Huawei Xitoyda yangi HUAWEI P50 smartfonlar seriyasini namoyish etdi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei Xitoyda yangi HUAWEI P50 smartfonlar seriyasini namoyish etdi

2021.07.29

Huawei Consumer Business Group kompaniyasi Xitoyda P premium mahsulotlar qatorini toʻldiruvchi yangi HUAWEI P50 smartfonlar seriyasini namoyish etdi. HUAWEI P50 seriyasi smartfonlari foydalanuvchilarga zamonaviy mobil suratga olish sohasidagi eng ilgʻor imkoniyatlarni taqdim etgan holda, oʻz anʼanasini davom ettirmoqda. HUAWEI XD optikasi va XD Fusion Pro Image Engine tasvir protsessori yordamida foydalanuvchilar tasvirlarlarning aniqligi, keng dinamik diapazon, tasvirlarni qayta ishlashning innovatsion aqlli algoritmlari va True-Chroma Shot texnologiyasi tuzatishlaridan zavq bilan foydalanishlari mumkin.

Asosiy fotokamera oʻziga xos asl dizaynda ishlab chiqarilgan: toʻrtta obyektivka va chaqnagich klassik kameraning obyektivkalarini eslatuvchi ikkita katta qora doirada joylashgan. Smartfon xilma-xil kundalik ishlarni hal qilishda tezlik va qulaylikni taʼminlaydigan HarmonyOS 2 boshqaruvi ostida ishlaydi.

“HUAWEI P seriyasi har doim bizning mahsulotning yuqori sifati, estetika va mobil fotografiya imkoniyatlarini kengaytirish sari intilishimiz timsoli boʻlib kelgan. Yangi HUAWEI P50 seriyasi – bu Huawei mobil fotokamerasi innovatsiyalari tarixidagi afsonalarning davomi va yangi davrning ibtidosidir. Bundan tashqari, u mobil fotografiya texnologiyasi, smartfonlar dizayni va funksionalligi paradigmasining oʻzgarishlarini oʻzida namoyish etadi. Smartfonda birinchi marta HUAWEI XD optikasini ishlatish orqali, biz mobil fotografiya olamidagi mavjud imkoniyatlar chegaralarini yanada kengaytirib, bu sohasidagi yangi davrni boshlab berdik,” – dedi Huawei Consumer BG bosh direktori Richard Yu.

Chiroyli dizayn

HUAWEI P50 seriyali smartfonlar katta ekranlar va katta sigʻimli batareyalar bilan jihozlangan, lekin shunga qaramay, ular yengil va ingichka boʻlib, qoʻlda ushlab turish uchun juda qulay. HUAWEI P50 Pro liniyasi flagmani qirralari egilgan displeyga va kichik doirachada joylashgan old kameraga ega. Ingichka yon panellar vizual kontentni tomosha qilishda toʻliq tomoshaga shoʻngʻib ketishga yordam beradi. Ranglarning 1,07 milliard tusini oʻz ichiga olgan 100% li P3 ranglar palitrasi rangni aniq va tabiiy uzatilishini kafolatlaydi. Kadrlarning 120 Gs gacha boʻlgan yangilanish tezligi va sensorning 300 Gs diskretlanish tezligi harakatli sahnalarni bir tekis ijro etilishini va barmoq bilan teginishga nisbatan tezkor reaksiyani taʼminlaydi. HUAWEI P50 Pro va HUAWEI P50 modellari chang va namlikdan himoyalanganlikni tasdiqlovchi IP68 standartiga muvofiq sertifikatlangan. Ikkala smartfon ham ikkitalik stereodinamikaga ega.

Huawei mobil fotografiyaning yangi davrini boshlab berdi

Ikkita matritsali fotokamera keng dinamik diapazondagi yuqori aniqlikdagi real tasvirlarni suratga oladi. Bir nechta obyektivka, 10 kanalli multispektral datchik, HUAWEI XD optikasi, XD Fusion Pro Image Engine tasvir protsessori va boshqa innovatsion texnologiyalarning imkoniyatlarini oʻzida birlashtirgan Dual-Matrix Camera tizimi ixcham oʻlchamlarda surʼatga olish uchun misli koʻrilmagan imkoniyatlarni taqdim etadi.

HUAWEI XD ning yangi optikasi tasvirning yuqori sifatini taʼminlaydi. Birinchi marta optik vizualizatsiya tizimi hisoblash imkoniyatlari bilan birlashtirilib, mayda detallarni ijro etishdagi buzilishlarni tuzata oladigan, sohadagi ilk tasvirni toʻlaqonli tuzatish tizimini yaratdi. Bu yechim rasmda mavjud maʼlumotlarni 25 % gacha tiklash imkonini beradi.

