Huawei: COVID-19 ko'plab eshiklarni yopdi, biroq innovatsiyalar odamlarga umid berishda davom etmoqda

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei: COVID-19 ko'plab eshiklarni yopdi, biroq innovatsiyalar odamlarga umid berishda davom etmoqda

2021.02.23

Yorqin texnik innovatsiyalar hayot sifatini yaxshilash, kompaniyalar intellektual texnologiyalarni tatbiq etish barobarida butun dunyo bo'ylab insonlar teng imkoniyatlarga ega bo'lib bormoqda.

Shanxayda “2021 Butunjahon Mobil Kongressi” o’z ishini boshladi. “Huawei” kompaniyasi Direktorlar kengashi raisining o'rinbosari Ken Xu mobil texnologiyalar ko'rgazmasining ochilish marosimida COVID-19 butun dunyo bo'ylab mamlakatlar, korxonalar va odamlarga naqadar keng miqyosda ta'sir ko'rsatganligi hamda ularning pandemiyaga qarshi kurashda texnologiyalarning roli haqida so’z yuritdi.

 

"Innovatsiyalar joriy muammolarni hal etibgina qolmay, ular shuning bilan birga, ertangi kunning chaqiriqlariga javob bera olishi shart. Pandemiyani bartaraf etganimizdan so'ng, biz hayot sifatini yaxshilash, kompaniyalarda intellektual texnologiyalarni joriy etish hamda butun dunyo bo'ylab odamlarga teng imkoniyatlar yaratish uchun nimalarni yaxshilashimiz kerakligi ustidan jiddiy fikr yuritishimiz zarur bo'ladi", dedi u. Janob Xu pandemiya tufayli raqamli texnologiyalardan qo’llanish imkoniyatlari noteng bo’lganligi tufayli kelib chiqqan “raqamli bo'linish” sezilarli darajada yomonlashganini aniqlashtirib o’tdi. "Biz innovatsiyalarni mulkka ega bo’lganlar va nochor holatdagilar o'rtasidagi farqni qisqartirishga hamda raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga yo'naltirishimiz zarur", deya ta’kidladi. 

COVID-19 tufayli raqamli infratuzilmaga ko'plab yangi talablar qo’yila boshlandi. O'tgan yili “Huawei” kompaniyasi 170 mamlakatda 300 dan ortiq tarmoqlarning barqaror ishlashini ta'minlash uchun aloqa operatorlari bilan yaqindan hamkorlik qildi. Indoneziyada kompaniya 50 mingdan ortiq tayanch stantsiyalarni tezkor joylashtirish uchun yangi raqamli yetkazib berish texnologiyasini qo'lladi. Xitoyning Nins shahrida “Huawei”ning integratsiya qilingan marshrutizatorlari korporativ foydalanuvchilarga bir nechta bulutli xizmatlardan foydalanish imkoniyatini beradi, bu esa ularga arzon narxlarda bulutli texnologiyalarga tezroq o'tishiga yordam beradi. "Biz qayta tiklanishga intilayotganimiz bois, innovatsiyalar bizning joriy paytdagi dolzarb muammolarimiznigina hal qilish bilan chegaralanishi mumkin emas. Masala butun jamiyat manfaati uchun ertangi kun muammolarini hal qilishga borib taqaladi", dedi u. 

Innovatsiyalar hayot sifatini yaxshilash yo’lida

O’z ochilish nutqi davomida janob Xu ishtirokchilarga “Huawei” kompaniyasining “Cyberverse” ilovasini taqdim etdi. Mazkur ilg’or dasturiy ilova 5G tarmoqlari, 5G qurilmalari va qo’shimcha haqiqiy voqelik texnologiyalarini qanday qilib birlashtirilishi mumkinligini namoyon etib, u xoh haqiqiy o’rmon  bo’lsin xoh kosmik makon simulyatsiyasini tatbiq etgan holda shu onda ishtirok etish effektini beruvchi yaxshilangan virtual haqiqatni yaratish uchun xizmat qiladi. Yangi dasturiy ilova yuqori aniqlikdagi joylashuv (santimetrgacha aniq), keng hisoblab chiqish quvvati va 5G orqali keng polosali uzatish imkoniyatlari evaziga virtual va jismoniy haqiqatni uzluksiz integratsiyalashuviga erishish imkoniyatini beradi. “Huawei” kompaniyasi “Cyberverse” ilovasi ta'lim, sayyohlik, transport tashimalari hamda navigatsiya kabi ko'plab sohalarda sezilarli o'sish imkoniyatlarini taqdim etishini kutmoqda. 

