. Oʻzbekistonda esa davlat obʼyektlarini, oliy taʼlim va sanoat sohasini taʼminlash uchun “aqlli” fotoelektrik tizimlardan foydalanish boʻyicha ilgʻor tajribalarni namoyish etish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Energiya samaradorligini oshirish har bir sohada, jumladan, AKT sohasida ham ustuvor masalaga aylandi. Biz nafaqat operatorlarga uglerod chiqindilarini kamaytiradigan “yashil” tarmoqlarni qurishda, balki davlat muassasalariga ham ushbu yo'nalishda ilg'or yechimlardan foydalanishda yordam berish uchun shu yerdamiz.
Joriy yilning 27 avgust kuni Mustaqillik bayrami arafasida Respublikamiz uchun ikki muhim voqea – milliy data-markazning ishga tushirilishi va IT-Park yuqori texnologiyalar kampusining ochilishi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Prezidentiga Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikda joriy etilgan “Elektron hukumat” tizimining ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash yagona markazi taqdim etildi. Ma'lumotlar markazi xalqaro standartlarga muvofiq yaratilgan va “Uptime” xalqaro instituti tomonidan berilgan TIER III sertifikatiga ega. Biz davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilgan ishlar eʼtirofini chuqur qadrlaymiz va Oʻzbekistonda raqamlashtirishni amalga oshirishga yanada koʻmaklashishga tayyor ekanimizni bildiramiz.
IT-kompaniya vakili sifatida men hukumatning ochiqligi hamda mamlakat va millatni raqamlashtirishni jadallashtirishga tayyorligidan, shuningdek, ushbu sohadagi kompaniyalar bilan muloqot va tajriba almashish istagi borligidan mamnunman. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining IT-parkning ochilishi doirasida bo‘lib o‘tgan xalqaro AKT kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvida ishtirok etish imkoniyati yaratilgani uchun minnatdormiz. Huawei kompaniyasi nomidan Yevroosiyo mintaqasi prezidenti Deniel Chjou davlat rahbari bilan muloqotda ishtirok etdi va u Oʻzbekistonni raqamli transformatsiya va IT-sanoatni rivojlantirishga intilishida tayyoligini va qoʻllab-quvvatlashini bildirib o’tdi.
O‘zbekistonni mintaqaviy axborot texnologiyalari markaziga aylantirish bo‘yicha katta rejalar kutib turibdi va AKT infratuzilmasini mustahkamlash, “yashil” texnologiyalardan foydalanish va aholining raqamli bilimini oshirish orqali barcha maqsadlarga albatta erishiladi. Huawei kompaniyasi nomidan barcha O‘zbekiston xalqini Mustaqillik kuni bilan tabriklashga va ularga davomiy farovonlik tilashga ijozat bergaysiz!
Chen Szyakay, Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori.