Toshkentda Yevroosiyo “Data Center & Cloud Forum” bo‘lib o‘tmoqda

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Toshkentda Yevroosiyo “Data Center & Cloud Forum” bo‘lib o‘tmoqda

2022.10.03

Toshkentda maʼlumotlarni qayta ishlash va saqlash markazlari (DPC) va bulutli hisoblash uchun texnologik yechimlarga bagʻishlangan “Data Center & Cloud Forum” Yevroosiyo forumi boʻlib oʻtmoqda.

Forum doirasida 3-oktabr kuni Huawei kompaniyasi Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida asosiy mavzusi “Yevrosiyo mintaqasida raqamli transformatsiyani tezlashtirish uchun toʻliq maʼlumotlar markazi ekotizimini birgalikda qurish”bo’lgan HUAWEI Day0 nomli strategik sessiyasini o‘tkazdi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov tabrik so‘zi bilan ochib,  “Raqamli O‘zbekiston”ni rivojlantirish bo‘yicha erishilgan asosiy yutuqlar va davlat tomonidan mamlakatning IT imkoniyatlarini amalga oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni qayd etdi.

Huawei Yevroosiyo mintaqasi prezidenti Daniel Chjou ham tabrik nutqi bilan chiqdi va O‘zbekistonning raqamli rivojlanish sohasida sezilarli yutuqlaridan BMT yaqinda e’lon qilgan “Elektron hukumat”ni rivojlantirish global reytingi bo‘yicha O‘zbekiston 18 pog‘onaga ko‘tarilgani, shuningdek, va 2022 yilgi Global innovatsiyalar indeksida mamlakat o‘rnini 4 pog‘onaga yaxshilangani dalolat berishini qayd etib o’tdi.

“O‘zbekiston global raqamli tendensiya doirasida muvaffaqiyatli rivojlanib, davlat xizmatlarining raqamli transformatsiyasini jadallashtirishga faol sarmoya kiritmoqda. Ko‘pgina davlatlar bu tendensiyaga amal qiladi, biroq bulutli texnologiyalar O‘zbekistonni yetakchi qiladigan yagona narsa emas. Yagona maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazining yaratilishi bilan Oʻzbekistonda mutlaq imkoniyatlarga ega maʼlumotlar markazlarining yangi davriga eshik ochdi. Milliy maʼlumotlar markazini yaratish boʻyicha amalga oshirilgan loyiha boshqa davlatlar uchun namuna boʻldi va biz uni birgalikda va o'zaro manfaatli Evrosiyo ekotizimini qurish uchun baham ko'rmoqchimiz”, dedi Huawei kompaniyasining Yevroosiyo mintaqasi prezidenti Deniel Chjou oʻzining tabrik nutqida.


Strategik sessiya maʼlumotlar markazlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish, bulutli xizmatlarni taqdim etish va rivojlantirish boʻyicha tajriba almashish uchun professional platformaga aylandi. Muhim yo‘nalishlar qatorida raqamlashtirishni rivojlantirishning hozirgi ehtiyojlari va yangi imkoniyatlari, ma’lumotlar markazlarini, bulutlarni qurishning amaliy jihatlari, mintaqada raqamli transformatsiyani jadallashtirish uchun sun’iy intellektdan foydalanishning turli soha senariylari muhokama qilindi. Asosiy ma’ruzachi sifatida “Elektron hukumat” loyihalarini boshqarish markazi direktori Aziz Muxitdinov, shuningdek, iKS-Consulting, ICS-Media, Uptime Institute, ZBS kabi yirik tashkilot va kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

Toshkentda bulutli texnologiyalar va maʼlumotlar markazlari mavzusidagi strategik sessiyaning oʻtkazilishiga Oʻzbekistonning raqamli rivojlanish sohasidagi soʻnggi muvaffaqiyatli tajribasi sabab boʻldi. 2022-yil 27-avgust kuni Respublikada Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikda joriy etilgan “Elektron hukumat” tizimini saqlash va qayta ishlash bo‘yicha yagona ma’lumotlar markazi ishga tushirildi. Data-markaz xalqaro standartlarga muvofiq yaratilgan va Uptime xalqaro instituti tomonidan berilgan TIER III sertifikatiga ega. Loyiha O‘zbekiston Prezidentiga taqdim etildi va davlat xizmatlari, sanoat tarmoqlari va iqtisodiyotning turli tarmoqlarini yanada raqamli rivojlantirishga asos soldi.

Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda 23 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritib, mamlakatning AKT infratuzilmasini mustahkamlash bo‘yicha davlat muhim loyihalarida, jumladan, beshinchi avlod tarmoqlarini joriy etish va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish loyihalarida ishtirok etib kelmoqda. Respublikaning bulutli texnologiyalarni joriy etish va raqamli salohiyatini rivojlantirishga keyingi texnologik hissa qo‘shish maqsadida 2022-yil 23-may kuni Huawei kompaniyasi “Elektron hukumat” loyihalarini boshqarish markazi bilan o‘zaro anglashuv memorandumini tuzdi.