IT Park jamoasi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi ofisiga tashrif buyurdi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

IT Park jamoasi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi ofisiga tashrif buyurdi

2022.06.24

2022-yil 21-iyun kuni IT-Park jamoasi kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyati va global miqyosda raqamli transformatsiya sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishish maqsadida Huawei ofisidagi innovatsion integratsiya markaziga tashrif buyurdi.


Raqamli ta’limni rivojlantirish bo’yicha direktor o’rinbosari Abdulahad Quchkarov boshchiligidagi IT Park rahbariyati kompaniyaning Respublikadagi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida O‘zbekistondagi Huawei innovatsion integratsiya markaziga tashrif buyurdi. Koʻrgazma zaliga tashrif davomida mehmonlarga qurilayotgan IT Park kampusi hududidagi infratuzilmani mustahkamlash maqsadida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan yechimlar, shuningdek bulutli texnologiyalar, 5G, hamda muqobil energiya manbalari taqdim etildi. Shuningdek, O‘zbekistonda joylashgan va Yevroosiyo, G‘arbiy Yevropa va Shimoliy-Sharqiy Yevropadagi Huawei ofislari uchun tarmoqni rejalashtirish va rivojlantirish loyihalarini autsorsing orqali qo‘llab-quvvatlaydigan beshta Huawei Global Marketing Markazlaridan birining (MSSC) faoliyati ham taqdim etildi. Mazkur markaz 2012-yilda O‘zbekistonda mahalliy kompaniya negizida ochilgan bo‘lib, unda 120 dan ortiq kishi mehnat qilmoqda. MSSC mutaxassislari boʻlimning tashkiliy tuzilmasi hamda markaz faoliyatini muvofiqlashtirish uchun foydalaniladigan asosiy platformalar va jarayonlarni taqdim etdi, bu Huawei tajribasiga asoslangan BPO xizmatlarini joriy etishning eng yaxshi namunalaridan biridir.

“Biz IT Park jamoasiga kompaniyamizga tashrif buyurgani uchun minnatdorchilik bildiramiz va shu jumladan, bu yerda innovatsion yechimlar va yashil texnologiyalarga asoslangan raqamli transformatsiya haqidagi tasavvurlarimizni baham ko‘rishdan mamnunmiz. O‘zbekiston IT-parki butun dunyo uchun IT-resurslarni taqdim etishda global o‘yinchi sifatida o‘z salohiyatini oshirib, mamlakat IT-sanoatining asosiy markaziga aylanmoqda. BPO markazlari, yoshlar uchun IT-markazlari, raqamli bilimlarni oshirish boʻyicha taʼlim dasturlarini ishga tushirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar yaqin kelajakda Oʻzbekistondan IT-xizmatlar eksportini koʻpaytirish va mamlakat farovonligini oshirishda oʻz samarasini beradi. Huawei uchun bu yo‘nalishdagi olib borilayotgan ishlarning bir qismi bo‘lish katta sharafdir”, - dedi Chen Szyakay.

Tashrif chog‘ida ta’lim sohasidagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish va IT-sohasi mutaxassislari va keng aholi qatlamlari o‘rtasida raqamli bilimlarni oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar 5G, bulutli hisoblash, sun’iy intellekt va tarmoq xavfsizligi kabi bugungi sanoat tendensiyalariga e’tibor qaratgan holda mavjud Huawei Talent ta’lim platformasi va Huawei AKT Akademiyasi asosida ta’lim loyihalarini amalga oshirish rejalarini muhokama qildilar.

2022-yil yanvar oyida O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasi va IT Park o‘rtasida hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan edi. Muntazam ravishda dolzarb masalalar yuzasidan uchrashuvlar, muzokaralar o‘tkazilmoqda.