Biznes uchun intellektual innovatsiyalar

So'nggi yillarda 5G, bulutli xizmatlar va sun'iy intellekt kabi texnologiyalar ishlab chiqarishda muhim rol o'ynab, intellektual va adaptiv texnologiyalarni sanoatlashtirishni tezlashtirdi. Janob Xu “Huawei”ning Dungguan shahridagi janubiy zavodi qanday qilib 5G tarmoqlarini 5G smartfonlarini ishlab chiqarish liniyalaridagi bulutga asoslangan sun'iy intellekt dasturiy ilovalari bilan birgalikda ishlatayotganligini va bu ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli darajada yaxshilaganligi haqida ham so’zlab berdi. 

Raqamli islohotlar sohasi ko'plab imkoniyatlarga ega. “Huawei” 2025 yilga kelib barcha yirik kompaniyalarning 97% sun'iy intellektdan foydalanishini taxmin qilmoqda. Boshqa hisob-kitoblarga ko'ra, 2025 yilga kelib Xitoy YaIMning 55% raqamli iqtisodiyotga, global uyali aloqa operatorlarining 60% daromadlari esa aynan korporativ mijozlarga to'g'ri keladi. Janob Xu ta'kidlashicha, ushbu bashoratlar "agar barcha sanoat tarmoqlari o'zlarining salohiyatini oshirishga, ekotizimni barpo etishga va raqamli texnologiyalar orqali qiymat yaratishga e'tibor qaratsalar" amalga oshiriladi. 

AKT infratuzilmasi provayderi sifatida “Huawei” kompaniyasi 5G texnologiyalari sohasida innovatsiyalarga sodiq bo'lib, barcha sohalarning raqamli isloh etilishini ta’minlab boradi. Janob Xu so’zlariga qaraganda, “Huawei” o'zining innovatsiyalarini uchta yo'nalishda - texnologiyalar, mahsulotlar va dasturiy ilovalarda jamlamoqda. 

  • Texnologiyalar: “Huawei”ning yangi “5G Super Uplink” yechimi ulanish tezligining tengsiz tezligini ta'minlaydi, bu esa korxonalarga sanoatdagi Internetning asosiy muammolarini hal qilishga yordam beradi.
  • Mahsulotlar: “Huawei” 5Gni qo’llovchi periferiyadagi hisoblashlar uchun yo’naltirilgan mahsulotlari. Ular yagona ekotizim, periferiyadagi hisoblashlar tugunlarining joylashishini o'n martagacha tezlashtirish imkoniyatini yaratdi.
  • Ilovalar: “Huawei”ning “Wireless X Labs” laboratoriyasi ishlab chiqarish, sog'liqni saqlash, moliya va transport kabi turli sohalardagi sheriklari bilan hamkorlikda 5G dasturiy ilovalarini ishlab chiqmoqda. “Huawei” ularning yordami bilan turli sohalarning raqamli texnologiyalarga samarali o'tishiga 5G qanday qilib yordam berishi mumkinligini o'rganmoqda.

Qolaversa, “Huawei” mijozlari va sheriklari bilan yaqin hamkorlikda 5G texnologiyasiga innovatsiyalarni tatbiq etishni amalga oshirmoqda. Hozirda kompaniya ekotizim bo’yicha sheriklari bilan aniq sanoat muammolarini hal qilish uchun qurilmalarni ishlab chiqish ustida faoliyat olib bormoqda. “Huawei” o'z mijozlari bilan innovatsion va strategik sherikchilik orqali “1dan N songacha” tartibida biznes uchun 5G-ilovalarini takomillashtirish va yetkazib berishga intilmoqda. Kompaniya “5GtoB ilovalari”ni tezroq kengaytirish uchun 5G aloqalari va sanoat standartlarini muvofiqlashtirish ustida ish olib bormoqda.

