“Huawei” kompaniyasi 5GtoB yechimini ishga tushirmoqda
Shanxay, Xitoy, 22 fevral 2021 yil – “Huawei” bosh direktori va “Carrier BG” bo’linmasi prezidenti Rayan Din kompaniyaning Shanxaydagi Butunjahon Mobil Kongressi-2021 (MWC Shanghai 2021) doirasida bo'lib o'tgan “5G, Bring New Value”(5G yangi qadriyatlar yo’lida) forumida dasturiy ma'ruzasi bilan chiqish qildi. Unda u “Huawei”ning yangi 5GtoB yechimini rasmiy ravishda ishga tushirganligini e'lon qildi. O'zining asosiy nutqida janob Din 5G sohaga olib keladigan innovatsiyalari, tijoriy rentabelligi va raqamlashtirish imkoniyatlariga to’xtaldi.
5G tarmog’i kutilganidan-da tezroq rivojlanmoqda va operatorlar allaqachon 5G joylashtirilishining birinchi bosqichidagi yuqori tijoriy natijalariga ega bo’lishgan. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan 5G tarmoqlaridagi foydalanuvchilar bazasi va qurilmalar soni 2019 yildan beri keskin oshdi. 2020 yil oxiriga kelib 5Gni qo’llovchi 380ta qurilma bozorga chiqdi - bu o'tgan yilga nisbatan 8 baravarga yuqori ko’rsatkich. 5G uyali aloqa tarmog'idagi foydalanuvchilar soni 220 millionga, simsiz keng polosali ulanishlar soni esa 1,05 millionga yetdi. Bu o'tgan yilga nisbatan mos ravishda 17 va 21 baravar ko'pdir. Janob Din 2021 yilda bu raqamlar uch baravar ko'payishini aytib o’tdi.
5G telefonlarining narxi ham keskin pasayib bormoqda. Bozorda allaqachon narxi 150 dollardan past bo'lgan qurilmalar mavjud bo’lib, 300 AQSh dollarigacha bo’lgan 30ga yaqin o’rta va past narxlar oralig'idagi variantlar mavjud. Tarmoq kengayib, foydalanuvchilar soni ko'paygan sari, keyingi ikki yil ichida 5Gni qo’llovchi mobil telefonlarning ekotizimi 4G kabi ilg’or bo'lib qoladi, dedi Din.
Avval 5G tarmoqlari paydo bo'lgan bozorlarda operatorlar allaqachon tijoriy daromadlarini olishni boshladilar. Xitoy va Janubiy Koreyada operatorlarning daromadlari o'sishda davom etmoqda, chunki ularning 5G foydalanuvchilar bazasi boshqa mamlakatlarga qaraganda tezroq o'sdi. Finlyandiya operatori “DNA” va Saudiya operatori “Zain” 5G tarmoqlarini tijoriy joylashtirishning dastlabki bosqichlarida ulkan moliyaviy natijalarga erishdilar.
Tadbirda “Huawei” shuningdek, rasmiy ravishda o’zining 5GtoB yechimi taqdimotini o’tkazdi, bu sohada qo’shimcha qiymatni shakllantirish zanjiridagi barcha manfaatdor tomonlarga qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi. Janob Din ta'kidlashicha, “Huawei” kompaniyasi savdo, operatsiya va xizmatlarni boshqarish bo'yicha universal yechim - 5GtoB yechimini ishlab chiqish uchun operatorlar va boshqa sanoatdagi sheriklari bilan ishlash uchun tarmoqlarni barpo etish, hisoblash resurslarini hosil qilish va sanoatni raqamlashtirish bo'yicha katta tajribasidan foydalangan. Bu korporativ foydalanuvchilar uchun tranzaktsiyalarni soddalashtiradi, operatorlarga tarmoq quvvatlarini monetizatsiya qilishda yordam beradi va sheriklarga bozorning barcha ishtirokchilari uchun yangi imkoniyatlar yaratib, yanada samarali innovatsiyalarni tatbiq etishiga imkon beradi.
