Qanday qilib HUAWEI nova sizning turmushingizga zeb beradi?

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Qanday qilib HUAWEI nova sizning turmushingizga zeb beradi?

2022.12.26

HUAWEI nova smartfonlarining har bitta avlodi ilgʻor texnologiyalar asosida yaratilib, zamonaviy dizayn, qudratli kamera, aʼlo darajali funksiyalar va intellektual muloqotda oʻz aksini topuvchi innovatsiyalar gʻoyasini ifoda etadi.  Yangi HUAWEI nova 10 seriyasi ham mazkur gʻoyani davom ettirgan holda HUAWEI nova 10 Pro, HUAWEI nova 10 va HUAWEI nova 10 SE modellarini qamrab oluvchi 10-avlod qurilmalarining silsilasini boshlab berdi. 

Quyida HUAWEI nova 10 seriyasidagi qurilmalarning texnik xususiyatlari va funksiyalari haqida batafsil maʼlumot keltiriladi.

Zamonaviy inflyuenserlar uchun bashang dizayn

HUAWEI nova 10 seriyasi Miltillovchi kulrang, Porloq qora, Yalpizsimon yashil va Lavanda ranglarida taqdim etilgan boʻlib, ularning fazoviy shuʼlasi qanday uslub tanlanganidan qatʼi nazar, sizning qiyofangizni boshqalardan yaqqol ajratib turadi. Hashamat va noziklik tarovatini hosil qilish uchun bir xil tusli va neytral kiyimlar bilan Miltillovchi kulrang va Porloq qora rangidagi nova 10 Pro modelini uygʻunlashtirish tavsiya etiladi.  Yalpizsimon yashil rangidagi Nova 10 SE navqironlik va hayotiy quvvatni aʼlo darajada taʼkidlay oladi, mayin Lavanda rangli nova 10 esa sokinlik va tabiat bilan qorishish hissiyotini yaratadi. Bu har ikkala model rangba-rang libos yoki guldor naqshli aksessuarlarni xush koʻradigan zamonaviy inflyuenserlarga mos tushib, ularning qiyofasiga bir maromda zeb bagʻishlay oladi.


Havaskorlar va professional fotograflar uchun kameralar

HUAWEI nova 10 seriyasidagi kameralar har qanday darajadagi fotograflarning talablariga javob bera oladi.

HUAWEI nova 10 va nova 10 Pro qurilmalari Ultra Vision 50 MP RYYB va avtomatik fokuslash funksiyasiga ega 8 MP aniqlikdagi ultrakeng burchakli makromoduldan iborat asosiy Ultra Vision kamerasi bilan jihozlangan boʻlib, bu ayniqsa endigina fotografiya olamiga kirib kelayotgan suratkashlar uchun ayni muddaodir. Yangi fotograflarga bitta qurilmaning oʻzida har xil tasvirga olish usullarini sinab koʻrish imkoniyatini taqdim etish uchun asosiy dinamik kamera yordamida smartfon har qanday sahnalarni, deylik, baland togʻlar tizmasidan gul bargidagi shudring qatrasigacha boʻlgan manzaralarni obyektivga muhrlay oladi.


Har kunlik kontentni yaratishga xizmat qiladigan vositalar

HUAWEI nova 10 SE modelining asosiy kamera moduli tasvirlarni qayta ishlovchi RAW tizimi bilan jihozlangan boʻlib, u yuqori aniqlikdagi High-Res 108 megapikselli[1] asosiy modul, 8 megapikselli oʻtkirlik chuqurligini oʻlchaydigan ultrakeng burchakli modul va 2 MP aniqlikka ega makromoduldan tashkil topgan. 9 ta pikselni 1 ta pikselga birlashtirish texnologiyasi kengaytirilgan yoritish diapazoni tufayli ajoyib detalizatsiya darajasini taʼminlaydi. f/1.9 formatdagi keng diafragma esa koʻproq yorugʻlikni oʻtkazish va orqa fonni tabiiy xiralashtirish uchun oʻtkirlik chuqurligini yaxshilash imkonini berib, tasvirga olish obyektiga butun eʼtiborni jalb etadi. RAW formatidagi kadrlarni birlashtirish algoritmi turfa xil tasvirga olish ssenariylarida yuqori samaradorlikni taʼminlaydi. nova 10 SE smartfoni ham bino ichida, ham tashqarida, qorongʻilik yoki xira yoritish sharoitida ham ajoyib suratlarni tushira oladi.



Geymerlar va koʻngilochar mashgʻulot ishqibozlari uchun funksiyalar toʻplami

Mobil oʻyinlar rivojlangan bir davrda, foydalanuvchilar oʻyin funksiyalarining keng toʻplamiga ega smartfonlarni afzal koʻrishadi. HUAWEI nova 10 va nova 10 Pro smartfonda o’yin sifatini oshiruvchi yangi Touch Turbo 2.0 texnologiyasi bilan kuchaytirilgan. Foydalanuvchilar kerakli amalni ishga tushirish uchun shunchaki qurilmani silkitishlari kifoya. Bu xususiyat MOBA, action va poyga janridagi o’yinlarni xush koʻruvchi kishilar uchun juda asqatadi. Smartfonning holatini oʻzgartirgan holda, oʻyinchilar hech qanday qiyinchiliksiz nishonga olishi, otishi, aslaha-anjomlarni almashtirishi, qurolni qayta oʻqlashi va oldinga yurishlari mumkin.

Bundan tashqari, nova 10 seriyasidagi smartfonlarda HUAWEI SuperCharge tezkor quvvatlash funksiyasi ham mavjud boʻlib, u qurilmani sanoqli daqiqalarda zaryadlay oladi. Endi batareyaning ish vaqti haqida oʻylanaverib, bezovta boʻlishga hojat yoʻq. Navbatdagi oʻyinni yuklab olishi yoki quvvatlanishi uchun shunchaki oʻz nova 10 Pro telefoningizni 20 daqiqa chetga surib qoʻying. Tanaffusdan keyin sevimli serialingizni tomosha qilish yoki maroqli oʻyinni oʻynashga qaytishingiz mumkin.

HUAWEI nova 10 seriyasidagi smartfonlar haqida batafsil.

[1] Asosiy kamera moduli High-Res nomli yuqori aniqlik rejimi bilan birgalikda maksimal 108 MP sifatdagi rasmlarni hosil qiladi. Haqiqiy maʼlumotlar farqlanishi mumkin.