Janob Xu shuningdek, “Huawei” kompaniyasi sheriklari va mintaqaviy aloqa operatorlari bilan hamkorlikda 20dan ortiq sohalarda 5G sanoat dasturiy ilovalari uchun 1000dan ortiq shartnomalar imzolaganligini aytib o’tdi.

Innovatsiyalar orqali raqamlashtirilgan tenglik

Pandemiya bilan kurashish haqida gap yuritar ekan, janob Xu dunyo COVID-19 bartaraf etilgandan so'ng, K-shaklidagi iqtisodiy tiklanishning haqiqiy xavfiga duch kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. U raqamli texnologiyalardan faol foydalanadigan tashkilotlar va shaxslar o'rtasida tafovut kuchayishini bashorat qilmoqda. Ekspert aytishicha, muvozanatsiz rivojlanishning oldini olish, shuningdek sohalarning raqamlashtirilish darajalari o’rtasidagi tafovutni bartaraf etish hamda inklyuziv o'sishni ta’minlash uchun innovatsiyalarni ko'proq ijtimoiy qiymatga yo'naltirish zarurligini ta'kidladi. 

Kompaniya allaqachon o’z so'zlarini amaldagi ishlari bilan qo'llab-quvvatlab kelmoqda. Ganada aloqa operatorlari bilan qishloqlarda tarmoq infratuzilmasi loyihasi bo'yicha hamkorlik orqali “Huawei” hozirda mamlakatning chekka hududlarida 2000dan ortiq “RuralStar” baza stantsiyalarini joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu Gana mobil aloqasi tarmog’ini 83%dan 95%gacha oshirishga hamda hali ulanmagan aholi punktlarini ulashga yordam berishi kutilmoqda. 

Ayni tarzda, “HUAWEI CLOUD”da joylashtirilgan yangi sun'iy intellekt xizmatlaridan foydalanilib kelinmoqda. Ular yordamida Malayziyadagi kichik kompaniyaga pandemiya davrida ishchilar sonini ko'paytirmasdan ishlab chiqarishni ikki baravar oshirishda yordam berilmoqda.

Janov Xu shuningdek, 5G tarmoqlari masofadan turib ultratovush ko’rigidan o’tish va kompyuter tomografiyasini o'tkazishga imkon berganligi, natijada, muvozanatsiz tarqatish va tibbiy resurslarning yetishmovchiligi muammosini hal qilish haqida so’zlab berdi.

So'zining oxirida Xu ta'kidlashicha, pandemiya ko'plab eshiklarni yopgan bo'lsa-da, innovatsiyalar umid berishda davom etmoqda. O'z nutqiga yakun yasar ekan, janob Xu “Huawei” o'z mijozlari va sheriklari bilan tarmoqlarga raqamli texnologiyalarni joriy etishga yordam berish uchun uzluksiz innovatsion jarayonlar doirasida ochiq sheriklik aloqalarini rivojlantirishda davom etishini e’lon qildi. Bu turmush darajasi sifatini yaxshilashga, korxonalar tomonidan intellektual texnologiyalarni o'zlashtirishni tezlashtirishga va butun dunyo bo'ylab odamlarga teng imkoniyatlar yaratish yo'lida navbatdagi qadamni tashlashga yordam beradi. 

 

Bu yilgi “MWC Shanghai” ko’rgazmasida “Huawei” kompaniyasi N1 zalida AKT- tarmoqlarining yettita yangi kontseptsiyasini namoyish etadi, jumladan “Wireless 1+N”, “Home+”, “All-optical Bases” va “Cloud-network Smart Connections”, shuningdek to'qqizta yangi mahsulot va yechimlar, shu jumladan soddalashtirilgan saytlar, gigabitli keng polosali Internet, premium sinfidagi xususiy liniyalar va intellektual bulutli tarmoqlar. 

“MWC Shanghai 2021” ko’rgazmasi 23-25 fevral kunlari Xitoyning Shanxay shahrida bo'lib o'tadi. Qo'shimcha ma'lumotlar ushbu havola orqali mavjud: https://carrier.huawei.com/en/events/mwcs2021.