Huawei O‘zbekistonda yangi bosh direktor tayinlangani haqida e’lon qildi
Chen Szyakay (Chen Jiakai) O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasining bosh direktori lavozimiga tayinlandi.
Bu lavozimda Chen Szyakay O‘zbekistondagi biznes strategiyasi va ofis boshqaruvi uchun mas’ul bo‘ladi, shuningdek avvalgi direktor janob Liu Jiaxing tomonidan berilgan O‘zbekistonning raqamli rivojlanishiga ko‘maklashish bo‘yicha izchil ishlarni davom ettiradi.
Yangi direktorning asosiy vazifalari mahalliy hamkorlar, aloqa operatorlari, ishlab chiqaruvchilar, ta’lim muassasalari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirishdan iborat bo‘ladi. Chen Szyakay rahbarligida Huawei hamkorlar bilan mavjud AKT infratuzilmasini mustahkamlash va 5G, sunʼiy intellekt, bulutli yechimlar kabi yangi texnologiyalarni joriy etishda davom etadi.
“Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori lavozimiga tayinlanganimdan mamnunman, sababi- bu yerda mamlakat rahbariyati axborot-kommunikatsiya sohasini rivojlantirish, raqamli xizmatlarni kundalik hayotga jadal joriy etishga alohida e’tibor qaratmoqda. Huawei O‘zbekistonda 20 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritib keladi va har bir inson, uy va tashkilot uchun qiymatlar yaratish maqsadida mahalliy operatorlar va hamkorlar bilan hamkorlik qiladi. Shuningdek, innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali jamiyatni yaxshilashga hissa qo‘shishga umid qilaman”, — dedi Chen Szyakay.
Chen Szyakay, O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasining direktori
Chen Szyakay O‘zbekistondagi Huawei bosh direktori lavozimiga tayinlanishidan oldin Huawei kompaniyasining Gonkongdagi ofisida Telekommunikatsiyalar bo‘limi direktori lavozimida ishlagan. U 1981-yilda tug‘ilgan, Shanxay Tongji universitetini arxitektura va shaharsozlik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan va 2008-yilda Huawei kompaniyasiga qo‘shilgan. Chen Szyakay Huaweidagi faoliyati davomida Xitoyning mobil hisobini boshqarish bo‘yicha katta direktori, Xitoy mobil hisobining asosiy direktori, Filippindagi Huawei Globe Account, Huawei Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasi bo‘yicha katta loyiha menejeri va Huawei Osiyo Tinch okeani bo‘yicha texnik menejeri lavozimlarida ishlagan
2018 yildan 2022 yilgacha O‘zbekistondagi vakolatxonasining bosh direktori lavozimida ishlagan Lyu Szyasin kompaniyaning yuqori lavozimli boshqaruv siyosatiga muvofiq Perudagi Huaweining bosh direktori lavozimiga o‘tdi.