Ketrin Chen (Huawei): "Biz texnologiyalar imkoniyatlariga ishonamiz"
[Shanxay, Xitoy, 22.02.2021] Shanxaydagi Jumeirah Himalayas mehmonxonasida Huawei kompaniyasi, Mobil Aloqa Operatorlarining Butunjahon Uyushmasi (GSMA), Fudan Universiteti Ekologik Iqtisodiyot Markazi va The Paper nashri tomonidan “Connected for Shared Prosperity” (“Internet imkoniyatlari barchaning farovonligi yo’lida”) forumi o’tkazildi. Ishtirokchilar, Internet asrining yaxshiroq dunyosini barqaror rivojlantirish uchun raqamli texnologiyalarning ahamiyatini muhokama qilish uchun ham Internet tarmog'ida onlain, ham shaxsan uchrashdilar va ular dunyoning turli mamlakatlari tashkilotlarining, shu jumladan xalqaro tarmoq regulyatorlarining va Xitoy, Malayziya, Ispaniya, Tailand, Vengriya va Portugaliyaning ilmiy tadqiqot markazlarining vakillari edilar. Konferentsiyada 50 dan ortiq mamlakatdan 1000 dan ortiq mehmonlar onlayn tarzda ishtirok etdi.
Huawei kompaniyasining Katta Vitse-Prezidenti va Boshqaruv kengashi a'zosi Chen Lifan "Texnologiyalar imkoniyatlariga ishonamiz" deb nomlangan ochilish nutqi bilan so’zga chiqdi. O’z nutqida u insoniyat taraqqiyotini ilgari suruvchi kuch sifatida texnologiyalardan qanday qilib foydalanish mumkinligini ta’riflab berdi. Tashkilotlar va odamlarni keng ko’lamda fikrlashga va kichik qadamlarni qo'yishga da'vat etar ekan, Chen BMTning barqaror rivojlanish maqsadlarini va kamsitilishsiz ekologik va innovatsion dunyoni barpo etishni qo'llab-quvvatlashini yana bir bor ta'kidladi. Uning nutqining to'liq matni quyida keltirilgan:
Barchamizda 2020 yilga nisbatan turli xil tuyg'ular qoldi. Pandemiya hayotimizni o'zgartirdi. Tabiiy deb qabul qilingan narsalarning aksariyati endi mavjud emas. Bizning qadriyatlarimiz ham o'zgardi. O'tgan yilning men uchun eng katta saboq’i jamiyat uchun konsensusga erishishning qanchalik qiyinligini anglash bo’ldi. Bizning o’rtamizda lokdaunlarni joriy qilish zarurligi to'g'risida qaror qabul qilishdan boshlab to niqob kiyishning foydaliligiga qadar bo’lgan ziddiyat va kelishmovchiliklar to’xtamayotganga o’xshaydi.
Bugun biz BMTning “Barqaror rivojlanishning 17 maqsadi”ni muhokama qilish uchun uchrashdik. Shaxsan men ushbu maqsadlarga erishish uchun texnologiyalar juda muhim ahamiyatga ega deb hisoblayman va biz texnologiyalarning barcha imkoniyatlarini ochib berish va barqaror rivojlanishni rag’batlantirish uchun birgalikda ikki narsani qilishimiz kerak.
Biz uchun birinchi muammo texnologiyalar insoniyat taraqqiyotini ilgari suruvchi kuch ekanligi to'g'risida to’g’ri konsensusga erishishdir.
Bizning tariximiz shuni ko'rsatadiki, katta ijtimoiy o'zgarishlar doimo fan va texnikadagi inqilobiy yutuqlar bilan birga ro’y beradi. Ammo bugungi kunda texnologiyalar sohasidagi yutuqlar reklama qilinadi va siyosiylashtiriladi, ba'zida esa hatto qoralanadi. Ko'p odamlar qo'rquv va ishonchsizlik tufayli texnologiyalar imkoniyatlariga ishonmay qo’ydilar. Ba'zi odamlar kuchlari boricha texnologiyalarning rivojlanishini sekinlashtirishga urinmoqdalar.
Yaqinda men bir hisobotni o’qidim. Unda Xitoy nazorati ostidagi har qanday muhim raqamli platforma zudlik bilan to’xtatilmasa, u AQSh uchun juda xavfli bo'lishi va 5G ham shunday platformalardan biri ekanligi to’g’risida so’z yuritilgan.
5G - bu o’tkazishning keng polosali, kechikishning past qiymatiga va aloqaning kengaytirilgan imkoniyatlariga ega bo’lgan standartlashtirilgan texnologiya. U an'anaviy sohalarni o'zgartirishga yordam beradi va hamma uchun ustunlik keltiradi. 5G-ni keng miqyosda joriy qilish allaqachon dunyo bo’ylab ko'plab sohalarda amalga oshirilmoqda. Oddiy iste'molchilar 5G-ni ishlatishning afzalliklaridan foydalanmoqdalar, vaholanki dengiz portlari, konlar va transport sohasi uchun u operatsion samaradorlikni oshirishga yordam bermoqda. Axir bu yomonmi? Bunday deb o'ylamayman.
