“Huawei” kompaniyasi “RuralStar Pro” yechimining tijoriy hajmlarda ishga tushirilishini e'lon qildi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

“Huawei” kompaniyasi “RuralStar Pro” yechimining tijoriy hajmlarda ishga tushirilishini e'lon qildi

2021.02.23

Shanxay, Xitoy, 25 fevral 2021 yil – Shanxaydagi Butunjahon Mobil Kongress-2021 doirasida “Huawei” kompaniyasi o'zining innovatsion “RuralStar Pro” yechimini Xitoyning Guychjou provintsiyasida joylashtirilishini e'lon qildi. Ushbu yechim foydalanish imkoniyatlari va transport birlashtirilishi modeliga (Integrated Access and Backhaul, IAB) muvofiq ishlab chiqilgan. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, bu chekka qishloq joylarida ovozli va mobil keng polosali xizmatlarni ko'rsatish uchun tayanch stantsiyalarni joylashtirishga sarflanadigan xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirilishiga olib keladi.

“Huawei”ning simsiz yechimlar tarmog’i prezidenti Devid Go “RuralStar Pro” haqida batafsil so’zlab berdi. Janob Goning ta'kidlashicha, dunyo bo'ylab 600 million odam hali ham uyali aloqa imkoniyatidan mahrum bo'lib, “RuralStar Pro” yechimi uzoq masofada joylashgan hududlarda yuqori tezliklarda ulanishlarni maqbul narxda yetkazib berilishini ta'minlaydi. Yechim boshqaruv blokini (BBU), radio blokni (RRU) va radiorele uskunalarini yagona qurilmaga birlashtiradi, shuning uchun joyida faqat bitta “RuralStar Pro” tizimini o'rnatish kerak bo’ladi. Quvvat iste'moli 120 Vtdan quyi ko’rsatkichga ega. Tizim qishloq aholi punkti ma'muriyatining sa'y-harakatlari bilan o'rnatilishi va ishga tushirilishi mumkin, uning konfiguratsiyasini esa muhandis masofadan turib amalga oshira oladi. Janob Goning ta'kidlashicha, ushbu yondashuv yechimni joylashtirish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi va sarmoyalar bor-yo’g’i 3 yil ichida oqlanadi.

 

”Huawei” kompaniyasining Simsiz yechimlar yo’nalishi prezidenti Devid Go “RuralStar Pro” yechimini taqdim etmoqda

“RuralStar Pro” allaqachon Guychjou provintsiyasidagi Maopo qishlog'ida tijoriy asosda ishga tushirilib bo’lindi. Ushbu loyihani amalga oshirish mintaqada raqamli texnologiyalarni joriy etishga hissa qo'shdi. Qishloqda joylashgan vodiy aksariyat hollarda tuman bilan qoplanadi, bu esa radiorele tizimlaridan foydalanishga to'sqinlik qiladi, tog'li burama yo'llar bo'ylab optik tolali kabel yotqizish narxi esa nihoyatda yuqori. “RuralStar Pro” yordamida tayanch stantsiyani o'rnatish va LTE hamda VoLTE texnologiyalariga atigi 2 soat ichida ulanish mumkin bo’ladi. Ayni paytda aholi punktining mobil aloqa tarmog'i bilan qamrab olinishi 85 foizni tashkil etadi, quyi oqim aloqa kanali orqali ma'lumotlarni uzatish tezligi 30 Mbit/sgacha yetadi.

Gana elektron kommunikatsiyalar bo'yicha investitsiya jamg'armasi (GIFEC) bosh direktori Abraxam Kofi Asante ham Shanxayning “MWC Shanghai” ko’rgazmasida qatnashib, o'z tashkilotining qishloq joylarda tarmoqlarni joylashtirish rejalari haqida gapirib berdi. GIFEC “Huawei” bilan hamkorlikda 2000dan ortiq joylarda “RuralStar” yechimlarini o'rnatishni rejalashtirmoqda. Qo'shma loyiha doirasida 172ta qishloq tumanlarida 3,4 million kishi aloqa imkoniyatiga ega bo'lishi va Gana uyali aloqa tarmoqlari 83 foizdan 95 foizgacha o'sishi kutilmoqda. Janob Asantening so'zlariga ko'ra, bu mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishga katta turtki beradi. Ushbu loyiha doirasida GIFEC infratuzilmaning qurilishi uchun mas'ul bo’lib, aloqa xizmatlari esa mahalliy operatorlar tomonidan taqdim etiladi. Daromadlar GIFEC va operatorlar o'rtasida taqsimlanadi. Loyiha joriy etilishi jadal sur’atlar bilan davom etmoqda: 400dan ortiq “RuralStar” yechimlari joylashtirildi va allaqachon daromad keltirmoqda. Ushbu tashabbus 3 yildan kam vaqt ichida o'z samarasini berishi kutilmoqda.

“Orange Guinea” kompaniyasi bosh direktorining o'rinbosari Fatogoma Aristid Sanon Gvineyadagi raqamlashtirish strategiyasi haqida so'zlab berdi. U pandemiya davrida raqamli texnologiyalar mamlakat hayotining barcha jabhalarida, jumladan, iqtisodiyot, ta'lim va sog'liqni saqlashda hal qiluvchi rol o'ynaganini ta'kidladi. “Orange” barcha gvineyaliklarni raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini ta'minlashga intilmoqda.

Janob Go o'zining taqdimotini yakunlab, “Huawei” kompaniyasining “RuralStar” yechimi ilk bor ishga tushirilganidan beri 3 yil ichida maqsadga muvofiq ravishda modernizatsiya qilinganligini va kompaniya doimiy ravishda innovatsiyalarni joriy qilishga intilayotganini aytib o’tdi. Kompaniya bu yo’nalishda har bir shaxsga raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini berishini, ushbu texnologiyalarni har bir uyga va tashkilotga yetkazib berish uchun doimiy ravishda innovatsiyalarni joriy etishga sodiqligini ta'kidladi.

Shanxaydagi MWC-2021 kongressi haqida

“MWC Shanghai 2021” kongressi 23-25 fevral kunlari Xitoyning Shanxay shahrida bo'lib o'tdi. “Huawei” kompaniyasi o'z mahsulotlari va yechimlarini Shanxay Yangi Xalqaro Ko'rgazma Markazining (SNIEC) N1 zalidagi E10, E50 va E90 stendlarida namoyish etdi. Qo'shimcha ma'lumot olish uchun: https://carrier.huawei.com/en/events/mwcs2021 sahifasiga tashrif buyuring.