XD Fusion Image Engine tasvir protsessori birinchi marta HUAWEI P40 seriyali smartfonlarida taqdim etilib, unga yuqori aniqlikdagi tasvirlarni olish imkonini beradi. HUAWEI P50 seriyasi tasvir detallarini yuqori aniqlikda koʻrsatish va tasvirlarning rang uzatmasini yaxshilash uchun Super Color Filter System filtrlar tizimi, True-Chroma Image Engine protsessori va Super HDR texnologiyasini oʻz ichiga olgan mukammallashtirilgan XD Fusion Pro texnologiyasi bilan taʼminlangan.

Haqiqiy sifatli fotosuratlar

HUAWEI P50 seriyali smartfonlar foydalanuvchilar uchun mobil fotografiyaning yangi darajasini ochib beradi. 200 karrali kattalashtirish uzoq masofadagi obyektlarni suratga olish imkonini beradi. Yirik planlar detallarni yuqori aniqlikda olishga, teleobyektiv esa, 100 karragacha yaqinlashtirish diapazonida aniq tasvirlarni olishga imkon beradi. 13 mm li ekvivalent fokus masofasiga ega boʻlgan ultra keng burchakli obyektiv manzaralarni, koʻplab odamlar guruhlarini suratga olish imkonini beradi va 2,5 sm masofadan makro suratga olishni qoʻllab-quvvatlaydi.

True-Chroma Image Engine texnologiyasi ranglarni uzatishdagi maksimal aniqlikni taʼminlaydi va inson koʻzi qabul qiladigani bilan bir xil tasvirlarni yaratadi. Atrofdagi yorugʻlikni tahlil qilish tizimi P3 rang gammasidagi 2000 dan ortiq tusda sozlangan 10 kanalli multispektral datchikdan foydalanadi. Bu atrofdagi yorugʻlik yorqinligini aniqlash aniqligini 50% ga va rang tusi aniqligini 20% ga oshiradi. Bu esa, kameraga hatto murakkab yorugʻlik sharoitlarida ham ranglarni aniq olish imkonini beradi.

HUAWEI P50 Pro fotokamerasi yangi Super Color Filter System rang filtrlari tizimi bilan jihozlangan boʻlib, u asosiy kamera matritsasi qabul qilgan yorugʻlik oqimini 103% ga oshiradi. Bu yetarlicha yorugʻ boʻlmagan muhitda tasvirlarning nisbatan yorqinroq va mayda detallar bilan olinishiga imkon beradi. Super HDR texnologiyasi matsitsaning dinamik diapazonini 28% ga kengaytiradi va bu bilan orqa tomon yorugʻ boʻlgan sharoitda ham yuqori sifatli tasvirlarni olish imkonini beradi.

HUAWEI P50 seriyasi smartfonlari butun fokus masofasi diapazonida 4K formatidagi videolarni yozishni qoʻllab-quvvatlaydi. AIS Pro tasvirni barqarorlashtirishning yangi yechimi, hatto taymlaps surʼatga olish rejimida ham, shtativni qoʻllamasdan aniq videoroliklarni suratga olish imkonini beradi. Aqlli “sinemagraf” rejimi ijodiy roliklar yaratish uchun juda mos keladi. Tasvirga olgandan soʻng, foydalanuvchilar shunchaki galereyadagi “Tahrirlash” tugmasini bosish orqali videoni PetalClip ilovasiga import qilishlari mumkin.

5nm texnologik jarayoni boʻyicha yaratilgan yetakchi Kirin 9000 va Snapdragon 888 4G protsessorlari tufayli HUAWEI P50 seriyasi smartfonlari yuqori samaradorlikka ega.

HarmonyOS 2 asosida ishlaydi

HarmonyOS 2 foydalanishga topshirilganidan beri uni 40 milliondan ortiq foydalanuvchi oʻrnatgan. HarmonyOS 2 ga asoslangan HUAWEI P50 mutlaqo yangi ekranga ega boʻldi: endi u ancha qulayroq va foydalanuvchining xohishiga koʻra sozlanishi mumkin.

HarmonyOS 2 sezilarli darajada yaxshilangan bir tekis ishlash tizimini taʼminlaydi. Hatto uzoq vaqt ishlatilgandan keyin ham HarmonyOS 2 asosida ishlaydigan qurilmalardagi oʻqish va yozish tezligi pasaymaydi. Shaxsiy maʼlumotlarning xavfsizligi va maxfiyligiga alohida eʼtibor qaratilgan: HarmonyOS 2 har bir qurilmadagi fayllarga kirishni nazorat qilish imkonini beradi va bu bilan zararli dasturlardan himoyalangan, xavfsiz va erkin muhit yaratadi.