Tayuanda (Shansi) intellektual ko’mir konlari innovatsion laboratoriyasining ochilishi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Tayuanda (Shansi) intellektual ko’mir konlari innovatsion laboratoriyasining ochilishi

2021.02.09

“Huawei” kompaniyasi “Shanxi Coal”ga texnologik isloh etilishida yaqindan ko’maklashib, foydali qazilmalarni intellektual qazib chiqarilishini yo’lga qo’yish uchun “Shanxi Model”ini yaratmoqda

[Shansi, Xitoy, 9 fevral 2021 yil] Tayuanda, Shansi provinsiyasi, Shansi provinsiyasining Xalq hukumati, “Huawei Technologies Co.”, “Jinneng Holding Group” va “Shanxi Cloud Era Technology Co., Ltd.” Intellektual ko’mir konlari innovatsion laboratoriyasini ochdilar. Laboratoriya Shansi provinsiyasidagi ko'mir konlari faoliyatini yaxshilash, yuqori xavfli operatsiyalarga jalb qilingan xodimlar sonini qisqartirish, AKT-texnologiyalarining yangicha qo'llanish uslublarini, shu jumladan boshqaruvning simsiz sanoat tarmoqlari, sanoat optik halqa tarmoqlari va bulutli hisoblashlarni o’rganish orqali ichki xavfsizlikni yaxshilash va samaradorlikni oshirish kabilarni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.

Laboratoriyada AKT va ko'mir sanoati sohasining 220 mutaxassisi faoliyat yuritishi rejalashtirilgan, ularning vazifalari qatoriga axborot tarmoqlari, jarayonlarni avtomatlashtirish, intellektual zondlash va katta ma'lumotlar bilan ishlash texnologiyalari va shu bilan bog'liq ekotizim doirasidagi hamkorlik imkoniyatlari kiradi.

“Huawei” bosh direktori Ren Chenfeyning ta'kidlashicha, “Huawei” tog'-kon tarmog’ida raqamli va intellektual islohotlarni qo'llab-quvvatlash uchun AKTni ko'mir sanoatidagi texnologiyalar bilan birlashtirishga, "kamroq ishchilar, yuqoriroq xavfsizlik va yanada yuqori mahsuldorlik" kabilar bilan farqlanib turuvchi ishlab chiqarish modelini amalga oshirishga umid qilmoqda. Bu esa, o’z navbatida, ko'mir qazib oluvchilarga "ishda kostyum kiyish va galstuk bog’lash" imkonini beradi. Qolaversa, janob Ren laboratoriya jahon ko’mir koni sanoatining texnologik rivojlanishini doimiy kuzatib borishini ta’kidlab o’tdi: "2020 yilda biz bitta ko'mir zavodi, bitta metallurgiya zavodi va bitta portni modernizatsiya qildik. Keyingi ikki-uch yil ichida biz yuzlab konlarni, metallurgiya zavodlari va portlarni modernizatsiya qilmoqchimiz".

Intellektual ko’mir konlari innovatsion laboratoriyasi - bu “Huawei” va Shansi provinsiyasining Xalq hukumati o'rtasidagi samarali hamkorlikning natijasidir. Ular o’z oldilariga "barchaning sa'y-harakatlari bilan va barchaning manfaati yo’lida" raqamli ekotizimni yaratishni maqsad qilib qo’yganlar. Xitoyning eng yirik energiya ishlab chiqaruvchi provinsiyalaridan biri bo'lgan Shansi ko'mir qazib olishda katta tajriba va amalda tatbiq etiluvchi turli xil stsenariylarga ega. 2019 yildan beri “Huawei” Shansi ko'mir sanoatidagi ko'p sonli sheriklari bilan birgalikda ishlab chiqarishga texnologiyalarni faol ravishda joriy etib kelmoqda. Natijada, avtomatik boshqariladigan, intellektual, "toza" va kam uglerodli ishlab chiqarish jarayonlari ko'rinishidagi turli xil intellektual yechimlar vujudga kelmoqda.

Ushbu loyihalar “Intellektual ko’mir konlari innovatsion laboratoriyasi”ning sanoatdagi bo'shliqlarni, shu jumladan yuqori xavfli ishlab chiqarish, ayanchli ish sharoitlari va qiyin boshqariluvchan tog'-kon uskunalari kabilarni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarning bo’lg’usi muvaffaqiyatiga ishonchni kuchaytiradi.

Ko'mir sanoatida raqamli texnologiyalarga o’tishning asosiy maqsadi xavfsizlik va samaradorlikni oshirishdan iborat. Karyerlardagi ish sharoitlari o'ta og'ir bo'lishi mumkin va nazorat natijalari esa katta miqdordagi ma'lumotlarning real vaqt rejimida yuzaga kelib tushishiga olib keladi. Natijada bu aloqaning o’suvchi liniyasida nihoyat darajada yuqori trafik, aloqaning quyi liniyasida esa juda past trafik hosil bo’lishiga olib keladi.

