Oʻzbekiston delegatsiyasi Barselonada boʻlib oʻtayotgan MWC22 Jahon Mobil Kongressi doirasida Huawei koʻrgazmasiga tashrif buyurdi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Oʻzbekiston delegatsiyasi Barselonada boʻlib oʻtayotgan MWC22 Jahon Mobil Kongressi doirasida Huawei koʻrgazmasiga tashrif buyurdi

2022.03.02

28-fevral kuni Jahon Mobil Kongressi (MWC 2022) – AKT texnologiyalari sohasidagi eng yirik tadbirlardan biri oʻz eshiklarini ochdi. Bu yilgi kongress dunyoning 183 dan ortiq davlatidan 1800 dan ortiq kompaniyalarni birlashtirdi. Turli xil forumlar, davra majlislari, hamkorlar konferensiyalari dasturi, shuningdek 7 ta koʻrgazmalar zallarida raqamli texnologiyalar sohasida namoyish etilgan soʻnggi innovatsiyalar namoyishi Fira Gran Via majmuasida minglab ishtirokchilarni birlashtirdi.

Koʻrgazma majmuasining birinchi pavilyonida Huawei kompaniyasi yirik IT giganti sifatida uyali aloqa operatorlari, davlat sektori va yirik sanoat vakillari uchun, shuningdek, butun dunyo boʻylab yakuniy foydalanuvchilar uchun oʻz yechimlari va texnologiyalarini taqdim etdi. Bu yil Huawei barqaror rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida soddalashtirilgan, ekologik toza va aqlli infratuzilmani yaratishga alohida e’tibor qaratmoqda.

“Bilasizki, Jahon Mobil Kongressi AKT sohasidagi eng yirik tadbirlardan biri va Huawei ham yirik telekommunikatsiya kompaniyasi sifatida bu kongressda 15 yildan ortiq vaqtdan beri ishtirok etib keladi. Oxirgi ikki yil ichida barcha sohalar pandemiya va uning oqibatlaridan maʼlum darajada jabr koʻrdi va endi-endi odatiy oʻsish surʼatlarini tiklamoqda. Shu bois, bugun biz bu yerda samaradorlikni tezroq oshirish va dunyoning barqaror rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratish maqsadida turli vertikal sanoatlar uchun yangi texnologiyalarni taqdim etmoqdamiz. Tadqiqot va ishlanmalarga doimiy sarmoya kiritishdan tashqari, biz korporativ ijtimoiy masʼuliyatimizga ham katta eʼtibor beryapmiz. Biz qaysi texnologiyalarni – 3G, 4G, 5Gʼni joriy qilishimizdan qat’iy nazar, doimo birinchi navbatda yashil texnologiyalarni yaratish haqida qaygʻuramiz. Barcha soʻnggi 5G yechimlari oldingilaridan koʻra yanada samaraliroq va ularni qoʻllash energiya sarfini yanada kamaytirishga va dunyoni yanada koʻkalamzorlashtirishga imkon beradi”, — deya taʼkidladi Oʻzbekistondagi Huawei kompaniyasining yangi direktori janob Chen Szyakay.

Respublikamizda raqamli transformatsiyasini jadallashtirishga katta qiziqish mavjudligini hisobga olgan holda Oʻzbekiston delegatsiyasi ham kongressda ishtirok etmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi mobil aloqa operatorlari va AKT regulyatorlari vakillari Huawei koʻrgazmasiga tashrif buyurib, kompaniyaning soʻnggi innovatsion yechimlari bilan tanishdilar. Mehmonlarga aholi uchun raqamli xizmatlarni kengaytirish va yashil ekotizimni yaratish maqsadida mavjud AKT infratuzilmasini mustahkamlash orqali hamma joyda ishlaydigan aloqani yaratishga imkon beradigan telekommunikatsiya yoʻnalishlari namoyish etildi.

Oʻzbekiston delegatsiyasining Jahon Mobil Kongressiga tashrifi doirasida Huawei kompaniyasi rahbariyati bilan ham qator muzokaralar va uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.