Agar biz texnologiyalar juda muhim, ammo ularning rivojlanishi g'oyaviy jihatdan noto'g'ri deb da'vo qilsak, bu faqat bo'linish, parokandalik va orqaga qaytishga olib keladi.
Biz ushbu masala bo'yicha global konsensusga erishishimiz va texnologiyalar imkoniyatlariga ulardan jamiyat uchun foyda olish uchun ishonishimiz kerak.
Albatta, texnologiyalarni yomon niyat bilan ishlatish xavfi har doim mavjud bo’ladi. Ammo bu muammo kecha paydo bo'lgani yo’q. Sanoat inqilobi davridan beri biz texnologiyalardan kelib chiqadigan xatarlarni boshqarish qoidalarini belgilash orqali o'zimizni bundan qanday himoya qilishimiz mumkinligini kuzatib keldik. Qoidalar yordamida texnik yutuqlar istalmagan xatarlarni tug'dirmasdan milliy chegaralardan tashqariga chiqishi va hayot sifatini oshirishi mumkin. Biz raqamli davrga qadam qo'ymoqdamiz va ko'pchilik bizni himoya qilish uchun mo’ljallangan kiberxavfsizlik, maxfiylikni himoya qilish va ishonchli sun'iy intellektni boshqarish qoidalarini faol ravishda ishlab chiqmoqdalar. Boshqa hamma uchun o'zlariga ishonchni qozonadigan va texnik rivojlanishni ma’qullaydigan vaqt keldi.
Biz uchun yana bir muammo - bu texnologiyalarni haqiqatan ham samarali va hamma uchun qimmatli qilish uchun qat'iy choralar ko'rish.
Konsensusga erishish oson bo'lmasligi mumkin. Albatta, texnologiyalarning rivojlanishini to'xtatish ancha osonroq. Korxonalar uchun texnologiyalarga ishonish ahamiyatsiz narsadan kelib chiqishi mumkin. Masalan, minimal funktsionallikka ega mahsulot kontseptsiyasini ko'rib chiqaylik. Odatda minimal funktsionalga ega bo’lgan mahsulot mahsulotni ishlab chiqish bosqichiga taalluqlidir, bu bosqichda sizning ijod mahsulingiz eng kam resurslardan foydalangan holda foydalanuvchilarning eng muhim talablariga javob beradi. Keyinchalik ushbu mahsulot bozorga chiqarilganidan so'ng to’xtovsiz va izchillik bilan yaxshilanishi va takomillashtirilishi mumkin.
Keng konsensusga erishish qiyin vazifa, shuning uchun texnik taraqqiyotni to'xtatmaslik uchun ushbu minimal funktsionallikka ega bo’lgan mahsulot kontseptsiyasini qo’llashimiz mumkin. Biz allaqachon erishilgan cheklangan hamfikrlikka e'tibor qaratsak va aslida ixtiyorimizda qanday resurslar mavjudligini yodda tutgan holda biz bosqichma-bosqich ilgari siljishimiz mumkin. Izchil takomillashtirish mukammallikka olib keladi. Mojaroni rag'batlantirish turg'unlikni anglatadi.
Huawei kompaniyasi har doim texnik taraqqiyotni qo'llab-quvvatlab kelgan. Biz texnologiyalar oxir-oqibat insoniyatga foyda keltirishiga ishonamiz. Shuningdek, biz raqamli texnologiyalar BMTga barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda yordam berishiga ishonamiz. Huawei kompaniyasi allaqachon barqaror rivojlanish maqsadlariga tayanib, raqamli texnologiyalar qo’llaniladigan ko'plab sohalarni tadqiq qildi.
Huaweining Smart PV yechimi dunyoning 60 dan ortiq mamlakatida keng qo'llaniladi va natijada uglerod tashlamalarining 148 million tonnaga kamayishiga olib keldi. Bu 200 milliondan ortiq daraxt ekishga tengdir. Faqat Efiopiyaning o’zida biz mijozlarga 400 dan ortiq quyosh elektr stantsiyalarini joylashtirishda yordam berib, uglerod tashlamalarini 2850 tonnaga kamaytirdik. Bis Xitoyda ham, Ninsya va Shandun provintsiyalarida qishloq xo'jaligi va baliqchilik sohalari uchun dunyodagi eng yirik quyosh elektr stantsiyalarini qurishga yordam berdik.
Bundan tashqari, Huawei va YUNESKO uch yillik hamkorlik doirasida Misr, Efiopiya va Gana maktablariga onlayn ta'limi bo'yicha raqamli ko'nikmalarni oshirishda yordam berish maqsadida "Ochiq maktablar" dasturini ishga tushirdi.
Ushbu misollarning har biri, har bir aloqa, tashlamalarnining har bir gramm kamaytirilishi, tejalgan har bir vatt elektr energiyasi va biz amalga oshirgan har bir kichik yaxshilanish texnologiyalar sohasidagi kichik yutuqlarisiz ro’y bermas edi. Xuddi shu texnologiyalarning dunyoga tortiq qiladigan qiymatidir.
Rahmat.