Ushbu omillarni bartaraf etish uchun “Huawei” sanoatdagi sheriklari bilan namlik, chang va portlashga chidamli hamda 3:1 o’suvchi/quyiga harakatlanuvchi kanallarining ulanish o'tkazuvchanlik imkoniyati mutanosibligini saqlab turadigan ixcham simsiz tayanch stansiyalarni ishlab chiqdi. Tarmoqni optimallashtirish va innovatsiyalar yordamida ochiq konlarda uskunalarni masofadan boshqarish aniqligi 99,9%dan 99,99%gacha oshishi mumkin bo’ladi.

“Huawei” kompaniyasi Intellektual ko’mir konlari innovatsion laboratoriyasidan sheriklar bilan innovatsiyalarni tadqiq qilishni davom ettirish va o'z-o'zini tozalash kameralari, quyi chastotali simsiz uzatish va xavfni prognoz qilish texnologiyalarini o'z ichiga olgan kon ishlarida texnologik yutuqlarni rivojlantirish uchun maxsus joy sifatida foydalanishni rejalashtirmoqda. Bu texnologiyalar qatorida shuningdek, asosiy stsenariylarda robotlardan foydalanishni va tanlangan hududlarda avtomatik rejimlarda faoliyat yuritilishi o’rin olgan. Laboratoriya Shansi konlariga to'liq mexanizatsiyalashgan va konchilikning intellektual stsenariylari orqali xodimlarni 60%ga kamaytirishga va har smenada konlarga tushadigan ishchilar sonini 10% - 20%gacha kamaytirishga yordam berishni ham ko’zda tutadi.

Ushbu maqsadlarga erishish Xitoy hukumatining yaqin kunlarda e’lon qilgan "xalq va uning sog'lig'i"ni birinchi o'ringa qo'yishga chaqirig'iga mos keladi. Laboratoriyaning ilmiy tadqiqot sohasidagi yutuqlari "ilmiy va texnik vositalardan faol foydalanish hisobiga xavfsizlik va farovonlik"ka hissa qo'shadi va "uchta yo'q hamda bitta qisqartirish" tamoyilining (ya'ni, baxtsiz hodisalarga -yo’q, rotatsion ish olib borilishiga – yo’q, qo'lda olib boriladigan monitoring ishlariga – yo’q hamda xodimlar lavozimlarini qisqartirishga - ha) tatbiq etilishini ta’minlaydi. O'z navbatida, bu provinsiya hokimiyatiga ko'mir konlari ishlab chiqarilishi va xavfsizligini boshqarish uchun fan va texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini beradi.

Ushbu laboratoriyaning ochilishi “Huawei”ning sanoat ishlab chiqarilishi va qarorlarni qabul qilish tizimidagi mavqeini mustahkamlash hamda sanoat biznesining asosiy stsenariylarining raqamli transformatsiyasiga bo'lgan ehtiyojlarini yaxshiroq tushunish uchun yana bir qadam tashlaganligini anglatadi. Ushbu tashabbusning bir qismi “Huawei”ning 2021 yil yanvar oyida boshlangan, sanoatning fundamental tadqiqotlari, bozor ehtiyojlariga tezkor javob berish va qisqa muddatli qiymat zanjirlarini yaratish uchun mahsulotlarni o’rganish kabilarni birlashtirgan “Coal Mine Corps” ichki dasturidir.

“Huawei” jahon ko'mir sanoatining raqamli isloh etilishini osonlashtirish bilan bir qatorda, sog'lom sanoat va biznes-ekotizimlarini yaratish hamda mijozlariga ijtimoiy qadriyatlarni ilgari surishda yordam berish orqali sheriklari bilan hamkorlik qilib, "texnologik vositachi" sifatida faoliyat yuritish niyatida ekanligini e'lon qildi.

9 fevral kuni “Huawei”, boshqa sohalar qatorida takrorlanadigan texnologik modellar, amaliy modullar, standartlar tizimlarini o'rganish hamda noyob iste'dod sohiblarini tayyorlash uchun “Jinneng Holding Group” va “Shanxi Cloud Era Technology Co., Ltd.” bilan individual strategik hamkorlik shartnomalarini imzoladi.

Laboratoriya ochilish marosimida Shansi provinsiyasining Xalq hukumati vakillari, shu jumladan viloyat Fan va texnologiyalar boshqarmasi, Sanoat va axborot texnologiyalari boshqarmasi, Transformatsiya va keng qamrovli islohotlarni namoyish qilish zonasi mutaxassislari, shuningdek “Huawei Technologies Co, Ltd”, “Jinneng Holding Group”, “Shanxi Cloud Era Technology Co., Ltd.” va “Shanxi ZhiChuang City Technology Development Co., Ltd.” vakillari ishtirok etdilar.