Huawei va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi

2022.08.29

O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasi va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash sohasida hamkorlik qilishga qaratilgan o’zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

2022-yilning 29-avgust kuni Huawei kompaniyasining Yevroosiyo mintaqasi prezidenti Daniel Chjou O‘zbekiston Respublikasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi. Universitet rahbariyati Huawei kompaniyasi vakillari uchun umumiy ekskursiya uyushtirdi va ta’lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Universitet rektori Sodiq Safoyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan raqamli transformatsiyalar, jumladan, oliy ta’lim sohasidagi masalalarni ham muhokama qildilar.

“Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda 23 yildan ortiq faoliyat yuritib kelmoqda va shu vaqt ichida yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va raqamli ko‘nikmalarni oshirish maqsadida mahalliy universitetlar va ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Bugun biz Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishish va kompaniyamiz bilan hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish imkoniga ega bo'lganimizdan mamnunmiz. Huawei ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va aqlli kampuslar yaratish bo‘yicha katta tajribaga ega, bu universitet pedogogik xodimlari va talabalariga o‘quv jarayonida raqamli yechimlarni qo‘llash imkonini beradi”, — deb ta’kidlab o’tti Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Chen Szyakay.

Tashrif natijasida O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasi va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Memorandum o‘quv jarayonlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish sohasida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, universitet xodimlari va talabalarining ilmiy-texnik salohiyatini rivojlantirish uchun qo‘shma tadbirlar o‘tkazish va tajriba almashishga qaratilgan.

Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda 23 yildan ortiq faoliyat yuritib kelmoqda. Kompaniya o‘z faoliyati davomida mamlakatimizning IT-ta’limga ixtisoslashgan yetakchi universitetlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib kelmoqda. Ular orasida TATU, Inha universiteti, Amity universiteti, Turin politexnika universiteti, Yeoju texnika instituti ham bor. Har yili yuqorida qayd etilgan universitetlar talabalari Huawei kompaniyasining “Seeds for the Future” global taʼlim loyihasida ishtirok etib kelmoqdalar. Ushbu loyiha joriy yilning noyabr oyida Oʻzbekistonning iqtidorli yoshlarini sakkizinchi bor birlashtiradi.