Rayan Din Shanxaydagi Butunjahon Mobil Kongressi-2021da (MWC Shanxay 2021) 5GtoB yechimini taqdim etmoqda
“Huawei”ning 5GtoB yechimi to'rt qismdan iborat: 5GtoB Network, 5GtoB NaaS, 5GtoB App Engine va 5GtoB Marketplace. O’zining 5G yechimi uchun infratuzilma sifatida 5GtoB Network tarmog’idan foydalanish orqali “Huawei” tarmoqlarni rejalashtirish, barpo etish, ularga texnik xizmat ko'rsatish va optimallashtirish kabi maxsus foydalanish stsenariylari uchun 5GtoB ixtisoslashgan xizmatlarini taqdim etishdagi imkoniyatlarini oshirishda davom etadi.
“5GtoB NaaS” korporativ foydalanuvchilar va dastur ishlab chiquvchilari uchun 5G tarmoqlaridan foydalanishni soddalashtiradigan, shuningdek korporativ foydalanuvchilarga 5G tarmoqlarini mustaqil ravishda talabalar shaharchalarida boshqarish imkoniyatini beradigan xizmat paketlariga tarmoq imkoniyatlarini birlashtirishni taklif qiladi.
“5GtoB App Engine” - bu ishlab chiquvchilar va tizim integratorlari 5G tarmoq operatorlari tarmog'idan foydalanishlari mumkin bo'lgan dasturiy ilovalar innovatsion markazidir. Bunday markaz ishlanma samaradorligini oshiradi va 5GtoB doirasidagi dasturiy ilovalarning integratsiyasini soddalashtiradi. Va nihoyat, u 5GtoB dasturiy ilovalarida 5G tarmog'ining imkoniyatlaridan foydalanadi, yanada moslashuvchan ishlab chiqarish muhitini yaratadi va xizmatlarni ishga tushirishni osonlashtiradi.
“5GtoB Marketplace” - bu bulutdagi universal raqamli do'kon bo’lib, bu yerda korporativ foydalanuvchilar o'zlariga kerakli 5G sanoat yechimlarini sotib olishlari mumkin.
Janob Din “Huawei” kompaniyasining operatorlar, sheriklari va korporativ foydalanuvchilar bilan po'lat sanoatida 5GtoB yechimini ilk marotaba tatbiq etilishi ustida faoliyat yurtidi. Ushbu platformada mujassam bo'lgan ishtirokchilarning imkoniyatlari, bilimlari va tajribalari 5G sanoat yechimlarini standartlashtirish va tezkor ravishda tatbiq etishga, masalan, ishlov beriladigan qismlarni avtomatik aylantirish, kengaytirilgan reallik texnologiyasidan foydalangan holda masofadan yig'ish va po'lat yuzalar sifatini nazorat qilish kabilarga imkon yaratadi.
So'zining oxirida Din ushbu soha raqamlashtirilishi juda katta bozorni vujudga keltirishini ta'kidladi. Biroq raqamli infratuzilma rivojlanishi o'ziga xos xususiyatlari va qo’llash stsenariylari sohaga qarab farq qiladi, dedi u. Qolaversa, tegishli raqamli standartlar yaratilganicha yo’q. U barcha sanoat ishtirokchilarini sanoatning kelgusi raqamlashtirilishiga xizmat qiladigan 5GtoB standartlari va ekotizimini yaratish uchun birlashishga da’vat etdi. O'z nutqi oxirida Din yana bir bor “Huawei”ning ekotizim va standartlarga sarmoya kiritishga va sanoatning raqamlashtirishini qo'llab-quvvatlashga sodiqligini aytib o’tdi.
MWC Shanghai 2021 konferensiyasi haqida
“MWC Shanghai 2021” konferensiyasi 23-25 fevral kunlari Xitoyning Shanxay shahrida bo'lib o'tdi. “Huawei” kompaniyasi o'z mahsulotlari va yechimlarini Shanxay Yangi Xalqaro Ko'rgazma Markazining (SNIEC) N1 zalidagi E10, E50 va E90 stendlarida namoyish etmoqda. Qo'shimcha ma'lumot olish uchun: https://carrier.huawei.com/en/events/mwcs2021 veb-sahifasiga tashrif buyuring.